Sant Kitts va Nevis: Sanoati qandshakar, chigit va kokos yogʻi, gazlama, poyabzal, doridarmon ishlab chiqaruvchi hamda elektr apparatlari yigʻuvchi kichik korxonalardan iborat. Yiliga 86 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
Sent-Lyusiyada sanoatida: asalarichilik ulkan salohiyatga ega. Turli xil geografiya, flora va doimiy va oldindan aytib bo'ladigan yomg'irli mavsum bilan muborak bo'lgan Sent-Lyusiya hozirda asal ishlab chiqarish quvvatiga erisha olmaydi (2-rasm). Muayyan joyni saqlab qolishi mumkin bo'lgan koloniyalar sonini bashorat qilish juda qiyin bo'lsa-da, har bir akr uchun bitta koloniyaning o'ta konservativ qiymati orol 150 000 dan ortiq koloniyalarni qo'llab-quvvatlashi mumkinligini ko'rsatadi. Yillik 3 dan 8 gallon asal/koloniya hosildorligi bilan Sent-Lyusiya asal hosilining potentsial qiymati 6,5 dan 17,5 million dollargacha. Sanoatning taxminiy joriy qiymati yiliga 112 000 AQSh dollari va 300 000 dollarni tashkil qiladi.
Sent Vinsent va Grenadinlar: Yiliga oʻrtacha 73,2 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mahalliy qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan, toʻqimachilik, poyabzal, farmatsevtika korxonalari bor.
Trinidad va Tobago: Sanoatida neft qazib chiqarish hamda neftni qayta ishlash iqtisodiyotning asosini tashkil etadi (oʻz neftidan tashqari Venesuela, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlardan keltirilgan neftni qayta ishlab, neft mahsulotlari va kondensat ishlab chiqariladi). Tabiiy gaz, asfalt va gips qazib olinadi. Metallurgiya, neft kimyosi, kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, sement, oyna, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat (shakarqand ishlab chiqarish.) korxonalari bor. Poʻlat va alyuminiy ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 4,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.
2.2 Qishloq xo’jaligi
Kuba qishloq xo’jalijgi: agrar-industrial mamlakat. Davlat sektori sanoat ishlab chiqarishning hammasini, qurilish va savdoni, transportning 98% ni, qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerdarning 80% ni oʻz ichiga oladi. Yalpi milliy daromadni hosil qilishda sanoatning ulushi 46%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 15,9%..
Qishloq xoʻjaligining asosi — shakarqamish yetishtirish. Ekinzorlarning yarmiga (1,5 mln. ga yerga) shakarqamish ekiladi. Tamaki, kofe, mango, don va dukkaqlilar, sholi, ildizmevalilar, meva, sitrus, moyli ekinlar, paxta va boshqa, yil boʻyi sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Ananas, banan, qovun daraxti, kokos palmasi, kanop anchagiva maydonni egallaydi. Chorvachiligi, asosan, goʻsht-sut yoʻnalishida. Qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |