Sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish orqali har bir mijozni xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash;
Hozirgi kunda jamiyat respublikaning barcha qishloq hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo`lib, O‘zbekiston Respublikasi Sug‘urta bozoridagi ulushi 14,6% tashkil etadi.2018 yil yakuniga ko‘ra jamiyat aktivlari 232,7 mlrd so‘m, sug‘urta zahiralari 123,7 mlrd so‘m, sug‘urta mukofotlari tushumi 178,0 mlrd so‘m va to‘langan sug‘urta tovonlari hajmi 65,6 mlrd, so‘mni tashkil etadi.Jamiyat doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e’tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e’tibor beradi.
JAMIYAT REYTINGI
“ Kafil sug‘urta” AJ 2012-2013 yilda "SAIPRO" axborot-reyting agentligi tomonidan taqdim etiladigan “Oltin soyabon” sug‘urta sohasidagi jamoatchilik mukofatining “Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi” nominatsiyasiga sazovor deb topilgan. “Ahbor-Reyting” reyting agentligi “Kafil sug‘urta” AJ uchun 2018 yil birinchi yarim yillik natijalari tahlilida milliy shkala bo‘yicha “barqaror” prognozi bilan “uzA++” darajasidagi to‘lovga qobiliyatlilik reytingini tasdiqladi.
“uzA++” reyting darajasi jamiyatning to‘lovga qobiliyatlilik darajasining barqaror yuqori ekanligini ifodalaydi.
“Kafil sug‘urta” AJ reytingi sug‘urta jamiyatining o‘z majburiyatlari va sug‘urta polisi egalarining talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish qobiliyatining yuqori darajasini ko‘rsatadi. "Ahbor-Reyting" reyting agentligi "Kafil sug‘urta" AJning kelgusida yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolishini nazarda tutadi.
Jamiyat O‘zbekiston sug‘urta bozorining eng birinchi va bugungi kunda eng ilg‘or jamiyatlaridan biri sifatida o‘z o‘rni va imidjiga ega. U izchil rivojlanish yo‘lidan borib, mamlakatimizda sug‘urta ishini iqtisodiyotning muhim tarmog‘iga aylantirish, aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish, mijozlarga aynan ular xoxlagan sug‘urta xizmatlarini taklif etish, ilm-fanning eng ilog‘or g‘oyalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish va kadrlarning ishlab chiqarish samaradorligini yanada yaxshilash siyosatlarini amalda qo‘llamoqda.
KOMPANIYANING VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:
Mas’uliyatlillik va haqqoniylik;
Mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlikni maqsad qilish;
Amalga oshiriladigan sug‘urta bitimlarini samaradorligini, ishonchliligini ta’minlash;
Ish yuritish etikasiga rioya qilish;
Mijozlarga kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatish;
Keng qamrovli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish;
Yangi axborot texnologiyalarni amaliyotda keng qo‘llash;
Yangi sotuv yo‘llarini shakllantirish;
Ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining oydinligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |