@ImtihonJavoblari2021Uz
kanali mahsuloti
14
chiqilgan va bu jarayon yangi – Vena geosiyosiy davrining boshlanishiga
sababchi bo‘lgan. Rossiya, AvstroVengriya, Britaniya, Germaniya, Fransiya va
Usmoniylar imperiyasining siyosiy mavqelarining ortishi va ular o‘rtasida
dunyoni bo‘lib olishga bo‘lgan siyosiy raqobatning kuchayishi; XIX asr
oxirlarida AQSH va Germaniyaning iqtisodiy jihatdan tez sur’atlar bilan
rivojlanishi; Germaniya, Avstro-Vengriya va Italiyaning siyosiy jihatdan
birlashuvi natijasida Uchlar ittifoqining yuzaga kelishi; Fransiya, Angliya va
Rossiyaning esa Antanta ittifoqiga birlashuvi; ikki ittifoq o‘rtasida yuzaga
kelgan Birinchi jahon urushining Uchlar ittifoqi mag‘lubiyati bilan tugashi bu
davrning muhim geosiyosiy voqeliklari hisoblanadi. 1919-yil 28-iyun kuni
Fransiyaning Versal shahrida Birinchi Jahon urushi tugashi munosabati bilan
shartnoma imzolanishi bilan geosiyosatda Versal davri boshlandi. Shartnomaga
ko‘ra, Fransiyaning kontinental, Angliyaning esa dengizdagi qudratli
imperiyalarga aylanishi; Germaniya, Avstro-Vengriya, Rossiya va Turk
imperiyalarining inqirozga uchrashi; 1917-yil oktabridan boshlab jahonda ilk
sotsialistik tuzumga ega bo‘lgan respublikalar ittifoqining paydo bo‘lishi; jahon
davlatlari orasida AQSH siyosiy va iqtisodiy mavqeining kuchayishi; 1939-yilda
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi ushbu davrga xos asosiy tarixiy voqeliklar
hisoblanadi. 1945-yil Germaniyaning Potsdam shahrida Ikkinchi jahon urushi
tugashi munosabati bilan Potsdam shartnomasining imzolanishi bilan to‘rtinchi
geosiyosiy davr boshlandi. Dunyoda biopolyar (ikki qutbli) holatning yuzaga
kelishi: Sobiq Ittifoq va uning tarafdorlari kontinental, AQSH va uning
tarafdorlari esa dengizdagi qudratli davlatlarga aylanishi; ikki qudratli blok
o‘rtasidagi sovuq yadroviy urush xavfi ning yuzaga kelishi mazkur davrdagi
asosiy siyosiy jarayon hisoblanadi. 1991-yil 8-dekabr kuni Belarusdagi Belovej
Pushchasi qo‘riqxonasida SSSR davlati rasman tugatilishi munosabati bilan
Belovej shartnomasining imzolanishi hozirgi davrda eng so‘nggi geosiyosiy
bosqichning boshlanishiga turtki bo‘ldi. Uning o‘rnida 12 ta mustaqil davlatning
yuzaga kelishi va ularning MDH tarkibida birlashuvi; jahonda sotsialistik
tuzumning yemirilishi; Yevropaning bir qator davlatlarida (GFR, Yugoslaviya,
Chexoslavakiya) yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar; NATO harbiy bloki
mavqeyining kuchayishi kabilar davrga xos asosiy siyosiy o‘zgarishlar
hisoblanadi. Aytib o‘tilganidek, bu davr hali o‘z nihoyasiga yetgan emas.
Bundan kelib chiqadiki, Belovej davriga xos bo‘lgan yana bir qator siyosiy
o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.
2. «Buyurtmaxona» va «Karst» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Buyurtmaxona – ayrim tabiiy obyektlar va landshaftlarni saqlab qolish, takror
ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki
suv havzasi. Ularning hududida ayrim tabiiy resurslardan foydalanishga, tabiatga
kuchli ta’sir ko‘rsatmaydigan xo‘jalik faoliyatiga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan
farq qilib, buyurtmaxonalarning maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi.
Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmaxonalar
ko‘pincha ovchilik xo‘ja-liklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini
tiklash va ko‘paytirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza
qilinayotgan turlarning o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va
buyurtmaxona yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik,
Do'stlaringiz bilan baham: |