Fanni o‘qitishdan maqsad va uning vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda milliy g‘oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini tushungan holda ijtimoiy voqelikka mustaqil munosabatini shakllantirish, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasining ijtimoiy-ma’naviy mohiyatini yoshlar ongiga singdirishdan iborat.
Fanning vazifalari:
- yoshlarning ijtimoiy faoliyatida muqobil g‘oya va mafkuralarga
oqilona munosabatni;
- xalq orasida milliy g‘oyani targ‘ib-tashviq qilish malakasini;
- g‘oyaviy mafkuraviy jarayonlarni tahlil qilish, baholash va
ularga mustaqil yondashuvni shakllantirishdan iboratdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
milliy g‘oya va mafkuraning mazmun-mohiyatini bilish va ulardan amaliyotda foydalanish;
milliy g‘oyaning tarixiy negizlarini, falsafiy asoslarini o‘rganish va ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish;
- ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi muqobil g‘oyalarni qiyosiy
tahlil qilish va ularga mustaqil munosabat bildirish;
- g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarga doir nazariy bilimlarni amaliy hayotda qo‘llash;
- yoshlarda ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish ko‘nikmasini
shakllantirishdan iborat.
O‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi;
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani falsafa, tarix, huquqshunoslik, ma’naviyat asoslari, siyosatshunoslik, pedagogika, psixologiya kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita aloqador.
Fanni o`qitishdagi yangi pedagogik texnologiyalar(YAPT) va yangi axborot texnologiyalari (YAAT)
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini o‘qitish jarayonida mantiqiylik, tarixiylik, obektivlik tamoyillariga amal qilingani holda ta’limni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etishning noan’anaviy usullaridan foydalanish, ayniqsa, “Aqliy hujum”, “FSMU”, “Keys-stadis”, “Bumerang”, “Klaster”, “BBB” kabi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan ma’ruza mashg’ulotlari
MAVZULARI.
2015-2016 o’quv yili uchun
№
|
Mavzular
|
MA’RUZA soatlari
|
1-mavzu.
|
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
|
2
|
2-mavzu.
|
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari
|
2
|
3-mavzu.
|
Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi.
|
2
|
4-mavzu.
|
G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari
|
2
|
5-mavzu.
|
Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi
|
2
|
6-mavzu.
|
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari
|
2
|
7-mavzu.
|
Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning “o‘zbek modeli”
|
2
|
8-mavzu.
|
Huquqiy demokratik davlatni shakllantirishda milliy qadriyatlarning o‘rni.
|
2
|
9-mavzu.
|
Fuqarolik jamiyati institut larini shakllantirish va
rivojl antirish
|
2
|
JAMI:
|
18
|
“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan seminar mashg’ulotlari
mavzulari
2015-2016 o’quv yili uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |