" Yangi yer"dan
("Shohi so‘zana")
— Rahmatli pochchangiz "Soat — uyning so‘fisi" der edi. "Hoy, so‘fini buradingmi; hoy, so‘fi nega jiringlamayapti?" deb turar edi. Soatni burash esdan chiqsa, xudo esdan chiqadi-ya, jon quda!
Aytganim yo‘q, ma’lumot berdim, xolos.
H a m r o b u v i. Omin, shaytonning bo‘yni sinsin!
O m o n. Hola, shayton — xurofot, yo‘q narsa!
H a m r o b u v i. Bor-bor! Senga qolsa xudoni ham yo‘q deysan...
To‘q bola och bolani o‘ylamaydi. Och bola to‘q bola bilan o‘ynamaydi.
Rahbar tomog‘iga zo‘r berdimi, obro‘yidan futur ketgani bo‘ladi.
Mix "meni sug‘urib tashla" deb kallasini omburga tiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |