Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna


 Bank menejmentining maqsadi va vazifalari



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

3. Bank menejmentining maqsadi va vazifalari. 
 
Bank menejmentining maqsadi bank faoliyatini amalga oshirishni ta’minlash 
bo‘lib, tijorat bankining yuqori foyda olishini va bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni 
ta’minlashi  lozim.  Bank  menejmentining  maqsadi  ikkiga  bo‘linadi:  iqtisodiy  va 
ijtimoiy maqsadga bo‘linadi. 
Banklarning  tijorat  tashkiloti  ekanligidan  kelib  chiqib,  bank  menejmentining 
iqtisodiy  maqsadi  –  bu  yuqori  foyda  olishdir.  Birlamchi  maqsad  foyda  olish 
hisoblanib  bank  ta’sischilari,  ya’ni  bank  egalari  o‘z  mablag‘lari  yo‘naltirishdan 
yuqori foyda olishni ko‘zlaydi. Bank faoliyatining yuqori foyda olishini ta’minlash 
bank xodimlarining maqsadi bo‘lishi lozim. Tijorat banklari kam xarajat hisobiga 
yuqori foyda olishni ko‘zlaydi.  
Ma’lumki,  tijorat  banklari  iqtisodiyotda  bo‘sh  turgan  mablag‘larni 
akkumlyasiya  qiladi.  Bunda  bank  menejmenti  maqsadi  yig‘ilgan  mablag‘larni 
omonatchilarga o‘z vaqtida va to‘lagicha qaytarilishi hamda ishonchli saqlanishini 
ta’minlashga  yo‘naltirilishi  lozim.  Demak,  ushbu  maqsadni  amalga  oshirish 
banklarda  joriy  va  qisqa  muddatli  likvidlilikni,  aktiv  va  passivlarni  muddati  va 
miqdorining muvofiqligini ta’minlashni, kredit portfeli sifatining yuqori bo‘lishi va 
zarur  naqd  pul  zahiralariga  ega  bo‘lishni  talab  etadi.  SHunday  qilib,  bank 
menejmentining  ijtimoiy  maqsadining  ayrim  jihatlari  vujudga  keladi.  CHunki, 
iqtisodiyot  taraqqiyotida  tijorat  banklari  tomonidan  ishlab  chiqarishga,  strategik 
maqsadlarga  va  turli  tarmoqlarga,  rivojlanmagan  hududlarga  kreditlar  ajratilib 
ularning  ehtiyojlari    qondiriladi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  tijorat  banklarining 
kreditlari  milliy  iqtisodiyotning  rivoji  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 
investitsion  xarajatlarni va  xo‘jalik sub’ektlarining  aylanma  mablag‘larga  bo‘lgan 
ehtiyojlarini  moliyalashtirishning  muhim  manbaidir.  Bundan  tashqari,  aholining 
turmush  farovonligini  oshirish,  o‘z  navbatida  ishlab  chiqaruvchilarning    tovarlari 
realizatsiyasini tezlashtiradi.  


SHuningdek, bank xodimlarining mijozlar bilan bo‘ladigan munosabatlari va 
bunda bank sirini ta’minlashi ham ijtimoiy maqsadning yo‘nalishi sifatida qaraladi.  
Bank  menejmentining  vazifalari.  Biz  yuqorida  ko‘rib  o‘tgan,  bankning 
ijtimoiy  va  iqtisodiy  maqsadidan  kelib  chiqib  bank  menejmenti  vazifalari 
belgilanadi. 
Tijorat 
banklarida 
boshqaruv 
mexanizmining 
muvofiqligini 
shakllantirish bo‘yicha menejmentning vazifalariga quyidagilar kiradi: 
*  Minimal  risk  sharoitida  bank  biznesida  yuqori  foyda  olishni  ta’minlash. 
Ushbu  vazifa  orqali  tijorat  banklarining  daromad  va  xajatlari  tarkibi  baholanib, 
daromadlar  rejalashtiriladi.  SHuningdek,  bankning  aktiv  va  passivlar  hajmi  va 
muddati muvofiqligini ta’minlanishi lozim. 
*  Bankning  foydasini  optimallashtirish  orqali  likvidlilikni  ta’minlash. 
Menejmentning  bu  vazifasida  passivlar  tarkibini  tahlil  etish,  barqaror  va  sifatli 
resurslarni  ko‘paytirish,  yuqori  likvid  aktivlar  mavjudligini  ta’minlash  va  tijorat 
banklarining likvidliligini bashorat qilishda yordam beradi.  
*  Bank  faoliyatidagi  risklarni  aniqlash,  ularni  baholash  samarali  boshqarish 
usullarini yaratish. Tijorat banklari faoliyati boshqa sub’ektlar faoliyatiga nisbatan 
yuqori  riskliligi  bilan  ajralib  turadi.  SHunday  ekan,  banklar  faoliyatida  bank 
operatsiyalari bo‘yicha mavjud risklarni aniqlash, ularni baholash tizimlarini ishlab 
chiqishi va ularni boshqarish tizimlarini shakllantirish amalga oshiriladi.  
*  bankning  mahsulotlari  va  xizmatlariga  bo‘lgan  talabni  o‘rganish  hamda 
bankning  strategiyalarini  shakllantirish.  Bunda  tijorat  banklari  tomonidan  taklif 
qilinadigan  xizmatlar  bozoridagi  talabni  baholash  va  xizmatlar  bozordagi  o‘rnini 
mustahkamlashi  lozim.  Bozordagi  talab  va  taklif  asosida  bank  xizmatlarini 
rivojlantirish  bo‘yicha  o‘z  strategiyalarini  ishlab  chiqishda  yordam  beradi. 
Banklararo raqobat sharoitida banklar faoliyatining samaradorligi ta’minlanadi. 
*  Bankni  imkoniyatlarini  va  samaradorligini  oshirishga    ko‘maklashuvchi 
malakali  xodim  va  mutaxassislar  bilan  ta’minlash.  Tijorat  banklarida  xizmatlar 
ko‘rsatish, yangi turdagi xizmatlarni joriy qilish, bank kelajagini baholay oladigan 
xodimlarni jalb qilish orqali boshqaruv amalga oshiriladi.  

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish