“TASDIQLAYMAN”
Maktabgacha ta’lim kafedrasi
mudiri N.Tosheva_________
“___”________ 2022-yil
MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI DOTSENTI, p.f.n.
KAMILOVA GULMIRA ALIMOVNANING
OCHIQ MASHG`ULOT MAZMUNNOMASI
Fakultet: Ta’lim- tarbiya nazariyasi va metodikasi(maktabgacha ta’lim)
Bo`lim: Magistratura
Kurs: 4-1 MT-21M
Fan: Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning pedagogik diagnostikasi
Dars turi: Amaliy
Dars maqsadi:
1) Talabalarning pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, ta’lim subyektlari o’rtasida ijobiy munosabatni yo’lga qo’yish, ularning pedagogik mahoratlarini shakllantirish,tarbiyachi nutqi,ovoz va nafas texnikasi, nutq talaffuzi va sur`ati to`g`risida ma`lumot yoritib berish;
2) talabalarning faol ishtirokini ta`minlash, ijodiy tafakkurni, dunyoqarashini o`stirish, erkin fikrlashga o`rgatish;
3) darsda o`qituvchi emas, talabalarning faolligini ta`minlash.
Darsning uslubi: savol-javob, erkin bahs.
Darsning tipi: Yangi bilim berish, olingan bilimni mustahkamlash.
Dars jihozi: Elektron tablo, test, savolnomalar, rasmli savolnomalar, mavzuga oid video lavha, o`quv qo`llanmalar darsga oid didaktik materiallar
YPT: “Klaster” strategiyasi,”Oqlovchi-Qoralovchi”,“Svot-tahlil”,“B-B-B” o`yin-topshiriqlari
Mavzu: Dislaliya va uni korreksiyalash
Mavzu bo`yicha tayanch iboralar: dislaliya, mexanik dislaliya, funksional dislaliya, ochiq prikus, prognatiya, progeniya, fonematik eshitish, sigmatizm, rotatsizm, lambdatsizm, kappatsizm, gammatsizm, xitizm, yotatsizm, artikulyatsion mashqlar, nafas mashqlari
Adabiyotlar:
Ayupova M. Logopediya. O’zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti . T:.2007
Yusupova R.Maktabgacha tarbiya metodikasi.Oqituvchi.1993.
Z.M.Ahmedova, M.Yu.Ayupova, M.P.Xamidova Logopedik o’yin Faylasuflar nashriyoti T.: 2013
Z.Shamuratova Logopediya. Me’yoriy talaffuzga o’rgatish Faylasuflar nashriyoti
T.: 2013
Logopediya Kompleks mashqlar T.: 2016
G’ulomova Sh. Nutq o’stirish mashg/ulotidan uy vazifa daftari Lesson press T.: 2019
Darsning borishi:O`tilgan mavzuni takrorlash
1.Doskada teskari yozuvi tomoni doskaga yashirilgan yozuv.Unda Logoped deb yozilgan.Oqituvchi talabalar e`tiborini yashirilgan yozuvga qaratib,uning fazilatlarini bir-bir o`qiydi.Toki talaba ushbu yozuvni topganga qadar logopedning xislatlari o`qiladi.
2.Navbatchi axboroti tinglanadi:
- Talabalarga o`tilgan mavzu yuzasidan savol berib murojaat qilinadi
O`tilgan mavzu:Logopediyaning metodologik asoslari (2 soat)
1. Logopediyaning prinsipi va metodlari
2. Logopedning shaxsi
3. Logopediyaning tushunchalarini darajalash apparati.
Oldindan tayyorlanilgan blitz savollari bo`sh o`zlashtiruvchi talabalarga beriladi
O`qituvchi mavzuni xulosalaydi.
Yangi mavzu: DISLALIYA VA UNI KORREKSIYALASH.
REJA:
Dislaliya va uning tarixi
Mexanik va funksional dislaliya. Dislaliya turlari.
Dislaliyani bartaraf etishda logopedik ta’sir metodikasi
Yangi mavzu yuzasidan talabalar 3 guruhga bo’lingan. B-B-B metodi bo’yicha amaliy mashg’ulot davom etadi.
1-reja asosida 1-guruh a’zolari o’z ma’lumotlarini so’zlab beradilar.
2-reja asosida 2-guruh a’zolari tayyorlagan ma’lumotlarini quyida keltirib o’tadilar:
3-reja asosida 3-guruh a’zolari o’z ma’lumotlarini so’zlab beradilar:
Yangi mavzu yuzasidan darsda foydalaniladigan nazariy ma’lumotlar:
Talabalar 3 guruhga bo’lingan
Mavzu yuzasidan 1, 2, 3 guruhlarning ma’lumotlari va tayyorlab kelingan nafas mashqlari va artukulyatsion mashqlarga oid o’yinlardan foydalanib mashg’ulot o’tiladi.
Dislaliyani tuzatishga oid korreksion-amaliy mashqlar.
Dislaliyani korreksiyalash Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan korreksion ishlar Farmonova Saodat-Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 1-bosqich magistri (87-MTT logopedi)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari logopedlari bilan tuzatish-korreksion ishlarni amaliy ko’rsatib berish.
Buxoro tuman 5-DMTT logopedi Urunova Dilafro’z –“R” tovushi ustida ishlash.
Buxoro shahar 81-MTT logopedi Hamroyeva Diyora- “Sh” tovushi ustida ishlash va mayda motorikani rivojlantirish usullari.
O`qituvchi talabaning javobini reyting tizimi asosida baholaydi.
Uyga vazifa: Alaliya mavzusiga oid ma’lumotlar to’plash.
Maktabgachata’lim kafedrasi
p.f.n., Dotsent G.A.Kamilova
Do'stlaringiz bilan baham: |