KALORIMETRIYA Termodinamikaning qo‘llanilish chegaralari qanday ?
Ma’lum haroratlar oralig‘ida reaksiya davomida issiqlik sig‘imining o‘zgarishi noldan kichik. Ushbu oraliqda harorat ortishi bilan reaksiyaning issiqlik effekti qanday o‘zgaradi? Javobingizni formulalar bilan izohlang.
Izolyasiyalangan sistemada vodorodning yonish reaksiyasi natijasida suyuq suv hosil bo‘lsin. Sistemaning ichki energiyasi va entalpiyasi qanday o‘zgaradi?
Agar 2 mol geliyni 1 m3 hajmli yopiq idishda 10С ga qizdirsak, ushbu jarayonning ishi nimaga teng bo‘ladi?
Termodinamikaning 1-qonuniga binoan issiqlik jarayonning funksiyasi. Gess qonuni esa kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti jarayonning yo‘liga bog‘liq emas, deydi. Ushbu qarama-qarshilikni tushuntiring.
Berilgan termodinamik sistemaning entalpiyasi va ichki energiyasi qanday munosabatda ekanligini ko‘rsatuvchi formulani yozing. Kimyoviy reaksiya uchun bu munosabat qanday bo‘ladi?
Individual moddaning ichki energiyasi yoki entalpiyasi haroratdan qanday bog‘langan? Ushbu bog‘lanishlarning matematik ifodasini yozing.
Issiqlik sig‘imining turli haroratlardagi tajribaviy qiymatlari quyidagi empirik darajali qatorlar bilan ifodalanadi (interpolyasion tenglamalar):
Ideal gaz qaysi jarayonlarda maksimal ish bajaradi? Jarayonning issiqligi va ichki energiyasi qanday o‘zgaradi?
Puasson tenglamalarining ma’nosini tushuntiring.
Gess va Kirxgoff qonunlari. Gess qonunidan qanday xulosalar kelib chiqadi ?
Berilgan termodinamik sistemaning Gibbs energiyasi bilan Gelmgols energiyasi orasida qanday munosabat bor? Uning matematik ifodasini yozing.
Qanday hollarda termodinamik funksiyalar termodinamik potensiallarning
xossalariga ega bo‘ladi? O‘zgarmas bosim va haroratda kimyoviy reaksiyaning maksimal foydali ishi nima hisobiga bajariladi?
To‘g‘ri tuzilgan kristallning entropiyasi harorat absolyut nolga yaqinlashganda qanday qiymatga intiladi?
Reaksiya yopiq avtoklavda o‘zgarmas haroratda borayotgan bo‘lsa, reaksiya yo‘nalishining mezoni sifatida qanday termodinamik potensialni tanlash kerak? Jarayonning o‘z-o‘zidan borishining sharti qanday bo‘ladi (ushbu potensial orqali ifodalanganda)?
Erkin energiyaning ma’nosini tushuntiring.
Bog‘langan deb qanday energiyaga aytiladi?
Izobar-izoterm potensialning ma’nosi qanday?
Gibbs-Gelmgols energiyasining ma’nosini tushuntiring.
Termodinamikaning uchinchi qonuni nima haqda?
Plank postulatini tushuntiring.
Termodinamik potensiallar deb nimaga aytiladi?
Termodinamika ikkinchi qonunining statistik tabiatini tushuntiring.
Intensiv va ekstensiv parametrlar qanday parametrlar?
Qaytar va qaytmas jarayonlar uchun termodinamikaning ikkinchi qonunini yozing.
Joul qonunini tushuntiring.
Kimyoviy potensial deganda nimani tushunasiz?
Bug‘ va gaz holatlari orasida qanday farq bor? Kritik harorat nima?
Reaksiya issiqlik effektining ichki energiya yoki entalpiya bilan bog‘liqligi.
Moddalarning standart hosil bo‘lish issiqligi tushunchasini yoriting.
Tezlik konstantasi tushunchasi haqida so‘zlab bering.
Muvozanat konstantasining ma’nosi nima?
Kimyoviy reaksiyaning izobarik tenglamalari qanday?
Kimyoviy reaksiyaning izoxorik tenglamalarini yozing.