Qor yuzasida qoldirilgan izlar…
Yangi qor yuzasidagi izlarni sinchiklab kuzatish zavqli holat. Shuningdek, ular bilan bog`liq qanchalik qiziqarli ermaklar mavjudligini tasavvur qilasizmi?!
Masalan, uyingiz tomonga qarab oyoq izlaringiz bilan so‘zlar zanjiri orqali noma qoldirishingiz mumkin. So‘ngra nima bo‘lganini ko‘rish uchun uyga qaytib derazadan tashqariga boqing. Qanchalik teran nazar tashlasangiz, qordagi siz tomoningizdan qoldirilgan noma shunchalik aniq ko‘rinadi.
Siz yoqimli jihatni zavqli holat bilan uyg’unlashtirib, mini-biologiya darsini o‘tkazishingiz mumkin. Masalan, bolalarga o‘rmonda bo‘rilar to‘dasi izma-iz harakatlanayotganini aytib berishingiz mumkin-u, lekin hech qachon yirtqichlarning yolg’iz yohud beshshovlab o‘tganini aniq ayta olmaysiz. Qanday qilib harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsating va keyin oldinda ketayotgan odamning izlari ortidan aniq qadam tashlab quvlashmachoq o‘ynashingiz mumkin.
Agar uyingiz yaqinida hiyobon bo‘lsa, uyga qarang yoki oldindan o‘ylangan “izlar xaritasini” qog’ozga chop etib oling. So‘ngra hiyobonga chiqib, sizdan oldin bu yerdan kim o‘tganini uning izlariga qarab aniqlashga urinib ko‘ring. Hiyobonlarda odatda katta tog’ qarg’alarining izlari, kaptarlar galasining aniq zanjirsimon izlari, hurkak chumchuqlar va sa’valarning izlari uchraydi. Ammo sizda “ehtimoliy bo‘ri”, mushuk yoki olmaxon izlarini ham uchratish uchun omadli kun bo‘lishi mumkin. Qizig’i shundaki, bu kabi holatlarni Vitali Bianchi o‘zining “Qor kitobi” asarida tasvirlab bergan.
Bunday izlarni nafaqat kuzatish, balki ularni o‘zimiz yasashimiz mumkin. Masalan, “qor gullari”ni hosil qilish jarayonini olaylik: oyoq izini qorga tushiring, so‘ngra tovoningizni joyida qimmirlatmasdan, oyoq uchini biroz yon tomonga siljiting. Shunday qilib, oyoq uchining holatini asta-sekinlik bilan o‘zgartiring, to‘liq aylana qilib o‘tgach oyog’ingiz ostida qorday oppoq gul ochiladi. “Traktor” bilan yangi qorni ezg’ilab izlar qoldirish mumkin va yon atrofingizda ketayotgan o‘tkinchi kishilar bu traktor izi qayerdan boshlanib, qayerda yakun topgani haqida o‘ylab ko‘rishlariga imkon bering.
Siz uyda izlar qolipini oldindan tayyorlashingiz ham mumkin. Masalan, inson oyog’ining 54 o‘lchamdagi yoki dinozavrning panjalari shakli. Bu shakllarni qalin kartondan kesib oling, bolani oyog’iga arqon yoki kauchuk tasma bog’lang va atrofdagi harakatlanayotgan o‘tkinchi insonlarni hayratda qoldirib olg’a boring.
Maэlumki, ko‘p sonli qishki o‘yinlar mavjud bo‘lib, siz quruq va qorli ob-havo, issiq va sovuq kunlar uchun ko‘ngilochar mashgэulotlarning muqobil turini tanlashingiz mumkin. Aytgancha, sovuq ob-havo harorati sizga va bolangizga uyda qolish uchun bahona bo‘lolmaydi, hattoki tegishli me’yorlarga muvofiq, 7 yoshli bolalarga -15 darajadagi haroratda ham ochiq havoda sayr qilish tavsiya etiladi!
Shunday qilib, asosiy jihat to‘g’ri kiyinish qoidalariga amal qilishdir. Shundagina marhamat ko‘chaga, sayohatga otlaning. Qor odam atrofida aylanib raqsga tushing, chanada uching, qordan qal’alar bunyod eting, xazinalarni qidiring, labirintlarda sarguzashtlarni boshdan kechiring va ushbu qish mavsumini zavq-shavq bilan unutilmas onlar ila o‘tkazing!
Do'stlaringiz bilan baham: |