Yalpiz –
Mentha piperita L.
Labguldoshlar oilasiga mansub, efir moyli
kо„p yillik о„simlik. Bu о„simlik gullagan
vaqtida uning tanasida 2,1 % xushbо„y modda,
- metoldan iborat efir moyi bо„ladi. Bosh
miyani ishlashini yaxshilaydi. Yalpiz moyi
porfimeriyada, sovun tayyorlashda, tabobatda,
kanditor sanoatida, aroq va vino ishlab
chiqarishda keng qо„llaniladi.
Qora murich –
Piper nigrum L.
Murichdoshlar
oilasiga
mansub
chirmashib
о„sadigan daraxt о„simlik.
Mevasining tarkibida 1-1,5 % murichga
xushbо„y xid beradigan efirmoyi, 5-9 %
achchiq ta‟m beradigan piperin alkoloidi
bо„ladi. Murich meditsinada ishtaxani ochish
uchun bazi dorilarga qо„shiladi. Vatani Antil
orollari.
5- MASHG„ULOT
Tо„garak azolariga jonli burchakdagi о„simliklarning biologiyasini о„rganish uchun
obyektlar bо„lib berish.
Maqsad:
О„simliklar biologik xususiyatlariga qarab, xonalarda joylashtirishni о„rganish.
Ishning borish tartibi.
1. О„simliklar uchun joy tanlash.
2. Kichik xonalarda о„simliklarni atrof muhit sharoitiga qarab joylashtirish (yorug„lik, issiqlik).
3. Auditoriyalarda va keng xonalarda о„simliklarni atrof muhit sharoitini xisobga olgan holda
joylashtirish.
Har bir xona о„ziga xos xususiyatlarga ega. Unda о„simliklarni joylashtirish har bir
о„simlikshunosning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
О„simliklarni xonalarda joylashtirish uchun xonaning kо„lami, praporsion joylashishi,
yorug„likning tushishi juda katta ahamiyatga ega.
Masalan, xonalarda gullarni joylashtirishni tor, uzun yо„laklarga gullarni о„tkazib chiqish,
xonaga krkamlik beradi. Buning uchun Ficus repens, Spathiphyllum wallisii va Anthurium
andreanum о„simliklaridan foydalanish mumkin.
Uydagi keng mehmonxonalarga bir va birnechta keng bargli о„simliklarni qо„yish mumkin.
Bular xonaga ekzotik tus beradi. Bulardan tashqari xonaning chiroyini oshirish uchun
paporotniklarni ham qо„yish mumkin. Juda kо„p tur о„simliklarni bitta joyga aralashtirib qо„yish
uyning chiroyini buzishi mumkin. Shuning uchun bunday uylarga bir nechta bitta turga kirgan
о„simliklarni qо„ygan maqsadga muvofiq. Gullarni xonalarga joylashtirishda 2 ta asosiy qismga
ahamiyat berish kerak. 1) kitob jurnallarni о„qiladigan joy, 2) divan kreslo bilan devor orasidagi
bо„ joylarga joylashtirish maqsadga muvofiq bо„ladi. Bu о„simliklarga Ficus lyrata,
Philodendron grandiflorum va boshqalar.
Yorug„lik kam tushadigan xonalarga chidamli о„simliklardan Philodendron, Syngonium,
Pothos kabi gullarni qо„yish kerak. Yorug„lik kо„proq tushadigan joylarga kaktuslarni qо„yish
kerak bо„ladi.
Kabinetlarga, dam olish xonalariga bir xil yorug„lik, xarorat va namlik talab qiladigan
о„simliklarni qо„yish kerak. Oftob tushadigan joylarga yorug„likka chidamli bо„ylari past
kо„rkam gullarni tanlash kerak. Turli о„simliklarni bitta joyga qо„yganda barglarining rangiga,
shakliga, о„lchamiga, chiroyiga ahamiyat berib qо„yish kerak. Bargi oddiy gullar bilan bargi
keng, chuqur qirqilgan о„simliklarni qо„yish maqsadga muvofiq bо„ladi (nina bargli va rodeya).
Keng bargli (difenbaxiya va singonium) о„simliklar bilan mayda bargli (shefflera va fikus)
о„simliklarni qо„yish ham yaxshi bо„ladi.
Xonalarning burchaklariga turli о„simliklarni joylashtirish. Masalan, begoniya, kalanxoy,
primala, senpoliya kabi о„simliklarni qо„yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |