Karer temir yo‘l transporti to‘g‘risida umumiy ma’lumot. Reja


Karyerda zaboy konveyrni qo'llash



Download 168,9 Kb.
bet2/2
Sana08.04.2022
Hajmi168,9 Kb.
#537358
1   2
Bog'liq
9.Karer temir yo‘l transporti to‘g‘risida umumiy ma’lumot.

Karyerda zaboy konveyrni qo'llash.
To'plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karyerning yon qismida joylashgan bo'lib, ular kon massasini bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk ko'taruvchi
konveyerga tashishga mo'ljallangan. To'plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan o'z o'qiga parallel yo'nalishda gusenitsali yoki rels yo'lli izlarda harakatlanadi.
Temiryo’l transportining ichiga rels yo’llari va harakatlanadigan tarkib kiradi.
Rels yo’llari. Foydalanish holatlariga ko’ra karyer rels yo’llari turg’un, o’z holatini doimiy va muayyan vaqt davomida saqlaydigan (yyer yuzasidagi, transport bermalaridagi va kapital transheyalardagi yo’llar), va vaqtinchalik yo’llar, davriy siljitiladiganlarga (pog’ona va ag’darmalardagi yo’llar) bo’linadi.
Karyerlarda asosan o’lchami standart bo’lgan 1520 mm lik koleya kengligi qo’llaniladi.
Qiyaliklarning minimal radiusi harakatlanadigan tarkib turi va koleya kengligi bilan aniqlanadi. Barcha turg’un karyer yo’llari uchun koleya kengligi 1520mm bo’lganda qiyaliklarning normal radiusi 200m dan kam emas. Vaqtinchalik yo’llar uchun bu ko’rsatkich 100-120m oralig’ida bo’ladi. Bo’ylama harakatlanishda ko’tarilish qiyaligi kattaligi i (qiyalik) promillarda ko’rsatish qabul qilingan (balandlik burchagi tangensi ming birligi soni, ya’ni i = \000tga %o). Balandlik burchagining kichik qiyaligida sma = tgabo’lganda, i ning va ko’tarilish balandigi kattaligi mavjud qiymatlarida balandlik maydoni kattaligini trigonometrik jadvallarsiz aniqlash mumkin.
Yuklangan yo’nalishidagi maksimal yo’lning balandligi boshqaruvchi baladlik deb ataladi ip. Boshqaruvchi balandlikning kattaligiga ko’ra poezdning
og’irligi aniqlanadi. Elektrlashtirilgan temiryo’l transporti uchun iqtisodiy jihatdan ma’qul bo’lgan boshqaruv balandligi bitta tortishda, mos ravishda elektrovoz va tortish agregatlaridan foydalanilganda 40 va 60%o dan oshmaydi.
Karyer transporti bir yoki ko’p yo’lli bo’lishi mumkin. Yo’llar o’qlari orasidagi masofa kamida 4.1 m bo’ladi. Yo’llarni bog’lash va ajratish uchun strelkali yo’l ajratgichlar qo’llaniladi, u markazning tangens burchagini xarakaterlaydi. Doimiy yo’llarda krestovina markasi 1/11 va 1/9 bo’lgan yo’naltirigichlar, vaqtinchaliklarda esa - 1/7 va 1/5 markali krestovinalar qo’llaniladi.
Temiryo’l qurilmasi yuqori va pastki qurilmadan iborat (rasm. 4.1). Paski qurilma suv qochirish va sun’iy inshootlardan iborat yer qatlamidan iborat. Harakatlanish yodlarining yer qatlami transheyaning asosi hisoblanadi, zaboy yodlarining yer qatlami esa - pog’onaning ishchi maydoni, ag’darma yo’llari - ag’darmalar to’kilmalaridan iborat. Yo’lning yuqori qatlami ballastdan, shpallar, relslardan tashkil topadi. Ballast bosimlarni bir maromda taqsimlash va harakatlanadigan tarkibdan keladigan zarbalarni yumshatish uchun va muzlashdan saqlash va yer yuzi suvlarini qochirish uchun kerak. Ballast uchun eng yaxshi material bu 20-79mm kattalikdagi maydalangan tosh hisoblanadi. Ballast sifatida shuningdek galka va graviydan foydalanish ham mumkin. Ballast qatlamining qalinligi va 25-40 sm mos ravishda vaqtinchalik yo’llarda 15-20 va doimiy turg’un yo’llarda 25-40 sm bo’ladi. Ballastning sarfi 600-1200 M / км ni tashkil qiladi.
Shpallar ularga relslarni mustahkamlash va harakatlanadigan tarkibdan keladigan bosimni ballastga uzatish uchun xizmat qiladi. Temir-beton, yog’och va temir shpallar qo’llaniladi. Yog’och shpallar keng qo’llanilishga ega. Shpallarning standart uzunligi 270sm ga teng. Shpallarning ish vaqtini uzaytirish maqsadida ularni antiseptik (xlorlangan rux, kreozit va boshqalar) moddalar bilan ishlov beriladi. Shpallar soni 1km yo’l uchun o’qqa bo’lgan bosim va tarkiblar harakatlanish soniga ko’ra 1440-2000 tani tashkil qiladi. Shpallar orasidagi masofa 25sm dan kam bo’lmaydi.


4.1 - rasm.. Temir yo’l transporti yo’lining tuzilish sxemasi:
1-yer qatlami; 2-ballast; 3-shpal; 4-qo’ygich; 5-rels; 6-suv chiqarish kanavasi; 7- mustahkamlagich; 8-koleya eni.
Relslar harakatlanadigan tarkibni yo’naltirish va bosimni shpallarga uzatish uchun xizmat qiladi. Karyerlarda qo’llaniladigan relslar o’zaro 1m uzunlikdagi

relslar og’irligi bilan farq qiladi. Relslaming standart bo’yicha uzunligi 12.5 va 25m. Doimiy yo’llarda relslarni bir tugunga payvandlash qo’llaniladi. Yo’llaming qiya burchaklarida kalta turdagi muayyan uzunlikdagi relslar qo’llaniladi. Relslar turlari harakatlanadigan tarkibning o’qqa bo’lgan bosimi, yo’llar turi va harakatlanish doimiyligiga ko’ra tanlanadi. Karyerlarda R-50 va R-65 (1m relsning og’irligi mos ravishda 50 va 65kg) relslari keng qo’llaniladi. R-65 turdagi relsni o’qqa bo’lgan bosim 280kN va yuk aylanmasi yiliga 20-25 mln.t bo’lganda qo’llaniladi. O’ta qiyin holatlarda o’qqa bo’lgan bosim 300 kN dan yuqori bo’lganda R-75 relslari qo’llaniladi. Og’ir relslarda harakatlanadigan tarkibning yuqori qatlamga bosimi bir maromda bo’ladi.


Shpallarga relslar kostillar, shuruplar va boltlar bilan mustahkamlanadi. Asosan kostillar keng qo’llaniladi. Kostillarning qo’llanilishining kamchilik tomonlari, bu, yo’l mustahkamligining tez pasayishi, yo’lning torayishi yoki kengayishi, qiyalikning oshishi va oqibatda avariyalar kelib chiqishi mumkin. Yo’llarning bo’g’imli qayta yotqizishda relslaming shpallardan ajralib qolishi mumkin. Shurupli mustahkamlashda shpalda teshik hosil qilinadi, u yerga shurup o’rnatiladi, bosh qismi esa relsni shpalga mustahkamlaydi. Shuruplarning yulib olishga bo’lgan qarshiligi kostillardan ko’ra 1.5-2 marta yuqori. O’tkaziladigan boltlardan foydalaniladigan boltli mutahkamlash eng mustahkami hisoblanadi. Relslaming oxiri o’zaro ustiga qo’ygichlar va boltlar bilan mustahkamlanadi.
Yuqori qurilmaning tuzilishi yuk aylanmasi, harakatlanadigan tarkibning o’qqa bo’lgan bosimi va harakatlanish tezligiga ko’ra aniqlanadi. Turg’un va vaqtinchalik yo’llardagi harakatlanish tezligi mos ravishda 30-40 va 15-20 km/s ni tashkil qiladi.
Karyerdagi harakatlanadigan tarkib vagon va lokomotivlardan tashkil topgan. Foydali qazilmalarni tashish uchun asosan “gondola” turidagi vagonlardan foydalaniladi, ularning yuk ko’tarishi 60-90 t ni tashkil qiladi, shuningdek qisman “xopper” turidagi 60t yuk ko’tarish qobiliyatiga ega vagonlardan foydalaniladi. “Gondola” turidagi vagonlar alohida bo’lgan tag qismga ega bo’ladi, tag qism xreb balkasi yonidagi shamirlarda harakat qiladi. Tushurilgan taglik qiya maydonni tashkil qiladi, ulardan yuk ikki tomondan to’kiladi. “Xopper” turidagi vagonlar qiya yon devorlarga ega bo’ladi va lyuklardan bo’shatiladi, lyuklar vagon ramasidan pastda joylashgan. Yuk relslar orasiga yoki yon tomonga bo’shatiladi.
Bo’sh tog’ jinslarini tashish uchun bir va ikki tomonli o’zi bo’shatiladigan vagon-dumpkarlardan foydalaniladi. Dumpkarlarning tuzilishi 1.5-3m balandlikdan 3-5t li katta tog’ jinsi bo’laklarinmg tushishidan hosil bo’ladigan zarbalarga dosh beradigan ko’rinishda yasaladi (ekskavatorlar bilan yuklashda). Dumpkarlar shuningdek rudani tashishda ham qo’llaniladi. Dumpkarlar yuk ko’tarish, sig’im, tara koeffitsiyenti, o’qqa bo’lgan bosim, 1m yo’lga bo’lgan bosim bilan xarakterlanadi (4.1jadv.).


Download 168,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish