Bank kredit portfeli monitoringi
- bu kredit resurslarini ratsional
joylashtirish va undan samarali foydalanish hamda berilgan kreditlar va ular
bo‘yicha hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida undirib olishni ta’minlashga
yo‘naltirilgan bilimlar, uslublar va chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
B
ank kredit siyosati
– kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklari
boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni
belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kreditlash portfelini samarali
boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir.
Bank krediti
– bu moliya muassasalari(banklar, fondlar, tashkilotva
uyushmalar) tomonidan har qanday xo‘jalik sub’ektlari(tadbirkorlar, korxonalar,
tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida ssuda tarzida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |