Davolash
Davolashning maqsadlari:
klinik ko‘rinishlarini bartaraflash;
yurak ritmi buzilishlarini muvofiqlashtirish;
yuqori xavf kategoriyasiga kiruvchilarda va bemorlarda qo‘qqis yurak o‘limini ogoxlash,
GKMP da (ayniqsa obstruktiv shaklida) katta jismoniy zo‘riqishlardan, sport musobaqalarida qatnashishdan qochish darkor. Jismoniy zo‘riqishda chap qorincha va aorta o‘rtasidagi bosim gradienti ortadi, aritmiyalar, obmoroklar kelib chiqishlari mumkin va doimo qo‘qqis o‘limi taxdidi bo‘lib turadi.
GKMP bilan bemorlarga β-adrenoblokatorlarni (propranolol – 60-240 mg/sut, atenolol - 50—200 mg/sut, metoprolol – 100-400 mg/sut, emkor 5-10 mg/sut, koronal mg/sut) yoki nodigidropiridin qatoriga mansub kalsiy kanallari blokatorlarini (verapamil - 120-360 mg/sut, diltiazem 120-480 mg/sut) buyurish mumkin. Ular YuQS ni kamaytirishadi va diastolani uzaytiradilar, chap qorinchani nofaol to‘luvini oshirishadi va to‘lish bosimini kamaytiradilar.
Qorinchalar ustki va qorinchalar aritmiyalari bilan bemorlarda ushbu preparatlar bilan bir qatorda amiodaron qo‘llaniladi. Xilpillovchi aritmiya rivojlanganda tromboemboliya rivoji xavfi yuqoriligi tufayli varfarin berish uchun ko‘rsatma bo‘ladi: u boshlang‘ich 2,5-5 mg/sut miqdorda berilib sekin astma MNO 2,0-3,0 ga yetguncha miqdori tanlanadi.
Obstruktivli gipertrofik kardiomiopatiyada yurak glikozidlarini, nitratlarni, adrenomimetiklarni berishdan qochish lozim. Infeksion endokarditni profilaktikasini o‘tkazish darkor, boisi mitral klapan tavaqasining oldingi yuzasi doimo zarbalanib turadi va buning natijasida shu joyda vegetatsiyalanish xavfi yuqori bo‘ladi.
β-adrenoblokatorlar va nodigidropiridinli kalsiy antagonistlari GKMP simptomlarini bartaraflash uchun samarali bo‘lsada, lekin kasallik oqibatiga ta’sir qilishmaydi. Amiodaronni qo‘llanilganda bemorlarni yashovchanliklari uzayadi.
Jarroxiy davolash GKMP ning kuchli ifodalangan simptomlari bilan kechuvchi va dorili terapiyaga rezistentli bo‘lgan obstruktiv shaklida o‘tkaziladi. Septal miotomiya yoki mioektomiya amalga oshiriladi. Xozirgi paytda tobora ko‘proq qorinchalararo to‘siqning alkogolli ablatsiyasini bajarishayapti.
Tez-tez bo‘lib turadigan qorinchalar taxikardiyalarida kardioverter-defibrillyatorni implantatsiya qilish tavsiya etiladi, bu qo‘qqis o‘limning muxofazasini ta’minlab beradi.
Bundan tashqari, chap qorichali ikkikamerali elektrik stimulyatsiyalash xam qo‘llaniladi, u obstruksiyani ancha kuchli darajada kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |