MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA(FAOLIYAT TURLARI BO’YICHA) YO’NALISHI
1-KURS MAGISTRATURA BOSQICHI TALABASI
KARAKULOVA UMIDA
TESTOLOGIYA
ZAMONAVIY TESTOLOGIYA SOHALARI
TOSHKENT 2020
ZAMONAVIY TESTOLOGIYA SOHALARI
Ilm-fan tarraqiyoti insoniyat tarixining eng katta yutug’idir.Fan rivojlanar ekan inson ongi,uning turmush daarjasi,dunyoqarashi ham rivojlanib boraveradi.Fanning eng muhim hususiyati esa u inson omiliga hizmat qilishidadir. Agar u insoniyatga hizmat qilmas ekan, o’z ahamiyatini yoqotadi. Har bir fanning ilm-fan taraqqiyotida o’z o’rni bor.Jumladan testologiya fani paydo bo’lishi va uning rivojlanishi jamiyat hayotida alohida ahamiyat kasb etdi. Testologiya har qanday sohada qo’llaniladi va zarurdir.
Testologiya-yuqori sifatli va ilmiy asoslangan,o’lchash texnikasi yaratish bo’yicha fanlararo fandir. Inglizcha so’zdan olingn bo’lib, sinov degan ma’noni bildiradi. Sinovlar orqali bilmlarni baholash ilmi xx asr boshlarida psixologiya,sotsialogiya,pedagogika va boshqa xulq –atvor fanlarining birlashmasida paydo bo’ldi. Sinovlar fan va amaliyotning turli sohalarida-pedagogika ,tibbiyot,texnologiya,menejmentda keng qo’llaniladi.
Testologiya-sinov topshiriqlarnining bajarilishini tartibga soladigan va boshqariladigan sharoitlarda yuzaga keladigan intelektual faoliyatdir. Sinov natijalarining obyektivligi birinchi navabtda ,sinov vazifalarning sifatiga bog’liq bo’ladi. Testologiya fanining asosiy maqsadi ham turli sohalardagi sinov jarayonlarining haqqoniyligini ta’minlashdan iboratdir.
Testologiya tarixidan ham ma’lumki, dastlabki diagnsotik metodikalar, xususan, ispan olimi Xuan Xart(1530-1589), J.Eskirol(1772-1840), E.Segen(1812-1880), tomonidan taqdim etilgan diagnostik vositalar inson psixologiyasining ma’lum bir jihatlarini yoritishga qaratilgan bo‘lsa-da, tashxis natijalari sifatini baholash borasida ma’lum talablar masalalari xususida to‘xtalishga erta edi. Shunday bo‘lsa-da, fransuz olimlar J.Eskirol va E.Segenlar psixik kasallik bilan aqliy taraqqiyotdan ortda qolish o‘rtasida farqlashni mezonlar orqali o‘rganishga kirishgan edilar.
Ilmiy testologiyaning tarkib topishida psixologiya fanida eksperiment va o‘lchash g‘oyalarining kirib kelganligini tadqiqot sohasida qo‘yilgan katta qadam deb baholash mumkin. Bu boradagi o‘rinishlarni XIX asrning30-yillarida nemis olimi Volf tomonidan diqqat xususiyatlarini aniqlash borasidagi uzoq vaqt davomida olib borgan izlanishlarida kuzatish mumkin. Bu esa nemis olimini psixometriya tushunchasini fanga olib kirgan degan xulosani beradi. E.Veber va G.Fexnerning (XIX asrdagi o‘rtalari) psixofizik tadqiqotlari ham eksperimental psixologiyada psixik hodisalarni o‘rganishda yangi yo‘nalish ochgan deyishimiz mumkin. Bu tarzdagi tadqiqotlarlar ko‘lamini yana bir qator olimlar misolida sharhlash mumkin.
Ammo psixologik tadqiqotlarda statistik qayta ishlash usullarini tatbiq etilishini olamshumul ilmiy inqilob deb qarash mumkin. F.Galton o‘z davridayoq korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblash metodini(1888 yil) antropometriya va irsiyatni aniqlashda foydalangan edi. F.Galton va uning izdoshi K.Pirsonlarning korrelyatsiya koeffitsiyentini aniqlash usulini, A.Bine va T.Simon intellektni o‘lchashda shkallarga tayangan(1905).
V.L.Shtern tomonidan intellekt koeffitsiyenti (IQ)ni fanga kiritilganligi tadqiqotlarda sifat o‘zgarishi yuz berishidan dalolat beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarixiy manbalar psixodiagnosika sohasidagi ilmiy qadamlar hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ham psixodiagnostik metodikalarni tatbiq etishda sifat masalasiga e’tibor qaratish tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Chunki, ko‘p holatlarda tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilayotgan muammoning baholash apparati, ularning mezonlari va yondashuvlari mavhum holda bo‘ladi. Natijada tadqiqotdan olinayotgan ma’lumotlarda ilmiy yanglishishlar yo‘l qo‘yiladi yoki tadqiqot yangiligini izohlashga asos bo‘lmay qoladi. Shuning uchun psixodiagnostik metodikalarni tatbiq etish yoki diagnostika sifatini aniqlashda uning darajalari va jihatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda golland olimi Yan ter Laakning yondashuvini e’tiborga olish lozim. Uning fikricha Testologiyada sifatni muhokama qilishdan oldin, testlar nazariyasi(klassik va zamonaviy), muhit bilan taraqqiyot borasidagi nazariyalarni, metodika bilan tadqiqot muammosning mosligini, diagnostik jarayoning borishidagi talablarni yaxshi bilish muhim degan xulosani beradi.
Ammo Testologiyada sifatni aniqlash masalasi keng ko‘lamdagi ishlarni bajarishni talab etadi. Buning uchin psixodiagonostik metodikalar sifatini belgilovchi asosiy jihatlarga murojaat etish o‘rinli. Psixodiagnostik metodikalar sifatini belgilashda beshta kategoriyaga tayaniladi: testlarni yaratish maqsadi, testni strukturalashtirish, meyorlar(normalar), ishonchlilik va validlik. Bundan ko‘rinadiki, testlar va so‘rovnomalar yaqqol psixodiagnostik ishlanmalar natijasi sanaladi. Ularni baholash esa o‘ziga xos tizimi mavjud. Baholash tizimidagi yetakchi kategoriyalar, ya’ni ishonchlilik va validlikni o‘zini ham to‘g‘ri farqlay olish lozim.
Ishonchlilik - psixologik tadqiqot aniqligini belgilovchi test sifatlari ko’satkichi. Testning ishonchliligi- psixologik tadqiqot aniqligini belgilovchi test sifatlari ko‘rsatkichidir. Testning ishonchliligi ba’zi xollarda shakl va maqsadi Jihatidan 2 ta bir xil testning ekvovalentligi darajasining namoyon bo‘lishi sifatida karalsa, ba’zi xollarda qayta o‘tkazilganda natijaarning barkarorligi (sabilligi) sifatida qaraladi.
Validlik- test sifatliligi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri. Testning qanchailik validligi yuqori bo‘lsa, unda tekshirilayetgan ishlar shunchalik yaxshi aks ettiriladi. Masalan, intellektni o‘lchash validligi "intellekt" tushunchasining ta’rifiga; undan kelib chiqgan xolda tuzilgan test topshiriqlari tarkibiga; emperik ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi.
Testologiya fani rivojlanar ekan uning bir qancha tarmoqlari xam shakllanib bordi va jamiyat taraqqiyotida keng qo’llanildi. Sotsiologiyada ,tibbiyotda,texnika,pedagogika va psixologiya sohalarida testologiya muxim axamiyat kasb etadi.
Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot
darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi.
Psixologik tadqiqotlarda foydalaniladiganmetodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida
shaxs psixik xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat.
Bolalar psixologiyasida eksperimental testlarni ishlab chiqish asosiy vazifadir
. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixiktaraqqiyotini, aqliy darajasini,
uning maktabda o ‘qishga tayyorligini aniqlashga moljallangan. Jumladan.
maktabda o‘qishga tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir:
a) psixik jarayonlaming ixtiyoriyligi;
b) aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi;
v) yangi bilim va malakalarni maqsadga yo'naltirilgan ravishda
o ‘zlashtirish imkoniyati;
g) borliqni bilishgaqiziqishning mavjudligi;
d) tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va
umumlashtira olishi;
e) fikrlay olish va boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan belgilaming mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv jarayonida turli didaktik vosita vausullar yordamida aniqlanadi.
Keltirilgan fikrlarlarga tayanib shuni aytamanki testologiya va u qollaniladigan sohalar kundalik turmushimizda va jamiyatninh xar sohasi uchun muhimdir.Bunda oldimizda turgan eng muhim vazifalar bu testlar sifatiga axamiyat berish va universal ishonchli va validligi yuqori bo’lgan testlarni yaratishdan iborat. Yana muhim jixati chet el testlarini modifikatsiya qilish va mintaqamizga moslashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |