Разорвать – Uzish buyrug’i
Tahrirlash buyrug’i ob’yektda uzilish hosil qiladi. Ya’ni ikkita nuqtada
uzib oraliq ob’yektni olib tashlaydi. Ushbu tahrirlash buyrug’i barcha
ob’yektlarda uzilish hosil qila oladi.
Tahrirlash ketma – ketligi:
1. Tahrirlash panelidagi «Разорвать» - Uzish buyruq piktogrammasi
tanlanadi.
Sichqoncha ko’rsatkichi ob’yektlarni tanlash rejimiga o’tadi.
2. Ob’yektdagi uzilish hosil qilinadigan birinchi nuqta tanlanadi.
3. Ob’yektdagi uzilish hosil qilinadigan ikkinchi nuqta tanlanadi.
54
Izoh: Aylana va ellipslarda uzilish hosil qilishda soat strelkasiga teskari yo’nalish
e’tiborga olinishi lozim. Ya’ni birinchi nuqta tanlangandan so’ng ikkinchi nuqtagacha bo’lgan
oraliqdagi yoy soat strelkasiga teskari yo’nalishda yo’qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |