2.2. Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining liniya traktida qo`llaniladigan asosiy qurilmalar. Retranslyatorlar, ularning turlari: regenerator va optik kuchaytirgichlar
Talab etiladigan signal-shovqin nisbatini, ya’ni shovqindan himoyalanganlikni ta’minlash maqsadida raqamli TOA liniyalarida retranslyatorlar joylashtiriladi. Retranslyatorlar ikki turga bo'linadi:
1) regeneratorlar; 2) optik kuchaytirgichlar.
Dispersiya ta’siri uncha katta bo‘lmagan, «0» ni «1» dan farqlasa bo‘ladigan holatlardagina optik kuchaytirgichlaridan foydalaniladi. Kuchaytirgichlar signal shaklini tiklamaydi, faqat so‘ngan signallarni kuchaytiradi va qabul qilingan signalga qo‘shimcha shovqinlar beradi. Shuning uchun ularning soni berilgan shovqindan himoya- langanlik (xatolik koeffitsiyenti) va dispersiyaning ruxsat etilgan qiymatlarini hisobga olgan holda chegaralanadi.
Raqamli regeneratorlarda signallar nafaqat kuchaytiriladi, balki to‘g‘rilanadi ham. Signallarni kuchaytirish, boshlang‘ich shaklini tiklash, to‘g‘rilash, shovqinlarni bartaraf etish regeneratsiyalash deyiladi. Regeneratsiyalash regenerator qurilmalarida amalga oshiriladi. Regeneratorni uzatuvchi va qabul qiluvchi optik modullar va regeneratsiyalash bloki yig‘indisi sifatida ko‘rish mumkin.
Ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish, shuningdek, regeneratorlar orasidagi masofani uzaytirishga urinish, optik kuchaytirgichlarning rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Optik kuchaytirgichlar nolga teng bo‘lmagan siljigan dispersiyali bir modali NZDSF optik tolalarining afzalliklari tufayli, qimmat regeneratsiyalash tizimlarini qo‘llamaslik imkonini yaratadi va optik tola bo‘ylab uzatiladigan axborot hajmini keskin oshiradi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish usulida optik kuchay- tirgichlarning vazifasi keskin ortadi. Chunki optik kuchaytirgichlar turli optik eltuvchili bir necha optik signallarni bir vaqtda ku- chaytiradi. Hattoki bu hollarda ham, dispersiya tufayli signal- larning buzilishi va shovqinlarga qo‘yiladigan talablar bajaril- maydigan oraliq stansiyalar va oxirgi stansiyalarda regeneratorlarni o‘rnatish shart.
1.-jadvalda regenerator va optik kuchaytirgichlarning qiyosiy taqqoslash xarakteristikalari berilgan.
Optik kuchaytirgichlar kam elementlardan tarkib topganligi uchun ularning tuzilishi oddiy. Lekin narxi ancha qimmat. Ehtiyojning oshishi bilan narxi arzonlashishi mumkin. Optik kuchaytirgichlarning ishonchliligi regeneratorlarga qaraganda yuqori. Bu uning eng muhim afzalligi bo‘lib, optik kabellar suv ostiga yotqizilganda, retranslyatorlarni tashkil etishda e’tiborga olinadi. Optik kuchaytirgichlaming ishi signallarning uzatish tezligiga bog`liq emas, regeneratorlarda esa aksincha. Regeneratorlar bitta signal bilan ishlaydi. Optik kuchaytirgichlar esa kuchaytirish sohasining berilgan orahq chegarasida turli to'lqin uzunhkli (WDM signal) bir necha optik signallarni bir vaqtda kuchaytiradi. .
Optik kuchaytirgichlar regeneratorlardan farqli ravishda optik signaharni elektrik signaharga aylantirmay kuchaytiradi. Kuchaytirgichlar optik signallarning shaklini tiklamaydi, faqatgina kuchaytiradi, buning ustiga signal tarkibiga qo‘shimcha shovqinlar qo‘shadi. Ko‘p kanahi optik tizimlarda har bir punktda har bir optik kanal uchun alohida regenerator talab qhinsa, bir necha optik kanallar uchun bitta optik kuchaytirgich kerak bo'ladi. Oddiyligi va ishon- chliligining yuqoriligi optik kuchaytirgichlarning afzalligidir. Shuningdek, optik kuchaytirgichlaming ishi uzatish tezligiga bog‘liq emas, regeneratorlarda esa aksincha.
Optik regeneratorning tuzilishi, ish prinsipi va optik signallarni regeneratsiyalash jarayonini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |