To‘pni sakrab yuqoridan uzatish.
To‘pni sakrab yuqoridan
uzatish, asosan, hujumni tezlatish va chalg‘itish uchun qo‘llaniladi.
Sakrab to‘pni uzatishda o‘yinchining boshlang‘ich harakati hujum
zarbasidagi harakati bilan o‘xshash bo‘ladi. Sakrab to‘pni uzatish
tez-tez hujum zarbasini berishga taqlid qilish bilan birga qo‘shib
olib boriladi. O‘yinchi yugurib keladi, sakrashda va zarba berish
uchun qo‘lni siltaydi, biroq oxirgi paytda to‘pni sherigiga uzatadi.
To‘pni bunday uzatish orqaga uzatish yoki uloqtirish va yashirin
uzatish deb aytiladi. Raqib uchun kutilmagan hujum uyushtirish va
hujumda yashirin kombinatsiyani qo‘llash maqsadida to‘pni uza-
tish har xil yo‘nalishda, turli balandlikda va tezlikda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |