OCHIQ KON LAHIMLARI VA ULARNING QO’LLANILISHI. Ochiq kon ishlarini amalga oshirishda ikki turdagi kon lahimlari qo’llaniladi – kapital va qirqim transheyalar. Kapital transheyalar – qiya ochiq kon lahimlari va ular ishchi gorizontlarni ochish uchul qo’llaniladi. Maydonning relyefidan kelib chiqqan holda kapital transheya trapetsiya ko’rinishida ko’ndalang kesimli yoki to’g’ri bo’lmagan uchburchaksimon bo’lishi mumkin (to’rtburchak). Kapital transheyalar uzoq vaqt xizmat qiladi va ularda transport aloqalarini joylashtirish uchun mo’ljallanadi.
Kapital transheyaning sxemasi: a – tashqi joylashgan alohida kapital transheya; b – pog’onada qirqim transheya o’tilmaganiga qadar ichki joylashgan kapital transheya; v – xuddi o’sha, faqat qirqim transheya o’tilgandan keyin; 1 – kapital transheya; 2 – qirqim transheya; 3 – karyerning oxirgi konturi.
Kapital transheyaning asosiy elementlariga uning asosining kengligi , chuqurligi , bo’ylama qiyaligi , bortlar qiyalik burchaklari, rejadagi uzunligi, va qurilish hajmi kiradi.
Kapital transheyaning umumiy ko’rinishi (a) va rejasi (b)
Kapital transheya asosining kengligi tanlanadigan transport vositasiga ko’ra yoki uni o’tish usuliga ko’ra aniqlanadi. Kapital transheya asosining minimal o’lchami transport vositalarining ko’ndalang kesimiga, transport vositalari orasidagi xavfsiz masofaga, maydonlarning ko’ndalang o’lchamlariga, ariqlar va boshqa transport aloqa vositalari o’lchamlariga mos bo’lishi kerak. Bu ko’rsatkich transheyani belgilangan texnologik sxema va foydalaniladigan uskunalarga mos holda o’tishni ta’minlashi kerak.
Kapital transheyaning chuqurligi kapital transheyaning ust qismi (yer yuzasida transheyaning boshlanish joyi) va ochuvchi ishchi gorizont orasidagi ayirmasiga teng bo’lishi kerak. Bitta pog’onani ochishda kapital transheyaning chuqurligi ochuvchi pog’onaning balandligiga teng bo’lishi kerak. Kapital transheyaning bo’ylama qiyaligi qo’llaniladigan karyer transportiga ko’ra tanlanadi. Bo’ylama qiyaligiga ko’ra kapital transheyalar qiya va tik qiya bo’ladi (6.1-jadv.). Kapital transheyalarning borti qiyalik burchagi uning ishlash davri, tog’ jinsining fizik-texnik xususiyatlariga, ularning namlanganlik darajasiga ko’ra tanlanadi. Bu ko’rsatkich uning bortlarining turg’unligini ta’minlashi kerak. Kapital transheyalarning uzoq vaqt xizmatida yumshatilgan va yarim qoyasimon tog’ jinslarida o’tilgan kapital transheyalarda uning qiyalik burchagi tog’ jinslarining tabiiy yotish burchagidan ko’p bo’lmasligi kerak. Qoyasimon tog’ jinslarida bu ko’rsatkich 50-60⁰ bo’ladi.