1-seminar: “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti va vazifasi.
2. Mafkura tushunchasining mazmuni
3. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti: g‘oya insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi. Bunyodkor va vayronkor, dunyoviy va diniy g‘oyalar, ularning mazmuni. Bunyodkor g‘oyalarda gumanistik tendensiyalarning ifodasi. G‘oyada ehtiyojlar va manfaatlar mutanosibligi.
Mafkura tushunchasining mazmuni. Mafkuraning elementlari: mo‘ljal, emotsiyalar, xulq-atvor, ularning individual va jamoaviy xarakteri. Mafkuraning funksiyalari: integratsiyalashtiruvchi, yo‘naltiruvchi, ta’sirchanlik, tarbiyaviy, tashkillashtiruvchi, gnoseologik, praksiologik, prognostik, baholash (qadriyatli), futurologik, himoya qiluvchi.
Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Milliy g‘oyaning umuminsoniy mazmuni. O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oya va mafkuraning roli. Prezident Islom Karimov asarlari-milliy g‘oya va mafkuraning ilmiy-uslubiy asosi. O‘zbekistonda yashayotgan turli millat va etnik birliklarni yagona g‘oya atrofida birlashtirishning tarixiy zaruriyati.
Jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayoniga mafkuraviy ta’sir. Muayyan g‘oyalarning dominantlashuvi va ularning oqibatlari. Mafkuraviy jarayonlarda demokratik tamoyillarning namoyon bo‘lishi. G‘oya, mafkura va milliy g‘oya tushunchalarining ijtimoiy-siyosiy mohiyati, ularning umumiyligi va farqlari.
2- seminar: “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanishi va takomillashish omillari
Reja:
1. Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining asosiy bosqichlari
2. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi.
3. Mustaqillik - milliy g‘oya fanining bosh mavzusi. Ma’naviy jasorat- millat g‘oyasi va ruhining ifodasi sifatida.
Insoniyat tarixida g‘oya va mafkuralar namoyon bo‘lishining asosiy bosqichlari. Tarixiy taraqqiyot jarayonida g‘oya va mafkuralarning o‘zgaruvchan xarakteri. Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida g‘oyalar tarixi va falsafasi, milliy g‘oyaning mazmun-mohiyati, shakllanishi va namoyon bo‘lishi haqida.
Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g‘oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g‘oyalar takomili.
G‘arb mamlakatlarida ilk g‘oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari. Sokrat, Platon, Aristotel, Geraklit, Pifagor va boshqa mutafakkirlarning g‘oyalari va ularning ahamiyati. Afina va Rim imperiyasi g‘oyalar tizimi va mafkurasi.
Sharq va Markaziy Osiyoda g‘oyalarning namoyon bo‘lishi, ularning gumanistik mohiyati. O‘rta Osiyoda islom dini g‘oyalarining yoyilishi. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino merosida g‘oyalar masalasi. Temuriylar davri g‘oyalari, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g‘oyalar to‘g‘risidagi fikrlari.
Mafkuraning XIX asr o‘rtalaridan boshlangan takomil bosqichlari. G‘oya va mafkura muammosiga ob’ektiv, sub’ektiv, evolyusion va inqilobiy, siyosiy yondoshuvlar. XIX asr oxiri va XX asr mafkurasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari. Deideologiya va reideologiya yo‘nalishlari. XX asrning oxiri - XXI asr boshidagi mafkuraviy jarayonlar.
Mustaqillik - milliy g‘oya fanining bosh mavzusi. Ma’naviy jasorat- millat g‘oyasi va ruhining ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |