Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishining
kirish qismi, uchta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.
9
I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARINING NAZARIY JIHATLARI
1.1. Xalqaro moliya munosabatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati
Hozirgi kunda xalqaro moliyaning xalqaro iqtisodiyotni integratsiyalashuvi
(baynalminallashuvi) va globallashuvining asosiy harakatlantiruvchi kuchi
sifatidagi o’rni va roli ortib bormoqda. Xalqaro savdo globallashuv sharoitida
xo’jalik faoliyatining internatsionallashuviga ko’maklashuvchi, xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashuviga va milliy iqtisodiyotning o’zaro bog’liqligini
kuchaytirishiga sabab bo’luvchi sifatidagi omillarini o’zida saqlab qoldi. Jahon
yalpi ichki mahsuloti(YaIM) ning o’rtacha yillik o’sish sur’atiga nisbatan xalqaro
tovar aylanmasining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1982-1991 yillarda 1,5 marta,
1992-2007 yillarda esa 2,3 martaga oshdi. Xalqaro savdo globallashuvning
jadallashuvida xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy oqimlariga nisbatan ahamiyati
otib bormoqda.
Moliya tizimining xususiyati uning nafaqat olingan alohida bir mamlakat
yoki hududda, balki xalqaro miqyosda ham amal qilishidadir, ya’ni u milliy va
millatlararo
ko‘rinishda yoki xalqaro moliya tizimi (qisqartmasi «xalqaro moliya»)
sifatida namoyon bo‘lishidadir.
Xalqaro moliya – bu o‘ylab topilgan kategoriya emas; u ob’ektiv asoslarga
ega bo‘lgan ixtisoslashgan moliya munosabatlarini aks ettiradi. Xalqaro
moliyaning moddiy asosi
bo‘lib mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliyaviy
oqimlar hisoblanadi. Ular quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
a) pul oqimlari – eksport qilingan tovarlar va xizmatlardan kelib tushgan
valyuta hamda import qilingan tovarlar va xizmatlarga to‘lov; bu oqimlar o‘zida
sub’ektlar xo‘jaligi moliyasini aks ettirishi mumkin, ammo ular turli xil
mamlakatlarga tegishli bo‘lganligi sababli ular mamlakatlar o‘rtasidagi pul oqimi
harakatini aks ettiradi;
b) ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lgan kredit vositalari oqimi: bir
tomondan ssuda berish, ikkinchi tomondan uning so‘ndirilishi va foizlarni to‘lash.
10
Shu tarzda mamlakatlar o‘rtasida moliyaviy resurslar harakati vujudga
keladi. Ularning taqsimoti bir tomondan valyuta kurslari, ikkinchi tomondan
bojxona tariflari va qoidalari bilan tartibga solinadi.
Yuqorida aytib o‘tilganlar bilan xalqaro xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy
resurslarning paydo bo‘lishi va ishlatilishining sabablarini to‘liq ochib berish
mumkin emas.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining faoliyati
jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Bu institut va tashkilotlar milliy
ustqurtma
hisoblanib, aniq bir vazifalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umume’tirof
etilgan fondlar (masalan, OONning byudjeti) yoki maqsadli fondlar (aniq bir tadbir
yoki dastur asosida) orqali amalga oshiriladi. Ushbu institut va tashkilotlarning
moliyaviy resurslari ikki yo‘l bilan shakllanadi: alohida mamlakatlarning badallari
evaziga hamda davlatlarga kredit berish, ularni qaytarish va foiz to‘lovlari asosida.
Jahon miqyosida moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini markazlashtirish
jahon xo‘jaligi ehtiyojini qondiradi; bunday resurslar shakllanishining iqtisodiy
asosi bo‘lib savdo, kreditning rivojlanishi, turli tarmoqlardagi xalqaro
dasturlarning realizatsiyasida mamlakatlarning ishtiroki, iqtisodiy integratsiyanig
dunyo miqyosida o‘sishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu moliyaviy resurslarining harakati,
shakllanishi, taqsimlanishi va xalqaro moliya bozori institutlari hamda xalqaro
institutlar va tashkilotlar tomonidan ishlatilishiga asoslangan tarkibi bo‘yicha
murakkab bo‘lgan munosabatlar tizimidir
3
.
Xalqaro moliya munosabatlarining sub’ektlari quyidagilardir: davlatlar,
korxonalar, fuqarolar hamda millat ichidagi subyektlar – xalqaro tashkilotlar va
xalqaro institutlar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik
subyektlari bilan, bir davlatning boshqa davlatlar hukumatlari hamda xalqaro
tashkilotlar bilan, davlat va korxona o‘rtasida hamda xalqaro moliya institutlari
bilan bo‘lishi mumkin.
3
Lavrushin O.I. Dengi, kredit, banki. «Knorus» 2007 g
11
Xalqaro moliya xalqaro moliya resurslari harakati yig’indisini ifodalovchi
tushunchadir. Jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va
kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar
hamda insonlarning harakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga, jahon moliya
bozorlari, xalqaro moliya korporatsiyalarining vujudga kelishiga, davlatlararo
moliyaviy munosabatlar hamda xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa
jabhalarining murakkablashuviga olib keldi
4
.
Xalqaro moliya doimo o‘zgarub turuvchi xalqaro pul tizimining holatini va
rivojini, alohida mamlakatlar to‘lov balansi holati va o‘zgarishlarini, xalqaro
moliya bozorlari, xalqaro moliya korporatsiyalari, xalqaro bank hamda investitsion
faoliyatni o‘zida aks ettiradi. Jahon moliya tizimining asosiy qatnashchilari bo‘lib
banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar hamda xalqaro rasmiy
qarzdorlar hisoblanadi. Jahon moliya operatsiyalari bugungi kunda alohida
davlatlarning moliya tizimiga sezilarli ta’sir etuvchi kuch bo‘lib kelmoqda.
Xalqaro moliya – bu jahon xo‘jaligining valyuta, kredit va moliyaviy
munosabatlarini hamda ularning tashkiliy shakllarini qamrab oluvchi tushunchadir.
Jahon
xo‘jaligining
barcha
moliyaviy
oqimlari,
xalqaro
moliyaviy
operatsiyalarning hammasi, barcha xalqaro hisob-kitoblar xalqaro moliya sohasida
sodir bo‘ladi. Ularnig rivojlanishi o‘z navbatida jahon xo‘jaligining shakllanishi,
xalqaro savdoning o‘sishi va jahon bozoriga aylanishi, xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro kapital harakatining ko‘payishi va
diversifikatsiyalanishi, xo‘jalik aloqalarinig baynalmilallashuviga bog’liqdir.
Iqtisodiy adabiyotlarda «Xalqaro moliya» tushunchasining sinonimi sifatida
«xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari» yoki «valyuta-moliya
munosabatlari» tushunchalari qo‘llaniladi. Xalqaro moliya tashkiliy-huquqiy
shaklda asosan xalqaro valyuta-moliya tizimi deb nomlanadi.
Xalqaro moliyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
• Milliy
iqtisodiyotlarning
bir
butun
xalqaro
tizimga
iqtisodiy
integratsiyalashuvini ta’minlash;
4
Abdullaeva SH.Z. «Pul, kredit va banklar» – 2000y
12
• Xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashni oqilona
harakatini ta’minlash;
• Milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy holatlarga
moslashtirish;
• Davlatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida qo‘llanmalar berish.
Xalqaro moliya tushunchasiga berilgan ta’riflarni tahlil qilar ekanmiz, yuqorida
keltirilgan ta’riflarning barchasini to‘g’ri talqin qilingan deb baholadik. Ayniqsa,
V.V.Glushenkoning «Moliya» kitobida keltirilgan ta’rifi xalqaro moliya
tushunchasini aniq va sodda qilib tushuntirgan.
Xalqaro moliya – bu milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya bozori
operatsiyalaridagi ishtirokida tashqi moliyalashtirish hisobidan kelib tushgan va
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda foydalaniladigan moliyadir.
Jahon
(global)
moliya bozori (jahon kapital bozori) – bu vositachi sifatida ishtirok
etuvchi va moliyaviy resurslarni kreditorlar,qarzdorlar, sotib oluvchilar,sotuvchilar
o‘rtasida qayta taqsimlovchi moliya-kredit tashkilotlari yig’indisidir.
Xalqaro moliya o‘zi nima? Biz bunda 4 ta muhim yo‘nalish bilan
hisoblashishimiz zarur:
1. Xalqaro moliya - xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro
darajadagi korporatsiyalar moliyasi, qimmatli qog’ozlar portfellarini boshqarish va
ular o‘rtasidagi bog’liqlik, umuman olganda jahon miqyosidagi moliyaviy holat
tahlilini ko‘rsatadi.
2. Xalqaro moliya jahon miqyosidagi moliyaviy operatsiyalar harakatini,
ular qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar izohlab beradi, ya’ni yirik industrial
davlatlardami, yangi industrial davlatlardami, rivojlanayotgan yoki o‘tish
iqtisodiyoti davlatlaridami.
3. Xalqaro moliya moliyaviy faoliyatni makro- va mikro- darajada to‘liq
ifodalaydi.
4. Xalqaro moliya xalqaro moliya operatsiyalari uzluksiz jarayondan iborat
ekanligini va doimiy o‘zgaruvchanligini ko‘rsatib turadi.
13
Xalqaro moliya tarkibiga xalqaro oborotga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy
munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan
munosabatlarida qo‘llaniladigan moliya kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga
xizmat qiladi:
Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va
o‘zaro hamkorligiga;
Ikkinchidan, jahon mamlakatlari rezedentlarinig turli xil institutlar (xalqaro
va regional tashkilotlar) bilan yuzaga keladigan munosabatlarga;
Uchinchidan, xalqaro moliya bozorlaridagi turli mamlakatlar rezidentlari
operatsiyalariga xizmat qiladi.
Xalqaro moliya jahon moliyasining bir qisminigina tashkil qiladi. Jahon
moliyasi o‘z tarkibiga xalqaro moliyadan tashqari jahon mamlakatlarining ichki
moliyasini ham kiritadi. Xalqaro moliyaning bazaviy manbai bo‘lib jahon
mamlakatlarida mavjud bo‘lgan xususiy va davlat jamg’armalarining bir qismi
xisoblanadi. Ushbu qism milliy iqtisodiyotdan chegirilib turli xil maqsad va
sharoitlarga asosan chet mamlakatlari iqtisodiyotiga qo‘yiladi yoki xalqaro
tashkilotlarga beriladi yo bo‘lmasa, xalqaro moliya bozorlariga kelib tushadi.
Xalqaro moliya ichki moliya hisobidan, ya’ni rezedentlarga tegishli bo‘lgan
moliyadan qoplanib turiladi. Shu bilan birga xalqaro moliya ushbu rezidantlarning
milliy qonunchilikka asosan boshqa rezedentlar bilan ularning ehtiyojini
qondirishga qaratilgan va milliy valyutada amalga oshiriladigan o‘zaro
munosabatiga xizmat qiladi.
Ichki moliya milliy moliyaning bir qismi bo‘lib, milliy moliya ichki
moliyadan tashqari ushbu mamlakat rezedentlarining tashqi dunyo bilan yuzaga
keladigan iqtisodiy munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu munosabat to‘lov
va hisob-kitob balanslarida aks ettiriladi.
Yillik to‘lov balansi o‘tgan yil mobaynida mamlakatning tashqi iqtisodiy
munosabatlari qay tarzda shakllanganini: tovarlar, xizmatlar eksporti/importi
bo‘yicha
to‘lovlar/kirimlarni,
shu
jumladan
kapital
bo‘yicha
daromadlar/to‘lovlar(foizlar, dividentlar, foydalar)ni; qisqa muddatli va uzoq
14
muddatli kapital kirimi/chiqimini; rasmiy rezervlardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi.
Joriy to‘lov balansining salbiy qoldig’i mamlakat kapitalni sof import qiluvchi
davlat ekanligini, ijobiy qoldig’i esa kapitalni sof eksport qiluvchi davlat ekanligini
anglatadi.
Hisob-kitob balansi mamlakatning xalqaro investitsiyalar bo‘yicha tutgan
o‘rnini ko‘rsatadi: uning boshqa davlatlarga nisbatan talabi (aktivlari) va chet el
kreditorlari va investorlari oldidagi uning majburiyatlari(passivlari)ni ifodalaydi.
Xalqaro moliyalashtirish kredit va kredit bo‘lmagan shakllarga ega. Xalqaro kredit
vositalariga
ma’lum bir muddatga beriladigan, kreditorga o‘z vaqtida to‘liq va foiz
to‘lovi bilan birga qaytarilishi nazarda tutilgan vositalar kiritiladi.
Xalqaro moliyalashtirishning kredit bo‘lmagan shakliga qarz majburiyatlari
kiritiladi. Ushbu tashqi qarzdorlik shakli kelishilgan muddatda to‘liq
so‘ndiriladigan, amortizatsiya va foizlar ko‘rinishida to‘lab boriladigan qarz
majburiyatini ifodalaydi.
Xalqaro kredit rasmiy yoki xususiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Rasmiy qarz va kreditlarni xalqaro va hududiy kredit tashkilotlari hamda chet
davlatlari jamoat boshqaruv organlari, shu jumladan markaziy hukumat va hududiy
boshqaruv organlari berishi mumkin. Xalqaro jamoatlar moliyasida o‘ziga xos
o‘rinni rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotida bo‘lgan davlatlarni rasmiy
moliyalashtirish tizimi egallaydi. U o‘z ichiga davlat sug’urtasi va garovi ostida
eksportni kreditlash va taraqqiyotni moliyalashtirishni oladi. Shu bilan birga
taraqqiyotni rasmiy moliyalashtirish o‘z ichiga qaytmaydigan subsidiyalar
(garantlar), qarzdan voz kechish, imtiyoz asosida beriladigan vositalarni oladi.
Xususiy chet el kreditlari xususiy banklar, boshqa moliya tashkilotlari hamda
nomoliyaviy korporatsiyalar tomonidan shaxsiy yoki qarz mablag’lari hisobidan
beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar
natijasida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni
erkinlashtirish uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, “Tashqi
iqtisodiy faoliyat to‘g’risida”gi, “Chet el investorlari faoliyatining kafolatlari
15
to‘g’risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g’risida”gi qonunlar, O‘zbekiston
respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy aloqalar hamda xalqaro moliya
munosabatlarini tartibga solib turadi, chet el investitsiyalarini jalb qilish va
rag’batlantirish tartibini belgilab beradi. Xususan, tashqi iqtisodiy aloqalarni
amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblari “Tashqi iqtisodiy faoliyat
to‘g’risida”gi qonunda belgilab berilgan
5
. Xalqaro xuquqning umume’tirof etilgan
me’yorlariga muvofiq, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar tashqi iqtisodiy
aloqalar ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulklari himoya
qilinadi.
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari
to‘g’risida”gi qonunda xo‘jalik jamoalari va shirkatlarida, banklar va sug’urta
tashkilotlarida hissadorlik asosida ishtirok etish, ya’ni mulklarni aksiyalar va
boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib olish, shuningdek yerga (jumladan, ijaraga
olingan yerga) tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham
chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi
qayd etilgan
6
. Bu qonunning chet ellik sarmoyadorlar huquqlarini kafolatlovchi
muhim jihatlaridan yana biri shuki, agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi
qonunlari investitsiya sharoitini yomonlashtirib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda chet
ellik investorlarga nisbatan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga investitsiyalar amalga
oshirilib turgan paytda amalda bo‘lgan qonunlar tatbiq etiladi. Shu bilan birga,
qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi kafolatlanadi,
shuningdek ularni majburan sotib olish ham mumkin emas, lekin tabiiy ofatlar,
avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (hayvonlar o‘lati) yuz bergan hollar bundan
mustasno. Bunday hollarda chet ellik investorlarga to‘lanadigan kompensatsiyani
keltirilgan zararga barobar bo‘lishi nazarda tutiladi.
Chet ellik sarmoyadorlarning o‘z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug’urta
qilish huquqi investorlarni o‘z mulklarining ekspropriatsiya qilinishidan, mamlakat
5
O’zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi” №285-XP-qonuni. 14 iyun, 1998.
6
“N.X.Jumaev «O‘zbekistonda valyuta munosabatlarini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish»
Toshkent. «Fan va texnologiya»- 2007.
16
ma’murlarining sug’urta tashkiloti bilan investor o‘rtasidagi shartnomaviy
munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshqa valyuta almashtirishni hamda ularni
mamlakat tashqarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshqa xatarlardan muhofaza
qilishni ta’minlaydi.
1982 yildan 2006 yilgacha jahon tovar eksporti va noomil xizmat (nefaktornix
uslug) hajmi 3,3 marta oshgan bo’lsa, yillik bevosita chet el investitsiyalarning
chetga chiqishi esa 31 marta oshdi. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin joriy to’lov
balansi taqchilligini kompensatsion moliyalashtirish asosida milliy iqtisodiyotning
moliyaga o’zaro qaramligining o’sishi tufayli moliyaviy globallashuv jarayoni
paydo bo’la boshladi
1985 yillardan boshlab moliya bozori tizimi global miqyosda amal qila
boshladi. Turli davlatlarning etakchi moliya markazlarini bog’lovchi jahon moliya
tarmog’i yuzaga keldi. Bu tarmoq Nyu-York va boshqa etakchi moliya
markazlarini, shu jumladan, London, Tokio va Tsyurixni bir-biriga bog’ladi.
London — etakchi Evrovalyuta markazi hisoblanadi. Tokio qimmatbaho
obligatsiyalar bozori Yaponiyada jamg’arma hajmining yuqoriligi va kapital
mikdorining ortiqchaligi tufayli so’nggi yillarda yanada taraqqiy etmokda.
Xorij depozitlarining manfiyligi tufayli Tsyurix ham etakchi chet el
obligatsiyalari bozori hisoblanadi. Boshqa xalkaro moliya markazlari, masalan,
Frankfurt, Amsterdam, Parij, Gonkong, Bagama orollari, Kayman orollari dunyo
kapitali oqimi bilan bog’liq turli vazifalarni bajaradilar. Ushbu markazlar
o’rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi quyidagi uch yo’nalishga ega bulgan
moliyaviy inqilobni yuzaga keltirdi. Bu:
• xalqaro moliya institutlarining global ishtiroki;
• xalqaro moliyaviy integratsiya
• moliyaviy innovatsiyalarning tezkorlik bilan rivojlanishidir.
Dunyo kapitali oqimining o’sishi davlatlar o’rtasida moliyaviy raqobatni
kuchaytiradi. Ushbu an’ana ichki bozor faoliyatiga va xalqaro kapital harakatining
erkinlashishiga davlat aralashuvining qisqarishiga ko’maklashgan holda, alohida
davlat hukumatlariga o’z bosimini o’tkazmokda.
17
Moliyaviy globallashuv taraqqiyoti notekis rivojlanishning kuchayishini va
moliyaviy resurslar taqsimotini qo’llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, joriy to’lov
balansi aktiv va passiv qoldig’ining ko’payishi, ko’plab mamlakatlarda investitsion
qo’yilmalarni amalga oshirish uchun o’z resurslarining etishmasligi, davlat
byudjeti taqchilligini qoplash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o’tqazish, shuningdek,
xususiylashtirish, ichki va tashqi qarzlar bo’yicha majburiyatlarni bajarish, banklar
va tashkilotlarning birlashuvi va singishini amalga oshirish, moliya bozorlarini
erkinlashtirish kabi jarayonlar ham moliyaviy globallashuv taraqqiyotini
rag’batlantirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |