4.1.3. SUYUQLIKLAR SIRTIDAGI ADSORBTSIYA
Agar biror suyuqlikka boshqa bir modda qo’shsak, suyuqlikning sirt tarangligi o’zgaradi, chunki potentsial energiyaning minimumga intilish qoidasiga muvofiq, suyuklik o’zining sirt energiyasini kamaytirishga intiladi. Shu sababli, suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiradigan moddalar suyuqlik sirtiga yig’ila boshlaydi. Natijada, suyuqlikka solingan moddaning sirtqi qavatdagi kontsentratsiyasi uning suyuqlik ichidagi kontsentratsiyasidan farq qiladi. Buning natijasida eritma ichidagi osmotik kuchlar ham o’zgaradi, chunki eritma sirtqi qavatda ham, ichki qavatlarda ham o’z kontsentratsiyasini baravar qilishga intiladi. Demak, bu yerda ham dinamik muvozanat qaror topadi: bir tomondan, absorbtsiya jarayoni erkin energiyaning minimumga intilish printsipiga muvofiq erigan moddani suyuqlik sirtiga yig’adi; ikkinchi tomondan, osmotik kuchlar tufayli desorbtsiya jarayoni bo’ladi, eritma kontsentratsiyasi barcha hajm ichida baravarlashishga intiladi. Natijada adsorbtsiyaviy muvozanat vujudga keladi.
Suyuqlik sirtida moddalarning yig’ilish miqdoriga qarab musbat va manfiy adsorbtsiya bo’ladi.
Musbat adsorbtsiyada moddalar suyuqlik sirtida to’planishi bilan birga yutiladi va suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiradi. Musbat adsorbilanadigan moddalar (murakkab efirlar, ketonlar, yuqori molekulali kislotalar, xolesterin, oqsillar va boshqalar) sirt-aktiv moddalar deb yuritiladi.
Manfiy adsorbtsiyada moddalar suyuqlik sirtidan siqib chiqariladi, diffuziya yordamida butun suyuqlik hajmiga tarqalib, suyuqlikning sirt tarangligini oshiradi. Manfiy adsorbtsiyalanadigan moddalar (anorgaiik tuzlar, uglevodlar va boshqalar) sirt-noaktiv moddalar deb yuritiladi
Musbat va manfiy adsorbtsiyani etil spirtning suvdagi adsorbtsiyasi misolida ko’rish mumkin. Etil spirtning sirt tarangligi suvnikiga qaraganda kam.
Moddalarning musbat va manfiy adsorbtsiyasi moddalarning tirik organizmlarning hujayra membranalari orqali o’tishini osonlashtiradi. Moddalarning musbat va manfiy adsorbtsiyasi modda almashinuv jarayonida va o’simliklarda fotosintez jarayonlarida katta rol o’ynaydi.
Masalan, steroid, murakkab efirlar va boshqa gidrofob (qutblanmagan) moddalar tirik organizmning hujayra membranalarida to’planadi, ammo ularni membranalardan o’tishiga adsorbtsiya jarayoni yordam beradi.
Ba‘zi moddalar molekulasida ham gidrofil (qutbli), ham gidrofob (qutblanmagan) guruh atomlarining bo’lishi ularni suvli eritmalaridagi adsorbtsiyalarning xususiyatini o’zgartiradi va bu molekulalar difil molekulalar deb ataladi. Masalan, sirka kislota CH3COOH molekulasida СН3 - guruh gidrofob, -SOON guruh esa gidrofil hisoblanadi. Bu moddaning gidrofil xossasi yuqori bo’lmagani uchun, molekulalar adsorbilanib, suvda yaxshi eriydi. Kislotalarning keyingi vakillarida (C2H5 – COOH, C3H7 – COOH, C4H9 COOH va x.k.) molekulaning gidrofob xossasi ortib borishi hisobiga suvda eruvchanligi kamayadi va sirt tarangligi ancha pasayadi. Moddalarning bu xususiyatiga qarab suvda yaxshi va yomon erishini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |