Qashqadaryo viloyati filiali
F.I.O. Xalikov Adham
Lavozimi: Filial boshqaruvchisi
Telefon: +998904429944
Elektron pochta manzili: info@kafil.uz
"Kafil sug‘urta" AJ 2019 yil 1-chorak yakunlari bo`yicha moliyaviy ko`rsatkichlari
"Kafil sug‘urta" AJ 2019 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalari tuzish jihatidan Respublika sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinlarda bormoqda. Sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonch, kompaniya tomonidan sug‘urta qildiruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi, shuningdek kompaniya shartnoma majburiyatlarini bajarishi, ya’ni ko‘rilgan zarar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida qoplab berishi bilan belgilanadi. Jamiyat tizimida sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqishni takomillashtirish hamda mijozlarga yetkazilgan zararni tez muddatda to‘lab berish samaradorligi doimiy ravishda oshirib borilmoqda. Jamiyatning 2019 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha 44,7 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlandi. 568 ming dan ortiq sug‘urta shartnomalari rasmiylashtirildi. Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha olingan majburiyatlar 14,8 trln. so‘mni tashkil etdi. Umumiy miqdorda 15,3 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘urtalash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilib shartnomalarning 3,4 ming tasini shu yo‘nalishdagi shartnomalar tashkil etdi.Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha 4,2 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlanib, olingan majburiyatlar 123,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, ular yuzasidan 10,8 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘landi. Hisobot davrida aholi sug‘urtasi bo‘yicha 363,0 ming. dan ortiq shartnomalar tuzilib, ulardan 7,8 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlanib, qariyb 1,2 mlrd. so‘m miqdorida tovon pullari to‘lab berildi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 8,8 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlandi hamda yo‘l transport hodisalari natijasida zarar ko‘rgan fuqarolarga 1,2 mlrd. so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish turi bo‘yicha 1-chorak hisoboti uchun 4,1 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlanib, xodimning mehnat vazifasini bajarishda baxtsiz hodisalar natijasida tan jarohati olishi yoki vafot etishi bo‘yicha 1,6 mlrd so‘m sug‘urta tovoni to‘lab berildi.Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 277,9 mln. so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari tushumi ta’minlanib, ulardan 38,6 mln. so‘m sug‘urta mukofoti to‘lab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |