Elektron pochtaga ruhsatsiz kirish
Internet tizimidagi elektron pochta juda kup ishlatilayotgan axborot almashish kanallaridan biri xisoblanadi. Elektron pochta yordamida axborot almashuvi tarmoqdagi axborot almashuvining 30%ini tashkil etadi. Bunda axborot almashuvi bor-yo’g’i ikkita protokol: SMTP (Simple MaI Transfer Protocol) va ROR-3 (Post Office Rgo1oso1)larni ishlatish yordamida amalga oshiriladi. ROR-3 multimedia texnologiyalarining rivojini aks ettiradi, SMTP esa Appranet proyekti darajasida tapysil etilgan edi. Shuning uchun ham bu protokollarning hammaga ochiqpigi sababli, elektron pochta resurslariga ruhsatsiz kirishga imkoniyatlar yaratilib berilmokda:
—SMTP server — dasturlarining nokorrekt o’rnatilishi tufayli bu serverlardan ruhsatsiz foydala-nilmokda va bu texnologiya «spama» texnologiyasi nomi bilan ma’lum;
— elektron pochta xabarlariga ruhsatsiz egalik kilish uchun oddiygina va samarali usullardan foydalanilmoqsa, ya’ni quyi qatlamlarda vinchesterdagi ma’lumotlarni ukish, pochta resurslariga kirish parolini ukib olish va hokazolar.
Ma’lumotlarga ruhsatsiz kirishning dasturiy va texnik vositalari
Ma’lumki, xisoblash texnikasi vositalari ishi elektromagnit nurlanishi orqali bajariladi, bu esa, uz navbatida, ma’lumotlarni tarqatish uchun zarur bo’lgan signallarning zaxirasidir. Bunday kismlarga kompyuterlarning platalari, elektron ta’minot manbalari, printerlar, plotterlar, aloqa apparatlari va h.k. kiradi. Lekin, statistik ma’lumotlardan asosiy yuqori chastotali elektromagnit nurlanish manbai sifatida displeyning rol uynashi ma’lum buldi. Bu displeylarda elektron nurli trubkalar o’rnatilgan buladi. Displey ekranida tasvir xudsi televizordagidek tashkil etiladi. Bu esa videosignallarga egalik kilish va uz navbatida, axborotlarga egalik kilish imkoniyatini yaratadi. Displey ekranidagi kursatuv nusxasi televizorda hosil bo’ladi.Yuqorida keltirilgan kompyuter kismlaridan boshqa axborotga ruhsatsiz egalik qilish maqsadida tarmoq kabellari hamda serverlardan ham foydalanilmoqda. Kompyuter tizimlari zaxiralariga ruhsatsiz kirish sifatida mazkur tizim ma’lumotlaridan foydalanish, ularni uzgartirish va o’chirib tashlash xarakatlari tushuniladi.
Agar kompyuter tizimlari ruhsatsiz kirishdan himoyalanish mexanizmlariga ega bo’lsa, u holda ruhsatsiz kirish xarakatlari quyidagicha tashkil etiladi:
— himoyalash mexanizmini olib tashlash yoki kuri nishini o’zgartirish;
— tizimga biror-bir foydalanuvchining nomi va paroli bilan kirish.
Agar birinchi holda dasturning o’zgartirilishi yoki tizim so’rovlarining o’zgartirilishi talab etilsa, ikkinchi holda esa mavjud foydalanuvchining parolini klaviatura orqali kiritayotgan paytda kurib olish va undan foydalanish orqali ruhsatsiz kirish amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarga ruhsatsiz egalik qilish uchun zarur bo’lgan dasturlarni tatbiq etish usullari quyidagilardir:
• kompyuter tizimlari zaxiralariga ruhsatsiz egalik kilish;
• kompyuter tarmog’i aloqa kanallaridagi xabar almashuvi jarayoniga ruhsatsiz aralashuv;
• virus kurinishidagi dasturiy kamchiliklar (defektlar)ni kiritish.
Kupincha kompyuter tizimida mavjud zaif kismlarni «teshik»lar, «lyuk»lar deb atashadi. Ba’zan dasturchilarning o’zi dastur tuzish paytida bu «teshik» larni qodsirishadi, masalan:
— natijaviy dasturiy maxsulotni yengil yigish maqsadida;
—dastur tayyor bo’lgandan keyin yashirincha dasturga kirish vositasiga ega bo’lish maqsadida.
Mavjud «teshik»ka zaruriy buyruqlar qo’yiladi va bu buyruqlar kerakli paytda uz ishini bajarib boradi. Virus kurinishidagi dasturlar esa ma’lumotlarni yo’qotish yoki qisman o’zgartirish, ish seanslarini buzish uchun ishlatiladi.Yuqorida keltirilganlardan xulosa kilib, ma’lumotlarga ruhsatsiz egalik kilish uchun dasturiy moslamalar eng kuchli va samarali instrument bo’lib, kompyuter axborot zaxiralariga katta havf tugdirishi va bularga qarshi kurash eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |