Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev 2016 yil 30- dekabr kuni ilm-fan vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvi chog‘ida ta’kidlaganidek:”...bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilayotganini, zotan, jamiyat oldida turgan dolzar masalalarni ilm-fansiz echish qiyin ekanligini ta’kidlab” o‘tdi va “mazkur sohani qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalardir”, deya qayd etdi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev 2016 yil 30- dekabr kuni ilm-fan vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvi chog‘ida ta’kidlaganidek:”...bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilayotganini, zotan, jamiyat oldida turgan dolzar masalalarni ilm-fansiz echish qiyin ekanligini ta’kidlab” o‘tdi va “mazkur sohani qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalardir”, deya qayd etdi.
O‘zbekiston fani va ta’limi integratsiyasini ta’minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon 2012-yilga qadar Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy-o‘quv markazlari tashkil etilishi orqali amalga oshirildi. Jumladan, 2011-yili Fanlar akademiyasining Fizika-texnika institutida «Qayta tiklanadigan energiya manbalari» ilmiy-o‘quv markazi, 2012-yili Immunologiya institutida «Biotibbiyot» ilmiy-ta’lim innovatsion markazi ish boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq 2013- yilning 1-yanvaridan boshlab dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilindi. Lekin bu tizim mavjud xalqaro ilm-fan standartlariga to‘la mos kelmaganligi, respublikadagi mavjud ilmiy salohiyatning tushib ketganligi sababli, 2017-yil fevraldan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqaro standartlariga mos keluvchi, falsafa doktori va fan doktori darajalarini beruvchi ikki bosqichli tizimga o‘tildi.
2016-yildan O‘zbekiston ilm-fanida tom ma’noda tub islohotlar davri boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchayishi belgilandi.
Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiytadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»giqarori asosida 9 ta ilmiytadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ilm-fandagi tub islohotlar.
14.06.23
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida» qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi.
O’zbekistonda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni 2martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gitarixiy farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. 2018-yilga kelib ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.