Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi



Download 424,5 Kb.
bet32/51
Sana18.02.2022
Hajmi424,5 Kb.
#450567
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
Bog'liq
AFARIZLAR


"Yoshlar bilan suh6at"dan

Ikki satr she’rda berilgan fikrni ming xil qilib aytsa bo‘ladi, lekin bu ming variantning hech qaysisi shu ikki satrday (agar u haqiqiy she’r bo‘lsa) ham sodda, ham qisqa, ham kuchli, ham ta’sirli bo‘lolmaydi. Bundagi vazn bilan qofiya ham "to‘g‘ri so‘z"ni she’r qilish uchun emas, shu fikrni ifoda qilish uchun zaruriy bo‘lib qoladi.

Hech bir ilmiy fikr yo‘qki, bevosita yoki talay vositalar o‘ orqali bo‘lsa ham odamlarning ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘lmasin. Zotan, ilm ehtiyojdan tug‘iladi emasmi?

Ocherk odamni zavqlantirmasa, ocherk bo‘lgani uchun emas, balki yomon yozilgani uchun zavqlantirmaydi. Yemon yozilgan hikoya, povest, roman zavqlantiradimi bo‘lmasa?

Ko‘pincha yosh hikoyanavislar aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini juda ham aniqlab olmaydilar-da, nazarlariga qanday de-tal, qanday tafsilot, qanday so‘z yaxshi ko‘rinsa hikoyaga kiritaveradilar. Natijada hikoya shishib ketadi yoki hech tamom bo‘lmaydi.

She’r — bir mo‘‘jiza. Uning mo‘‘jizalik sirlaridan xabardor bo‘lish, bu sirlarni jilovlash har kimga ham muyassar bo‘lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa yana nimadir kerak.

Bir filosof "Haqiqiy holni ko‘rmasdan quvonib yurgandan ko‘ra, haqiqiy holni ko‘rib azob chekkan yaxshi", debdi.

Qalb bo‘lmagan yerda san’at yo‘q.

Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘lik bo‘ladi. Bundoq asarga hech qanaqa g‘oya, muhim mavzu jon kirgizolmaydi.

Ko‘p so‘z yolg‘onning yuzini pardalash uchun kerak. Haqiqat shunday jononki, pardoz uning husnini buzadi.

O’lik asarlar, xususan — ehtiros-ilhom, ya’ni yurak qoni bilan yozilib yashnab turgan asarlar yolqinida yana ham xunukroq ko‘rinadi.

G’uncha guldan ham go‘zalroq. Chunki uning bag‘rida ikki hayot — o‘z hayoti va yana gul hayoti bor.

Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli zehniga bog‘liq.

Adabiy vahimachilikdan hanuz qutulmagan shubha bandalari tuxumdan tuk qidiradi, maydonga kelgan har bir asarni tirnoqlab, hidlab, iloji bo‘lsa, yozuvchining boshiga chertib ko‘rishni, bulardan albatta nuqson topishni, loaqal asarni shubha ostida qoldiradigan har xil imo-ishoralar qilishni, chala-yarim gaplar aytib, mishmishlarga oziq berishni o‘zining kasbi hisoblaydi.

Yozuvchi o‘z ijodiy ishidan hech qachon qanoat qilmaydi, qanoat hosil qilgan kuni, menimcha, yomon qarigan laqma cholga aylanadi...

Mustamlakachilik faqat mamlakatni g‘orat qilmaydi, undan ham yomonrog‘i — odamlarning, xalqning ruhini g‘orat qiladi, shunday qiladiki, qul hayotini kechirayotgan, insonga nomunosib hayot kechirayotgan odamda shu hayotga qarshi norozilik, isyon ruhi butkul so‘nadi.

Yozuvchining qulog‘i hamisha xalqning ko‘ksida bo‘lishi, uning qalbidagi hayajonni darhol sezishi, ilg‘ab olishi, shundan ilhomlanishi, asarini mana shu ilhom, kuchli ehtiros bilan yozishi kerak. O’shanda yozuvchi xalqning tili uchida turgan gapni aytadi, xalq dilining tarjimoni bo‘ladi.

Asar to‘g‘risida eng to‘g‘ri, xolis yozilgan taqriz kutubxonaning daftarida bo‘ladi.

Bilgan kishi bilib qo‘ya berishi mumkin, lekin his qilgan kishi his qilib qo‘ya bermaydi...

Asarning g‘oyasini qidirishga ehtiyoj bormi? Asar o‘quvchida qanday ta’sir qoldirsa, uni qaysi yo‘lga boshlasa — g‘oyasi o‘sha-da.

Ajoyib it, o‘g‘ri kirganda olkishlasang, yotib dumini yalaydi...

Men adabiyotga qadam qo‘ygandan beri adabiyotga kirib-chiqqan odamlarning soni boru sanog‘i yo‘q.

Ararat to‘g‘risida shuni aytgim keladi: bu tog‘ bir beti bilan quvonib jilmayadi, bir beti bilan qon yig‘laydi...

Qadim zamonda "Tabiat bo‘shliqdan qo‘rqadi" deyishar ekan. Haqiqatan, yaxshi narsa bo‘lmagan joyga yomon narsa suqilib kirib oladi.

Talant uchun eng xavfli shira "ofarin"chilikdir.

Hasti Xizr sahroda bir ko‘rni ko‘rib rahmi kelibdiyu: "Ey bandai xudo, tila tilagingni", depti. Ko‘r xudodan ko‘ziga nur tilash o‘rniga: "Ey hasti Xizr, xudodan tilab bergin, olamdagi hamma odamlarning ko‘zi ko‘r bo‘lsinu mening alamim bosilsin", degan ekan...

Tanqid yomon asar bilan kitobxon orasida dallol, shirinkomaga vijdonini sotadigan yuraksiz dallol bo‘lmasligi kerak.

Abdulla Qodiriy, ba’zi bir odamlar aytmoqchi, "bir-ikkita risola yozgan" anchayin bir yozuvchi emas, balki yangi davr adabiyoti, Yevropa adabiyoti gazi bilan o‘lchanganda ham to‘la-qonli asarlar yozgan, o‘zbek romanchiligini boshlab bergan ulkan adibdir.

Bir ketmon urib, tahsin va ofarin umidida atrofga qaragan odam shu bilan ikkinchi ketmon urishdan ojiz ekanini ko‘rsatadi.

Yozuvchini hech qachon hech kim ko‘tarmaydi. Yaxshi yozuvchini yaxshi asarlari ko‘taradi, yaxshi yozuvchi ko‘tarilib ketganini hatto o‘zi bilmay qoladi.

Tuyg‘usiz, ilhomsiz yozilgan asar changlanmagan gulga o‘xshaydi — meva tugmaydi.

Yozuvchining... vazifasiga adabiyotni har qanday balo-qazodan qo‘riqlash, adabiyotning sergak, jasur posboni bo‘lish ham kiradi.

Xalqning ko‘ksida dimiqib yotgan alomat va juda-juda zarur gapi ko‘p bo‘lishi turgan narsa. Haqiqiy yozuvchining... qulog‘i mana shu xalqning ko‘ksida bo‘lmog‘i kerak.

Mashina paxtakorning mehnatini naqadar yengillatgan, uni mashaqqatdan naqadar qutqargan bo‘lsa ham, hanuz qiz-juvonlarimizning husn-latofati paxtazor jo‘yaklarida qolib borayotipti; studentlarimiz hanuz to‘liq tahsil ko‘rmayotipti; qishloq bolalari hanuz maktabdan chalamulla bo‘lib chiqayotipti.

Talant qanchalik katta, qanchalik qudratli bo‘lmasin, harnechuk yuzada bo‘lmaydi, konga o‘xshash yerning qa’rida bo‘ladi...

Yozuvchining umri yil bilan o‘lchanmaydi, ijodiy faoliyatining samarasi bilan o‘lchanadi.

Chiroqni odam uzoqdan ham ko‘radi, lekin chiroq ushlagan odamni ko‘rish uchun chiroqdan ko‘zni pana qilish kerak...

Muhtaram tanqidchilarimiz Muqimiyning ijodidan bitta shaftoli danak topib olib, "mana, ko‘rdilaringmi, Muqimiy shaftoli ham yegan", deyishadi...

Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, birinchi asari bilan yashnab kiradi...

Adabiyotda umr bo‘yi tutab yurgan yozuvchilar hech qachon o‘z mahallasi doirasidan tashqariga chiqolmaydi, lekin o‘zini klas-sik hisoblaydi. Shuning uchun bularni "mahalla klassiklari" deb atash mumkin.

G’alati-g‘alati "nazariya"lar o‘zi ko‘karib, o‘zi qurib yotipti...

Boshqa ishga yaramay, adabiyotda tanqidchilik qilib kun ko‘rib yurgan tanqidchi qo‘rqoq qorovulday, har sharpadan cho‘chib sha-qildoq chalaveradi.

Bu odam yozuvchilik mehnatini faqat yozishdan iborat deb o‘ylaydi.

Asar ilhom bilan yozilsa, obrazlar o‘z-o‘zidan gavdalanadi, hatto o‘zining qiladigan ishini, aytadigan gapini yozuvchiga aytib, luqma solib turadi...

...Menga ishonib zimmamga xalq yozuvchisi bo‘lish burchini yuklagan xalqimga bosh egib ta’zim qilaman. Xalq yozuvchisi bo‘lishdek burchni bajara olishimga ko‘zim yetadi.




Yolg`on ham ichkilikbozlikning o`zi. Yolg`onchi o`layotganda ham yolg`on gapirib o`ladi.
Chexov









Buyuklar ta'lim va tarbiya haqida








H aq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
Alisher Navoiy
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy
Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
Abdurahmon Jomiy

Hayot yo‘lida birinchi masala — maktab masalasidir.


Fitrat

Sizdan boshlanadi asli tafakkur,


Munis muallimlar, sizga tashakkur!
Abdulla Oripov

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,


Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
A.Firdavsiy

O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,


Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.
Yusuf Xos Hojib

Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,


Qo‘lingdan kelgancha tera olsang, bas.
Abu Abdullo Rudakiy

O‘quv qunt beradi, bilim – sharaf-shon,


Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.

Baxt belgisi ilm va aqldir.


Mahmud Koshg‘ariy

Aql – aqldan quvvat oladi.


Jaloliddin Rumiy

Ilmsiz gap shamoldir.


Maqol

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.


Abu Rayhon Beruniy

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l bu –faoliyatdir.


B.Shou

O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq.


E. Xabbard

O‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir.


D.I.Mendeleev

O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir.


J.Juber

Bilganlarimizning cheki bor, bilmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo‘q.


P.Laplas

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.


I.Gyote

Fikr! Buyuk narsa! Insonning ulug‘vorligi ham fikrdan bo‘lmay nimadan?


A.S.Pushkin

Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir.


Epiktet

Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil — muallim, uning tafakkur dunyosidir.


A.Disterveg

Birovni o‘rgatishing uchun, o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lganidan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.


M.Monten

Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri — o‘quvchiga hurmatda.


R.Emerson

Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.


V.O.Distervig

Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur.


Sh.Monteske

O'qitish ikki baravar o'qish demakdir.


J.Juber

Tarbiyadagi eng katta xato o'ta shoshqaloqlikdir.


J.J.Russo

Qiyin fanlar yo'q, faqat hazm etilishi qiyin bo'lgan izohlargina bor.


A.I.Gersen

Haqiqiy ta'lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.


N.I.Pirogov

Tarbiya ta'limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi.


G.Spenser

Inson tarbiyasining bosh yo'li ishonchdir.


K.D.Ushinskiy

Ilm o'qub amal qilmag'on, kariz qazib tuxum solmag'ong'a o'xshar.


Alisher Navoiy

O'rgatmoq uchun so'kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas.


F.Laroshfuko

Kimki hech narsani qiziqib so'ramasa, hech narsani o'rganmaydi ham.


T.Fuller

Faqat diqqat qilgan odamgina xotirasida saqlay oladi.


S.Jonson

Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o'rganadi va shu yo'l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.


I.Gyote


\



Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.

Download 424,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish