Taqrizchi:
o`qit.X.Muzaffarova
44
Abdulla Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti Pedagogika -
psixologiya fakul’teti Defektologiya ta’lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi
Imomova Irodaning “Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni savodga
o’rgatishning texnologik asoslari” nomli bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Nogiron bolalarni ma’naviy va jismonan barkamol inson bo’lib yetishishi uchun
pedagogik omilni, ya’ni tarbiyaning maktabgacha va maktab ta’lim jarayoniga alohida
e’tibor berishini talab qiladi. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarda
ta’limni to’g’ri tashkillashtirish bolalar dunyoqarashini, fikrlash, sezgi va haraktlar
muvofiqligini rivojlantiradi. Nutqning to’liq rivojlanmaganligi – bu intelekti va eshitish
qobiliyati normal bo’lgan holda nutq sistemasining hammakomponentlarini
shakillanishida kamchiliklar kuzatiladigan murakkab nutq buzulishidir. Ana shunday
dolzarb masala talaba Imomova Irodaning mavzuida aks etgan bo`lib, bitiruv malakaviy
ishining kirish qismida, ishning maqsad, vazifalari belgilangan. Qo`yilgan maqsad
asosida ishning nazariy qismida to`plangan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi
Nutqning to’liq rivojlanmaganligi asosida korreksiyalash ishlarining amalga oshirilishi
va vazifalari to`liq yoritib berilgan.
Tadqiqot ishi ikki bob, 4 ta paragraf, tajriba sinov, xulosa va tavsiyalardan iborat
bo`lib, reja mavzuni to`liq ochib berishga qaratilgandir.
Birinchi bob nazariy qism hisoblanib, talaba ushbu bobda psixolog – pedagog va
olimlarning tadqiqotlariga hamda to`plagan manbalarga asoslanib, Nutqning to’liq
rivojlanmaganligi turlari kelib chiыish sabablari o`rganilgan hamda ahamiyatini ochib
berilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobi amaliy qism hisoblanib, bobda tadqiqotchi Nutqning
to’liq rivojlanmagan bolalar harakatlarini korreksiyalovchi o’yin turlari, ular orqali
maktabgacha yoshdagi nutqning to’liq rivojlanmagan bolalardagi psixologik va jismoniy
kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari, maktabgacha yoshdagi nutqi to`liq rivojlanmagan
bolalarni savodga o`rgatishni eksperimintal o`rganishni ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab
bergan.Olib borilgan tajriba-sinov asosida bitiruv malakaviy ishi xulosalangan va
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar hozirda ta’lim jarayoni bilan
shug`ullanayotgan o`qituvchi va talabalar uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Taqriz:
_______________________
Do'stlaringiz bilan baham: |