1-
bob bo`yicha xulosa.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining birinchi bob bo`yicha quyidagi xulosalar
tayyorlandi:
24
1.
Davlat maqsadli jamg’armalari - davlatning ayrim xarajatlarini
moliyalashtirish uchun mamlakatning byudjet tizimi tarkibiy qismi sifatida
jamg`ariladigan moliyaviy mablag`lar bo'lib, ularning maqsadli safarbar etilishi
ustidan davlat nazoratini ta'minlash maqsadida amaldagi me’yoriy-huquqiy
hujjatlarga muvofiq shakllantirilgan fondlardir.
2.
Byudjetdan tashqari jamg`armalar - bu, ba'zan ijtimoiy ehtiyojlarni moliya
bilan ta'minlash uchun davlat tomonidan jalb qilinadigan va operativ mustaqillik
asosida kompleks ravishda sarflanadigan moliya resurslarini qayta taqsimlash va
foydalanish shaklidir. G`arb mamlakatlarida bundan jamg`armalar soni 30 tadan
80 tagacha yetishi mumkin.
3.
Davlat
maqsadli
jamg`armalari
iqtisodiyotning
ustuvor
sohalarini
qo`shimcha moliyaviy resurslar bilan ta'minlash hamda har xil maxsus fondlar
ko`magida aholiga sotsial xizmatlar ko`lamini kengaytirish kabi vazifalarni
bajaradi. Odatda, maqsadli jamg`armalar ijtimoiy maqsadlarga yo`naltirilgan va
iqtisodiy yo`naltirilgan jamg`armlarga ajratiladi. Ijtimoiy maqsadli jamg`armalar
deganda, aholini hamda unga ijimoiy xizmatlar ko`rsatuvchi ijtimoiy sohani
qo`llab-quvvatlovchi jamg`armalar tushunilsa, iqtisodiy maqsadli jamg`armalarga
esa, iqtisodiyot yetakchi tarmoq va sohalarini qo`shimcha moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash yoki aloihida tarmoqni yanada rivojlantirish uchun tashkil etiladi.
4.
Mamlakatimizda amaldagi byudjet kodeksiga ko`ra 7 ta maqsadli jamg`arma
faoliyat olib bormoqda. Bularga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzurida tashkil etilgan jamg`armalar, jumladan, byudjetdan tashqari Pensiya
jamg'armasi, Respublika yo'l jamg'armasi, Umumta'lim maktablari, kasb-hunar
kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish,
mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg'armasi, Sug'oriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi, Oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnika
bazasini
rivojlantirish
jamg'armasi,
shuningdek,
Davlat
mulkini
xususiylashtirishdan tushgan mablag'lar jamg'armasi hamda O'zbekiston
Respublikasining Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasikabilar kiradi.
25
5.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ularning byudjeti
jamg`arma
doirasida
tuziladi
va
ijro
etiladi,
shuningdek,
davlat
konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiritiladi. Davlat maqsadli jamg`armalari
Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladi.
6.
Davlat maqsadli jamg`armalarining boshqaruv apparati bo`lib ularning
boshqaruv kengashi sanaladi. O`z o`rnida, jamg`armaning hududiy bo`linmalari
faoliyati mahalliy hokimiyat organlari hamda moliya boshqarmalar va bo`limlari
tomonidan muvofiqlashtirib turiladi. Barcha byudjet tizimi byudjetlari qatori,
davlat maqsadli jamg`armalari byudjeti ham Moliya vazirligi G`aznachiligi
tomonidan amalga oshiriladi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |