Kambag‘allik chegarasi nima?


Kambag‘al oilada dunyoga kelish va yaxshi ta’lim olmaslik



Download 157 Kb.
bet20/26
Sana14.02.2022
Hajmi157 Kb.
#448742
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Kambag‘allik chegarasi nima

4. Kambag‘al oilada dunyoga kelish va yaxshi ta’lim olmaslik. BMTning Bolalar fondi (UNICEF) ekspertlarining ta’kidlashicha, kam ta’minlangan oilalar o‘z farzandlarining yetarlicha kasbiy va oliy ta’lim olishlariga imkoniyatlar yaratish borasida jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hozirda bunday imkoniyatlardan mahrum bo‘lishi ularning kelgusidagi moliyaviy imkoniyatlari cheklanishiga olib keladi.
5. Uzoq muddat davomida past haq to‘lanuvchi ishda ishlab kelish. Agar inson uzoq muddat davomida bitta faoliyat turi bilan shug‘ullansa, u asta-sekinlik bilan malaka va ko‘nikmalarini yo‘qotib boradi. Uzoq muddat mobaynida inson bitta joyda ishlar ekan, unda o‘z hayotida biron-bir ijobiy o‘zgarishlar yasashga intilish ishtiyoqi asta-sekinlik bilan so‘nib boradi.
Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiyot oliy maktabi aholi daromadlari va turmush darajasi tahlil Markazining tadqiqotlariga ko‘ra, kambag‘allar toifasiga kiruvchi insonlarning xulq-atvori ma’lum yillar oralig‘ida quyidagicha tartibda o‘zgarar ekan: bunday insonlar kambag‘allikning dastlabki yilida o‘z jamg‘armalari, qarindosh-urug‘ va tanish-bilishlardan qarz olish hisobiga hozirgi paytdagi iste’mol va turmush sifati darajasini saqlab qolishga intiladi, barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solib yangi yoki qo‘shimcha ish topishga harakat qiladi.
Bundan keyingi bosqich ikki yil davom etadi. Kambag‘al insonlar mazkur bosqichda iste’mol tarkibini o‘zgartira boshlaydi. Arzon tovarlarni ko‘proq sotib ola boshlaydi, qimmat xorijiy sayyohlik safarlarini ichki, arzon sayyohlik yo‘nalishlariga almashtiradi. Ammo oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli avvalgi darajada qoladi.
Kambag‘allikka tushgan insonlar uch yildan so‘ng ham munosib ish joyini topa olmasa, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymagan bo‘lsa, endi boshqa va hatto jinoiy daromad topish yo‘llarini izlay boshlaydi. Ular o‘z iste’mollarini keskin pasaytiradi.
Kambag‘allikning yettinchi yiliga kelib, inson o‘z holatiga ko‘nikadi va uni unumdor mehnat sohasiga qaytarish endi juda qiyin kechadi. U ishga chiqish yoki vaqtinchalik daromad keltiruvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan ko‘ra, nafaqaga kun kechirishni, qarindoshlarning yordamiga ko‘z tikishni afzal biladi.
Kambag‘allik haqida so‘z yuritganda, u bitta inson uchun tegishli bo‘lgan muammo emasligini anglab yetishimiz lozim. Kambag‘allik jamiyat va iqtisodiyotda bir qator salbiy jarayonlarni yuzaga keltiradi. Kambag‘allik bir qator ob’yektiv va sub’yektiv sabablar tufayli tug‘ilishning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Kambag‘allar yetarlicha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmaganliklari bois, malaka va kasbiy ko‘nikmalari past xodimlar safini to‘ldiradilar. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan kasb egalari, xususan o‘qituvchi va shifokorlar yuqori daromadga ega bo‘lish maqsadida o‘z ish joylarini tashlab boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladilar. Kambag‘allik jinoyatchilikning o‘sishiga olib keladi, chunki tirikchilik qilish uchun insonlar daromad topishning noqonuniy yo‘llaridan ham foydalanishga majbur bo‘ladilar. Kambag‘allik jamiyatda daromadlarning keskin tabaqalanishiga va ijtimoiy ziddiyatlarning chuqur ildiz otishiga sabab bo‘ladi.
Amerikalik iqtisodchi Jeffri Saks o‘zining “Kambag‘allikning intihosi” deb nomlanuvchi kitobida jamiyatning kambag‘allik changalidan qutulishiga imkon beruvchi kapitalning 6 ta turini ajratib ko‘rsatgan: inson kapitali, ishbilarmonlik kapitali, infratuzilma, tabiiy kapital, ijtimoiy o‘rnatilgan kapital va bilimlar kapitali.
Saksning fikricha, davlat eng avvalo o‘zining barcha kuch va imkoniyatlarini inson kapitaliga investitsiyalar (sog‘liq, ta’lim, oziq-ovqat), infratuzilma (yo‘llar, kommunal xizmat ko‘rsatish, ichimlik suvi, atrof-muhit muhofazasi va sanitariya), tabiiy kapital (bio xilma-xillik va ekotizimlarni saqlab qolish), ijtimoiy o‘rnatilgan kapital (samarali davlat boshqaruvi, sudlov tizimi, huquqni muhofaza qilish idoralari) va bilimlar kapitali (jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi turli soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini qo‘llab- quvvatlash)ni kiritish tarzida yo‘naltirishi lozim.
Kambag‘allikni qisqartirish uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini ko‘paytirishimiz, tadbirkorlarga turli imtiyoz va yengilliklar taqdim qilgan holda, ularni keng ko‘lamli xayriya ishlariga jalb qilishimiz mumkin. Ammo bunday tadbirlarni amalga oshirish bilangina jamiyatda kambag‘allik muammosini bartaraf qilishning deyarli imkoni yo‘q. Bunday tadbirlar aholining yashab qolishiga, shunchaki kun kechirishiga zamin yaratsa-da, kambag‘allik changalidan qutulib chiqishga imkon bermaydi.
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, mamlakatimizda kambag‘allikka qarshi kurashishning eng to‘g‘ri yo‘li bu – fuqarolarning iqtisodiy tafakkurini o‘zgartirishdir. Fuqarolarning iqtisodiy tafakkuri va iqtisodiy tarbiyasi o‘zgarmas ekan, kambag‘allik tuzog‘idan chiqishimiz juda mushkul. Zero, Jaloliddin Rumiy aytganlaridek: “Avval aqlli edim – dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘ldim. Endi esa donoman – o‘zimni o‘zim o‘zgartiryapman”.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish