-qurilish shartnomasining shartlari; -savdoda qatnashish uchun ariza formasi; -savdoda qatnashish instruktsiyasi; -pudratchi to’g’risidagi ma’lumotlarga talablar; -takliflarni texnik, moliyaviy baholash va g’olibni aniqlash mezonlari; -qurilish shartnomasi loyihasi; -tenderning texnik hujjatlari.
Hozirgi iqtisodiy sharoitda qurilish ob’ektlari smeta qiymatini aniqlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
Hozirgi iqtisodiy sharoitda qurilish ob’ektlari smeta qiymatini aniqlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
TIA tarkibidagi loyiha oldi bosqichida. TIA ko’rsatkichlarining hisob-kitoblari natijasida ob’ektlar barpo etilishidagi taxminiy xarajatlar aniqlanadi.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida. Loyihalashtiruvchilar amalga oshirilgan hisob-kitoblar va smeta me’yorlarini qo’llash natijasida ob’ekt qurilishining smeta qiymatini aniqlaydi, shu jumladan, lokal smetalari, alohida bajariladigan ishlar uchun xarajatlar qiymati va qurilish qiymatining yig’ma-smeta hisob-kitobi.
Ob’ektning smeta qiymatini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlar qo’llaniladi: bevosita xarajatlar – BX; ustama xarajatlar – UX; rejali jamg’arma – RJ (smeta foydasi). Unga ko’ra, qurilish mahsulotining (ob’ektining) smeta bahosi (SB) quyidagi tenglik bilan ifodalandi:
SB = BX + UX + RJ (6.1)
Smeta qiymati – qurilish mahsuloti (ob’ekti) uchun erkin bahoning shakllanishi va kapital qo’yilmalarni aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi «Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 302-sonli Qarori qabul qilinib, unda:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi «Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 302-sonli Qarori qabul qilinib, unda:
– markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bog’liq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tanlov savdolari natijalari bo’yicha amalga oshirishi;
– kapital qurilish bilan bog’liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlov savdolari majburiy o’tkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob berishlari;
– sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachi moddiy javob berishi, shuningdek, ko’rsatib o’tilgan sabablar natijasida soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga to’langan jarimalar va penyani pudratchiga to’liq qoplashi;
– tanlov savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan shartlarning o’zgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi o’rtasida kelishuv mavjudligidan qat’iy nazar, faqat ular belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan, deb hisoblanishi;
– qurilishning amaldagi qiymatini tanlov savdolari natijalari bo’yicha shartnomada belgilangan shartnomaviy narxga nisbatan kamaytirish natijasida tejalgan mablag’lar pudrat tashkilotining tasarrufida qolishi belgilab qo’yildi.