. KAPITAL BOZORIDA AKSIYALAR MUOMALASI VA QO’LLANISH XUSUSIYATLARI
3-mavzu.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisidagi qonunda belgilanishicha, aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishdaishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz.

Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega:
ovoz berish huquqi yoki korporativ tuzilmani boshqarishda ishtirok etish. Oddiy aksiyalar egalariga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishlarida va korporativ tuzilma faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqini beradi;
korporativ tuzilma daromadlarida qatnashish yoki dividendlar olish huquqi. Dividend bu korporativ tuzilma daromadlarining qismi boʻlib, aksiyalar soniga qarab aksiyadolarga taqsimlanadi. Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar barcha soliqlar, kreditorlik majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha foizlar va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi;
Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega:
yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi yangi emissiya qilingan aksiyalarni sotib olgan yangi aksiyadorlar oldida ularning ulushini himoya qilishdadir. Bunday huquq ayniqsa nazorat hamda yirik paket aksiyalar egalari uchun muhimdir. Ushbu huquqdan foydalangan holda aksiyadorlar oʻzlarining kompaniyadagi ulushi miqdorida aksiyalarni sotib olishlari mumkin. Huquq afzalligi yana yangi aksiyalar ochiq bozorga chiqmasidan oldin nominal yoki bozor bahosidan arzon narxda aksiyador tomonidan xarid qilinishi mumkin. Buning natijasida bunday afzaliy huquq oldi sotdi obyekti boʻlishi mumkin;
korporativ tuzilma tugatilishida mulk qismidan ulush olish huquqi. Kompaniyaning tugatilishi – bu kompaniya oʻz faoliyatini toʻxtatishi, barcha kreditorlar bilan qarzdorliklarni hisob kitob qilishi, qolgan mulkni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlashi va boshqalar.