Kafedrasi O'smirlarda namoyon bo'ladigan xavotirlanishning psixologik xususiyatlari mavzusida yozilgan


Havotirlanishni bartaraf etishga tasir etuvchi omillar



Download 73,21 Kb.
bet11/13
Sana03.06.2022
Hajmi73,21 Kb.
#632556
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ўсмирда намоён бўладиган ҳавотирланиш. abrasez

2.2. Havotirlanishni bartaraf etishga tasir etuvchi omillar.
Psixologiya fanining markaziy kategoriyasi hisoblanmish shaxs ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muayyan funksiyalarni bajarish orqali jamiyatning taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.
Barkamol avlod kamoloti g'oyasini turmushga tatbiq etish uchun istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy ma'naviyat, milliy ta'lim va tarbiya muammolarini hal qilishga jiddiy e'tibor berilmoqda. Sir emaski, insonning xulq — atvori o'zgaruvchan va rang-barang bo'lib, uning individual xususiyatlari, o'ziga xos «uslublari»ning mavjudligi hech qachon va hech kimda hech qanday shubha tug'dirmaydi. Biroq bu xulq — atvorning xilma-xilligi uning cheksiz degani emas, zero, insonlarning o'zaro muloqoti, o'zaro munosabati, ularni turli ijtimoiy guruhlarga birikuvi, yashashi uchun iliq psixologik muhitning saqlanishi zaruratdir. O'smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvohi bo'lamiz.
O'smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan biri nemis faylasufi va psixologi E. Shpranger (1924) o'smirlik yoshi qizlarda 14-18 va o'gil bolalarda 13-19 yoshlargacha davom etib, unig birinchi bosqichi 14-17 yoshlarga to'g'ri kelib, bu yoshda bolalikdan qutulish sodir bo'lishini izohladi. U o'zining o'smirlik yoshining madaniy- psixologik konsepsiyasida rivojlanishining uch tipi mavjudligini ajratadi.
Birinchi tip- keskin, krizisli, shiddatli kechadi va o'smir o'zining ikkinchi tug'ilishini his etadi, oqibatda yangi «Men» vujudga keladi.
Ikkinchi tip — o'smirning kattalik hayotida bosiqlik, sokinlik, uzluksizlik sezilib, uning shaxsiyatida chuqur va jiddiy o'zgarishlar ro'y bermaydi.
Uchinchi tip- bu rivojlanish jarayonining shunday bosqichiki, o'smir o'z ichki kechinmalari va krizislarini matonat bilan еngib, o'zini faol anglagan holda, shakllantiradi hamda tarbiyalaydi. Shunday qilib, E. Shpranger mazkur yoshning tashkil etuvchilari o'z individualligini anglash, refleksiyani vujudga kelishi, «Men» ning ochilishi ekanligini isbotlab, o'smirning dunyoqarashlarini, qadriyatlarini, o'zini o'zi anglashini o'rganishning sistematik tadqiqotiga asos soldi.
O'smirlik davrida psixologik muammolarni bartaraf etish hamda tarbiyalash masalalari hozirgi davrning eng dolzarb muammosiga aylangan. Oila, maktab, jamiyatning o'sib kelayotgan avlodga bo'lgan axloqiy-ma'naviy, siyosiy-ijtimoiy, ideologik talablari kun sayin ortib bormoqda.
Bugungi kunda kelajak avlodga ta'sir qilayotgan hamda uning kechinmalarini o'zgartiradigan ichki va tashqi omillarni ko'z oldimizga keltirish juda qiyin.
O'smirlik davrini o'rganuvchi ko'pchilik olimlar agressiya, emotsional qo'zg'alishni, jahl chiqqan holatlarda balog'atga еtmagan bolalarda psixologik muammolar qanday namoyon bo'lishiga ko'proq e'tibor qaratadilar.Chunki, bu yoshda ularda hayot tajribalari еtarli bo'lmaydi, lekin boshqalar tomonidan tan olinishga va mustaqil bo'lishga intiladilar. O'smirlik davri insonni bolalikdan -yoshlikka o'tuvchi va o'z navbatida boshqa davrrlardan o'zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi inson ontogenetik rivojlanishining eng xarakterli davrlaridan biridir. Bu davr psixologik pedagogik adabiyotlarda «o'tish davri», «og'ir davr», «inqiroz davri», kabi iboralar bilan ataladi. Bu davr taxminan bolalarning 5-8 sinflarda o'qish paytlariga to'g'ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo'lgan davr oralig'ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. Shuni hisobga olgan holda aytish mumkinki, o'smirlik davri ayrim bolalarda (aksariyat hollarda qiz bolalarda) 9-10 yoshlardan boshlanib, yana boshqalarida 16-17 yoshlargacha davom etishi mumkin. O'smirlik davrning og'ir, murakkab davr ekanligi ko'plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog'liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o'zgaradi. Bu davrda o'smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik hamda ijtimoiy holatida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir- biriga qarama-qarshi bo'lgan turli xil
holatlar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning o'z-o'ziga va atrofdagilarga nisbatan bo'lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo'nalganligi qaytadan shakllanadi, o'z- o'zini anglashi, o'z-o'zini baholashi, qadriyatlari tizimi o'zgaradi. Uning uchun o'z «men» I va shu «men»ining ahamiyati ortadi. Shu bilan bir qatorda inson xulq-atvorining shakllanishiga irsiy omilning ta'siri borligini faqat nazariy jihatdan taxmin qilish mumkin, ammo empirik tadqiqotlar muhit ta'sirining o'rni ham kattagina qiymatga ega ekanligini ta'kidlamoqda. Jumladan, noto'liq oilaning o'smir tarbiyasidagi roli, ya'ni oila tarkibining tarbiyasi «qiyin» lar shakllanishiga ta'siri muhim sabablardan biri sifatida yuqori ko'rsatgichga ega emas. Aksincha, Junger Tasning fikricha, oilaviy nazoratning taqchilligi delinkvent xulq-atvor shakllanishining asosiy ko'rsatkichi sifatida talqin qilinadi. O'smirlik davrida nazorat ikki xil: bevosita va bilvosita usulda olib boriladi. Nazoratning bevosita usuli «yo'naltirish», «tartibga solish», «tasodifiy sharoit», «jazolash», dan iborat. Bavosita nazorat usuli «identifikatsiya» va «ijobiy muloqot'' dan iborat.
Shunday qilib, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari orasida muayyan bog'liqlik mavjud. Bular o'z ifodasini „issiq“ va „sovuq“ onalar hamda „jismoniy“ va „psixologik usullarni“ samarali qo'llay biluvchilar timsolida topadi. Oqibatda, bizga ijtimoiylashgan oilaning „qo'llab quvvatlovchi“ va „nazorat qiluvchi“ kabi asosiy parametrlari bilan ishlashga to'g'ri keladi. Endi tarkib xususida fikr yuritadigan bo'lsak, masalan, ijtimoiy institut vazifasini o'tovchi oila, maktab va mahalla tarkibidagi har qanday o'zgarishlar, shuningdek, ota-onaning, o'smirning oiladagi va jamiyat mavqeidagi o'zgarishlari jtimoiy imkoniyat va diskriminatsiya holatini ilk his qilishlari bilan bog'liq tarzda ma'lum bir „og'ish“ lar sababchisi bo'lishi mumkin. Shu o'rinda, biz tarbiyasi „qiyin“o'smirlarning ijtimoiy institutlar orqali amalga oshadigan individual yo'lini tavsiya etamiz.
Tinglovchilarda xavotirlanishni keltirib chiqaruvchi sub’ektiv sabablarni va ob’ektiv voqelikni o‘rganishda ularning o‘quv muassasasida o‘zini qanday emotsional his qilishga ahamiyat berish lozim. Bu esa ta’lim va tarbiya sifatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Emotsional noxushlik shakllaridan biri - o‘quv jarayonidagi xavotirlanish bo‘lib, u o‘quvchilarning neytral o‘quv vaziyatlarini uning o‘zini baholashga o‘zi haqidagi tasavvurlarga, qiziqish va qadriyatlariga xavf sifatida boshdan kechirish moyilligida namoyon bo’ladi. Bu esa o‘quvchilarda kuchli nerv psixik zo‘riqish holatiga olib keladi va o‘qishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari xavotirlanish еngil vazifalarni bajarishga yordam beradi va murakkablarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, u yangi yoki ancha murakkab sharoitlar.
Shaxs rivojlanishi ichki va tashqi omillarnig adekvat munosabati – o‘quv tarbiyaviy ish muvaffaqiyatinig zarur shartidir. Bi’zi tinglovchilarda yoshiga nisbatan psixik taraqqiyot darajasining pastligini shunga olib keladiki, o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan bilim, malaka, ko‘nikmalar, zarur darajada o‘zlashtirilmaydi. Bu esa tinglovchilarning o‘zini qanday his qilishga, tengdoshlari o‘qituvchilar, ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarida aks etadi. Ijtimoiy extiyojlarning qondirilmasligi asosidagi xavotirlanish bilan organizm holati natijasida yuzaga keladigan xavotirlanish o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. 
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘quv faoliyati xavotirli soha hisoblanadi.
O‘quv faoliyatidagi xavotirlanishning oshishi shu bilan bog‘liqki, ta’lim tinglovchining nerv-psixik holatiga juda katta talablar qo‘yadi, umuman akademiyada ko‘p miqdordagi stress, baholash vaziyatlaridan tarkibtopgan. O‘qituvchilar va tinglovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv vaziyati xavotirlanishning oshishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘pchilik o‘smirlarda o‘z-o‘zini boshqarish ehtiyoji kuchli, lekin barqarorlik past bo‘lganligi uchun ham ular boshlagan ishlarini hardoim ham oxiriga yetkazavermaydilar. O‘quv muassasida doimiy noxushlikni, his qilish hayajon, qo‘rqinch, emotsional diskomfort normal ta’lim olishga halaqit qiladi va o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikga olib keladi. Bu esa emotsional o‘zini his qilishni yomonlashtiradi,emotsional charchashni keltirib chiqaradi. O‘ziga ishonchning yetishmasligi ko‘pincha talabchanlik darajasining tinglovchi imkoniyatlari bilan mos kelmasligi natijasida yuzaga keladi. Bu holat haddan ziyod yuksak maqsadlarni tanlashdagina emas, balki baholash vaziyatlarining muvaqqiyatligi bilan bog‘liq keskin emotsional kechinmalarda ham namoyon bo‘ladi.
O‘spirinlarda xavotirni boshdan kechirishni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan bari o‘z-o‘ziga baho berishning xususiyatlaridir. O‘z-o‘zni baholash esa o‘quvchi shaxsining o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini nazorat qilish xususiyatlari bilan uzviy bog‘langan. 
O‘z-o‘zini anglash - o‘ziga nisbatan munosabat ustanovkasi bo‘lib uchta tarkibiy qism: kognitiv -o‘z sifatlari obrazi, emotsional-o‘zini hurmat qilish, o‘zini yaxshi ko‘rish yoki o‘zini pastga urish: irodoviy baholash - o‘zini baholashni oshirishga intilish, hurmat avtoritetiga sazovor bo‘lish, kabi komponentlardan iborat. O‘z-o‘zini anglash shaxsning shakllanishi bilan bog‘liq. O‘z-o‘zini anglash inson tomonidan o‘z harakatlari, emotsiya, hulq-atvor motivlari, ehtiyojlari, atrof muhitda egallagan mavqeini anglashga qaratilgan. Tinglovchilarda o‘z-o‘zini baholashning ahamiyati katta. Tinglovchining yoshi kattalashib borgan sari atrofdagilarning fikr mulohazalariga tayanmay, ko‘pro ko‘ziga, o‘zining shaxsiy fikrlariga suyanadi.
O‘zini to‘g‘ri ob’ektiv baholash ota-onalar, o‘qituvchilar tengdoshlari bilan normal o‘zaro munosabatlar o‘rnatish uchun muhimdir. O‘zini adekvat baholash shaxs rivojlanishining perspektiv asini ochib beradi. O‘z shaxs xislatlarini ortiqcha baholash o‘spirinlarga shaxs taraqiyotida oldinga intilish imkonini bermaydi. Tengdoshlari va pedagoglar bilan ijobiy o‘zaro munosabatlar o‘zining o‘quv guruhining bir bo‘lagi deb his qilishni keltirib chiqaradi Bu esa tinglovchilarning jamoadagi mavqei uchun muhimdir. Emotsional ijobiy munosabatlarning kamchiligi agressivlik, odamoviylik, tushkunlik holatlariga olib keladi.
O‘quvchi tomonidan o‘zini past baholash o‘quvchi o‘quv vazifalarini qiyinchilik bilan bajarsa, bir qator o‘quv fanlarini yaxshi o‘zlashtira olmasa paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunday o‘quvchilar xotiralari, taffakurlari yaxshi rivojlanmaganligini his qiladi. Ularda o‘zidan qoniqmaslik, ichki nizo yuzaga keladi.

Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, farzandlarimizni ilm-fan va ta’lim-tarbiya asosida voyaga etkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya jarayoniga alohida e’tibor bilan qarash muhimdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi.
Muhtaram birinchi yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida farzandlarimizning tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib: “Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”, – degan fikrlarini doimo yodda tutishimiz kerak. Eng muhimi, farzandlarimizni sog‘lom, komil inson qilib tarbiyalaylikki, ular o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga, muqaddas dinimiz an’analariga sodiq bo‘lishsin.

Download 73,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish