Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining
xususiyatlari
Oz komplektli maktablarda savod o’rgatishni tashkil etishda o’qituvchi bir
vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi, ya’ni bir vaqtning o’zida bir necha
sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali
integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqagacha qisqartirilishi mumkin.
Savod o’rgatish davridagi yozuv darslarini boshqa sinflarda olib boriladigan
36
matematika, tabiatshunoslik va ba’zan o’qish darslari bilan birga olib borish
maqsadga muvofiqdir.
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat
beriladi, chunki o’qituvchi ikki sinf yoki uch sinf bilan ishlaganda, bir sinf bilan
alohida ishlay olmaydi: u bir sinf bilan ishlashi uchun qolgan sinflarga mustaqil ish
topshirib, ularni band qilishga majbur. SHuning uchun maxsus mustaqil ishlar tizimi
ishlab chiqilishi zarur. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish davrida mustaqil
ishlarni
muvaffaqiyatli
uyushtirish
uchun
“Alifbe”ga qo’shimcha, ishni
jonlantiradigan didaktik tarqatma materiallar muhim ahamiyatga ega.
Mustaqil ish savod o’rgatish jarayonida o’qituvchining rahbarlik qilishini talab
etadi: o’qituvchi aniq vazifa topshiradi, uni qanday bajarishni yaxshilab tushuntiradi,
o’quvchi bajargan ishni sinfning o’zida tekshiradi. Boshqa sinflar bilan ishlash
jarayonida ham u 1-sinf o’quvchilarining mustaqil ishni qanday bajarayotganini
kuzatib boradi.
Savod o’rgatish jarayonida bajariladigan mustaqil ishlarga turli predmetlar
shaklini chizish, bir xil oraliqni mo’ljallab nuqtalar qo’yish, yotiq to’g’ri chiziqlar
chizish, ayrim harflar elementlarini yozish, rasmga qarab savollarga javob berishga
tayyorlanish, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlarni kiritish mumkin.
Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-
sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish,
qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish,
gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib
qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish, berilgan predmetlarni ma’lum
belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu jarayonda
texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida tarqatma
materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni
bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi.
Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta
ahamiyat kasb etadi.
37
Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni
mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali
vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining
bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |