2. Qishloq hududlarida tug‘ilish va istiqomat qilish. Sir emaski, shahar fuqarolar uchun sifatli turmush darajasini ta’min etadi. Qishloq aholisiga nisbatan shaharliklar ta’lim, madaniyat, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, yuqori ish haqiga ega bo‘lish borasida bir qator afzalliklarga ega. Qishloq aholisining past daromadlari taraqqiyotning qator yutuqlaridan foydalanishga imkon bermaydi. O‘zbekistonda YaIMning 75%i, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 85%dan ortiqrog‘i shaharlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz bo‘yicha ko‘rsatilayotgan axborot-kommunikatsiya xizmatlarining 99,1%i, moliyaviy xizmatlarning 98,3%i, ta’lim xizmatlarining 80,8%i va tibbiy xizmatlarning 71,9 %i shaharlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |