Kanallar va to‘lqinlarning tarqalishi 2-ma’ruza


UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 192,38 Kb.
bet4/7
Sana11.07.2022
Hajmi192,38 Kb.
#775221
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kanallar va to‘lqinlarning tarqalishi 2-ma’ruza

UQT diapazonning o‘ziga xos xususiyatlari

O‘zining kichik uzunligi tufayli UQT to‘lqinlar erning sferik sirti va erning yirik noitekisliklari yoki boshqa to‘siqlar atrofida yomon difraksiyalanadi. SHuning uchun UQT diapazonda antennalarni er sirtidan sezilarli balandlikda joylashtirishga uriniladi, chunki bunda birinchidan, to‘g‘ri ko‘rinish masofasi ortadi, ikkinchidan antennaning yaqinida joylashgan mahalliy predmetlarning ekranlashtiruvchi ta’siri kamayadi. SHunday qilib, UQT diapazonda antennaning joylashish balandligi to‘lqin uzunligidan ko‘p marttaga ortiq bo‘ladigan shart bajariladi va maydon kuchlanganligini hisoblashni interferension formulalar bo‘yicha o‘tkazish mumkin bo‘ladi.


UQT diapazonda er sirti ideal dielektrik sifatida qaralishi mumkin. SHuning uchun gruntning o‘tkazish xossalarining o‘zgarishi UQTni tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
SHu bilan birga, er sirtining uncha katta bo‘lmagan notekisliklari UQTni er sirtidan qaytishi shartini sezilarli o‘zgartiradi.
To‘g‘ri ko‘rinish chegarasida aniq kichik bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan l < 0,2· l0 masofalarda UQT diapazonda erning sferikligini va troposferadagi radioto‘lqinlarning refraksiyasi ta’sirini hisobga olmaslik mumkin. Bunda UQTni tarqalishining xarakterli o‘ziga xos xususiyati katta barqarorlik va vaqt bo‘yicha signal sathining o‘zgarmasligi hisoblanadi.
0,2l0 < l < 0,8· l0 chegaralarda yotadigan sezilarli masofalarda erning sferikligini hisobga olish zarur bo‘ladi. Bir vaqtda refraksiyaning ta’sirini erning ekvivalent radiusidan foydalanish yo‘li bilan hisobga olish kerak bo‘ladi.
Bunday masofalarda UQTni tarqalishi uchun metrologik sharoitlar ta’sir qiladi. Troposferaning sindirish koeffitsientining o‘zgarishi bilan to‘lqin traektoriyasining egriligi o‘zgaradi, binobarin, to‘g‘ri va er sirtidan qaytgan nurlar uchun bu o‘zgarishlar turlicha bo‘lishi mumkin. Natijada to‘g‘ri va qaytgan nurlar orasidagi fazalar farqi o‘zgaradi, buning natijasida radioto‘lqinlar maydonlari sathi o‘zgaradi, signalning so‘nishi bo‘lib o‘tadi. Masofaning ortishi bilan so‘nishlarning halaqit qiluvchi ta’siri ortadi

Download 192,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish