Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva, Sharofjon Sariev



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/146
Sana04.03.2022
Hajmi2,09 Mb.
#482639
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146
Bog'liq
Она тили укитиш мет лотинда

Savol va topshiriqlar: 
1. Nutq faoliyatining turlari va ularning shakllanishini tushuntiring. 
2. Savod chiqarishda o’qish va yozuvga o’rgatish deganda nima tushuniladi? 
3. Eski maktablarda savod o’rgatish qanday metod va bosqichlarda olib 
borilgan? 
4. O’zbek sinflari uchun yaratilgan dastlabki o’quv qo’llanmaning afzalliklari 
nimalardan iborat? 
5. Analitik-sintetik tovush metodi va uning tamoyillari haqida ma’lumot bering. 
6. Bolalarning savod o’rgatishga tayyorgarligi qanday yo’nalishlarda 
o’rganiladi? O’zingiz bir-ikkita bolaning savod o’rgatishga tayyorgarligini o’rganing 
va taqqoslang, farqini aniqlang. 
7. Savod o’rgatish jarayoni haqida to’liq ma’lumot bering.
8. Savod o’rgatish jarayoni oxirida o’quvchilar qanday bilim va ko’nikmalarga 
ega bo’lishlari zarur? 
9. Savod o’rgatish davri o’qish darslariga dars namunasini ishlab chiqing. 
10. Bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili mashqlarining mazmuni va ahamiyatini 
sharhlab bering. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


38 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SINFDA O’QISH METODIKASI 
 
 
O’qish darslarining maqsad va vazifalari, 
ta’limiy - tarbiyaviy ahamiyati 


39 
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga 
ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va 
axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. SHuning uchun ham boshqa predmetlar 
ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk 
bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim 
standartlari (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv 
ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish 
ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan 
intilishlariga turtki beriladi. 
SHu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan 
olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, 
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik 
kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, 
axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. 
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar 
bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, 
o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan 
badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. 
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, 
mardonavor kurashi, ulug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy 
sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil 
fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday 
mavzudagi asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan 
to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi. 
Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga ta’lim-
tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma nutqini 
to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi. 


40 
Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan 
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. 
Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish