2-bob bo`yicha xulosa
Bitiruv malakaviy ishi mavzusiningikkinchi bob bo`yicha quyidagi xulosalar tayyorlandi:
Ijtimoiy yo`naltirilgan davlat maqsadli jamg`armalari doimiylik xarakteriga ega bo`lib, mamlakat ijtimoiy iqtisodiy-siyosatini olib borishda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Ularning tashkil etilishi, miqdori va faoliyati yo`nalishi, avvalo, mamlakat aholisi soniga, demografik tarkibiga va ijtimoiy
ta’minlanganlik darajasiga bog`liq. Shuningdek, ular notijorat maqsadda tashkil etiladi. Biroq o`z aktivlarini kengaytirish maqsadida, investitsion loyihalarda hamda fond bozorida o`zlarining bo`sh turgan resurslari orqali professional ravishda ishtirok etishlari mumkin.
Moliya Vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda yetakchi o`rinni egallaydi. Ushbu jamg`arma o`z daromad manbalarining o`zgarmasligi va
xarajatlar manzilligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek jamg`arma o’z moliyaviy salohiyatini yildan yilga yaxshilab bormoqda. Pensiya jamg`armasidan yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi hamda zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa
59
yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa kabi ta’minot turlari ajratiladi.
Iqtisodiy maqsadlarga yo`naltirilgan davlat maqsadli jamg`armalarini tashkil etishdan asosiy maqsad – iqtisodiyotning oqsayotgan yoki doimiy ravishda yangilanib turishi lozim bo`lgan tarmoq va sohalarini qo`llab quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Bunday jamg`armalar odatda vaqtinchalik xarakter kasb etadi. Ularning qo`nimsizligi iqtisodiyotning notekis rivojlanganidan emas, balki, rivojlanish strukturaviy ko`rinishda olib borilayotganidan darak beradi. Ushbu jamg`arma moliyaviy mablag`lari aksariyat hollarda uzoq muddatli strategik dastur asosida safarbar etiladi.
Respublika Yo`l jamg`armasi tashkil etilgan dastlabki yillardan boshlab, mamlakat avtomobil hamda temiryo`l transporti tizimini jahon standartlari talabiga javob beradigan holatga olib kelish maqsadini ustuvor qilib belgiladi. Avtomagistrallar barpo etish, tranzit y`ollar sifatini yaxshilash, yagona temir yo`llar tizimini yaratishga keng ahamiyat qaratildi. Bundan tashqari mamlakat ichki avtomobil yo`llarini aholi ehtiyojidan kelib chiqib bosqichma-bosqich
ta’mirlab borish ishlari olib borilmoqda. Jamg`armaning Vazirlar Mahkamasi huzuriga o`tkazilishi esa, uning faoliyatida yangi bosqich boshlanganidan darak beradi. Endilikda jamg`arma bevosita Ijro hokimiyati nazorati va ko`magida o`z maqsadlarini amalga oshiradi. Jamg`arma daromadlari har yilgi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar moliyalashtirish manbalari qatoridan joy oladi.
Yuqorida ko`rib o`tilgan jamg`armalarning daromad va xarajatlari
miqdori oxirgi yillarda ijobiy o`sish sur’atlarini ko`rsatmoqda. Mazkur jamg`armalar mamlakatimizda eng ahamiyati yuqori bo`lgan sohalarni moliyalashtirishini inobatga oladigan bo`lsak, ularning daromad va xarajatlari o`rtasidagi nisbat jahon moliya ekspertlari tomonidan belgilangan standartlarga to`la javob bera oladi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |