Kafedrasi Maxsus sirtqi boʼlim 5110800



Download 3,54 Mb.
bet6/10
Sana14.04.2022
Hajmi3,54 Mb.
#551120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
QADIMGI MISR SAN`ATI

2.2 Misr san’ati turlari
Karnakdagi, miloddan avvalgi 16— 12-asrlar va Luqsordagi ibodatxonasi, miloddan avvalgi 15—13-asrlar). Firʼavn Exnaton hukmronligi davrida eski maʼbudlarga sigʻinish bekor qilingan, yangi maʼ-bud — Atonga sigʻinish joriy qilingan.
Yangi poytaxt — Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes yaratgan firʼavn va uning xotini Nefertiti portretlari Qad. M. sanʼatining nodir namunalari sifatida hozirgigacha yetib kelgan. Miloddan avvalgi 14-asrning 1-yarmida tasviriy sanʼatda quruq dekorativlik koʻproq koʻzga tashlandi (firʼavn Tutanhamon maqbarasidan topilgan oltin niqob va boshqalar).
Miloddan avvalgi 14-asrning 2-yarmidan ibodatxonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va mahobatli boʻlishiga eʼtibor qaratildi (Karnakdagi 134 kolon nali, devor va kolonnalariga rangdor relyeflar ishlangan ibodatxona). Qoya ibodatxonalari ham koʻplab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi).
Qad. M.da amaliy-bezak sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganligiga bizgacha saqlanib qolgan shifer, ganch, billurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yogʻochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoqlar, qimmatbaho toshlar qadab, oʻyma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badiiy mebel va boshqa misol boʻlishi mumkin.
M. Aleksandr tomonidan bosib olingach, mamlakat ellinistik madaniyat, keyinchalik Qad. Rim madaniyati taʼsir doirasiga kirgan (Edfudagi maʼ-bud Gor ibodatxonasi, miloddan avvalgi 3—1-asrlar; Fayyum voqasidan topilgan rangtasvir portretlar, milodiy 1—4-asrlar). M. Vizantiya xukmronligi ostiga oʻtishi bilan (4-asr oxiri), mamlakatda xristian sanʼatining oʻziga xos mahalliy koʻrinishi shakllangan. Mamlakatni arablar fathetgach (7-asr), M. arab madaniyati tarqalgan viloyatlardan biriga aylangan.
Misr davlati izining qadim madaniyati, boy tarihi bilan boshqa rivojlangan davlatlar orasida etakchi irinlardan birini egallaydi. 
Misrni kip asrlik tarihi va madaniyati toshlarda, sarkofaglarda, rassomlarning asarlarida, usta-hunarmandlarning ijodlarida, me’morchilik inshootlarida muhrlanib qolgan. Eramizdan 3000 yil burun rivojlana boshlagan bu madaniyat rimlik istilochilar misrni egallab olgunga qadar, ya’ni eramizning 30 yillarigacha bilgan davrni iz ichiga oladi. Misr madaniyatining shakllanishida Nil daryosi salmoqli irinni egallaydi. Bu ilkan daryo Nubiylar-shozirgi Sudan davlati chegarasidan oqib chiqib, shimolda Irta dengizga borib qishilish uchun 6000 km dan ziyod masofani chil-sashro orqali bosib itadi. 
U iz yilida «Oq Nil» va «Kik Nil» deb ataluvchi qishimcha daryolarga bilinadi.
Oq Nil «Viktoriya» va «Al’bert» degan dengizlar suvidan hosil bilgan killardan suv oladi. Kik Nil esa Abisin tog’idan oqib tushadi. Bu tog’ bir marta Hind okeani tomonidan keladigan yomg’irli bulutlarni tisib qoladi. 

Buning natijasida kuchli yomg’ir yoqib, ya’ni oqimlar vujudga keladi. Bu vaqtda daryo suvi 15 metrdan ziyod kitarilib, 1971 yilgacha, ya’ni Assuan suv ombori qurilgungacha har yili suv toshqini hosil qilgan. Uch oy mobaynida daryo atrofidagi erlar kilga aylangan va nishoyat, orqaga chekingan suv izining hosildor loyqasini Nil atrofidagi erlarga hadya etgan. Haqiqatan, sham bu joylar dunyodagi eng unumdor erlardan biri bilib, undan yiliga uch martagacha hosil olingan. SHuning uchun sham Nil daryosining qirg’oq erlari odamlarni iziga jalb etgan. Kelib chiqishi shozirgacha no’malum bilgan kishilarning Nil daryosi qirg’oqlarida irnashishlari, fikrimizcha, tosh davriga tig’ri keladi. 


Odamlar bu erlarga qizil dengiz tomondan, shamamat vodiysi orqali kelishgan. YOmg’irsiz Misr sahrosida voshadan voshaga kichib yuruvchi kichmanchi-ovchilar sham yagona shayot manbai bilgan, shu erdan makon topganlar. Aytish mumkinki, dastlabki jiddiy ravishda irnashish eramizdan avvalgi 6000 yil bilan 5000 yillar oraliqida bilgan. Bu davrda hali metall ishlatishni bilmagan odamlar shayot uchun mushim bilgan qurol-aslahalarni, asosan, yog’och va toshlardan yasaganlar. Odamlarning kulbalari esa hom g’ishtdan qurilgan. Bu qurilish ashyosi shu erning quruq iqlim sharoitiga mos bilganligi uchun Misr madaniyatining butun davrida asosiy shisoblangan. 
Ma’lumki, qadimgi halq madaniyati haqidagi qimmatli ma’lumotlarni maqbaralardan bilish mumkin. Maqbaralardan topilgan bosh suyaklardan kirinadiki turli qabilalardagi odamlarning shammasi ozg’in va past lekin bitta irqqa mansub bilmagan. Jazirama sahroning qaynoq qumi, inson badani bilan birga uning sochlari va terisini sham saqlagan. 
Misrliklar murdani kiyim-kechaklari bilan birga kimishni rasm qilgan edilar. Har hil joylardan topilgan bir qator maqbaralar ularning oddiy tuzilganligidan dalolat beradi. Bu maqbarani sinchiklab tekshirgan arheologlarning aytishlariga qaraganda, isha davrda Nil sohillarida, Badaryan, Amratan, Tazian va shunga ihshash shar hil qabilalar mavjud bilgan. SHar bir qabila iz erini tish-tirnog’i bilan himoya qilgan. 
Izaro urushlar Nil vodiysi aholisini urug’dosh guruhlarga bilib yuborgan. SHar guruhning iz boshlig’i bilgan. Keyinchalik bu guruhlarning birlashishi natijasida viloyatlar «nom» lar vujudga kelgan. 
Eramizdan avvalgi 3200 yilga kelib, Misrda ikkita podsholik vujudga keldi. 
Janubda, Nuybiylar chegarasidan shozirgi Kohira yaqinidagi del’tagacha bilgan erlar «yuqori Misr» ni tashkil etdi va u Hiera Konpolis shashrini poytaht qilib oldi. Quyi Misr SHimolda, ya’ni pastroqda, uncha katta bilmagan lekin serhosil irda joylashgan bilib, poytahtni Butoda tashkil etdi. 
Bu davrda Janubiy Misr podshosi Narmer izining kuchli qishinlari bilan SHimolni bosib oldi va Misrda ikkita podsholikni birlashtirib, yagona davlatga asos soldi. Poytahtni esa del’ta yaqinidagi strategik jishatdan juda sham qulay bilgan Memfis shashriga kichirdi. Demak, Narmerni arhaika davri birinchi sulolasining dastlabki fir’avni deyish mumkin. 
Tarihchilar qadimgi Misr madaniyati va me’morchilik san’ati tarihi shaqida fikr yuritganlarida davrlarning hilma-hilligini sulolalar orqali kirsatishni maqsadga muvofiq deb bilganlar. Hatto Misr payg’ambari Manetho eramizdan avvalgi 300 yil burun birinchi bilib ana shu usulni qillashni talab etgan. 
Umuman, sulola oralig’idagi vaqt bilib, shu vaqt ichida oilaning podsholik qilgan davri aks ettirildi. Masalan, Frantsiyada Burbonlar, Angliyada Tyudorlar, Irta Osiyoda Temuriylar, Russiyada Romanovlar sulolalari mavjud bilgan. Odatda sulolalar juda kip vaqtni iz ichiga oladi. Buni yahshiroq tushunish uchun qiyida biz boshlanish vaqti eramizdan avvalgi 3200 yil ekanligini unutmagan sholda, qadimgi Misrdagi davrlar va sulolalar sonini ma’lum bir tartibda bayon etamiz
Afrikaning Shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi vohasida bugungi Misr Arab Respublikasi yerlarida juda qadim paytlarda (er.av.VI ming yillik) bir qancha qabilalar yashagan. Eramizdan avvalgi 4000 yillikda shu yerda yer yuzida birinchi sinfiy jamiyat kurtaklari nish urdi, quldorlik davlatlari yuzaga keldi, rivojlandi. Eramizdan avvalgi 4000 yillik oxiri-3000 yillik boshlariga kelib esa ular yagona yirik despotik davlatga aylandi.
Qadimgi Misr san`ati tarixi ana shu davlatlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozidan tortib to Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ning yurishi bilan uning ellinistik dunyoga qo`shilib ketishigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi, o`rganadi, tahlil etadi. Qadimgi Misr uzoq yo`lni bosib o`tdi. Deyarli 4000 yildan ortiq vaqtni o`z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san`at, me`morchilikning nodir durdonalari yuzaga keldiki, ular bugungi kunda ham o`zining ulug`vorligi va yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi. Qadimgi Misr san`ati o`zining butun taraqqiyoti mobaynida din va uning turli marosimlari bilan uzviy bog`liq holda rivoj topdi. Me`morchilik esa san`atlar ichida yetakchi o`rinni egallab, ularning xarakter va uslubiga o`z ta`sirini o`tkazdi. Eramizdan avvalgi XXVII asrlarda Misr tarixida eng gigant piramidalar qurildi. Piramidalar ansambli ichida eng kattasi Xeops piramidasidir. Balandligi 146,6 metr, asosi esa 233 m. Tarixchi Gerodotning ta`rifiga ko`ra, Xeops piramidasi 20 yil mobaynida qurilgan. Piramidaga toshlar olib kelish uchun kerak bo`lgan yo`lni qurish uchun esa 10 yil ketgan.
Fivadash Karnak va Luksor ibodatxonalari gigant me`morchilik majmualaridandir. Karnak (er.av.XVI asr, me`mor Ineni) va Luksor ibodatxonalari (er.av. XV asr, me`mor kichik Aminxotep) me`morlar birinchi bor ochiq hovli atrofini kolonadali yechib, yangi podsholik me`morchiligining o`ziga xos tomonlarini shakllanishiga asos soldilar. Bu majmualarda Qadimgi Misr me`morlik an`analarining muhim tomonlari o`z ifodasini topdi, shu bilan birga, tantanali va hashamatli bo`lib borayotgan marosimlar bilan aloqador bo`lgan me`morchilikning yangi ko`rinishlari namoyon bo`ldi.
Tasviriy san`at. Qadimgi Misr tasviriy san`ati me`morchilik bilan bog`liq holda rivoj topdi. Ijtimoiy hayotning murakkablashib borishi va sinfiy jamiyatning yuzaga kelishi bilan u boshqaruvchi sinfning kuchli ideologik quroliga aylandi.

Dinastiyagacha bo`lgan davrdan bizgacha ko`pgina haykaltaroshlik, rassomlik va amaliy san`at namunalari yetib kelgan. Shular ichida turli diniy-magik marosimlar o`tkazishda bo`yoqlar qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, yupqa, kul rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o`rin egallaydi.


Rassomlikda yangi mavzular ham keng o`rinni egallay boshladi. Rassomlar har bir obraz xatti-harakatini tabiiy va go`zal bo`lishiga e`tibor bera boshladilar. Mayda plastinada janrli kompozitsiyalar yaratish, odamlarni harakatda ko`rsatish hollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng rivojlandi.
Qadimgi Misr realistik san`atining eng gullagan davri yangi podsholikka to`g`ri keldi. Rassom va haykaltaroshlar zadagonlar hayotiga bag`ishlangan serjilo devoriy suratlar, nafis relyef va haykaltaroshlik asarlari yaratdilar. Ular asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan kanonlardan chetga chiqib hayotiy kompozitsiyalar yaratdilar, emotsional tomonlariga e`tibor qaratdilar.
Amaliy dekorativ san`ati borasida ham misrliklar ajoyib namunalar yaratib qoldirdilar. Ganch va toshlardan yasalgan ajoyib ko`zalar, inkrustatsiya uslubida oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan bezak buyumlar, nodir daraxt yog`ochidan yasalib, oltin va fil suyagi bilan bezatilgan mebellar qadimgi podsholik davridayoq yuksaklikka erishdi. O`rta va yangi podsholik davrida esa u yanada nafislanib bordi. “Oqib borayotgan qiz” deb nom olgan pardoz qoshiqchasi shu o`rinda diqqatga sazovordir.
Eramizning 1000 yillaridan boshlab Misr yerlarining parchalanishi san`at taraqqiyotini bir muncha susaytirdi. Misr ijtimoiy hayotidagi jonlanish eramizdan avvalgi VII asrlarda boshlandi. Lekin bu uzoqqa cho`zilmadi. Eramizdan avvalgi VI asrlarda eronliklar, so`ngra er.av. IV asrda Aleksandr Makedonskiy tomonidan Misr yerlarining bosib olinishi uning o`ziga xos san`atida asta-sekin so`nish va Ellin dunyosi san`ati bilan qo`shilib ketishiga sabab bo`ldi.

Misr san`ati umumjahon san`ati taraqqiyoti jarayonida alohida o`ziga xos qaytarilmas o`rinni egallaydi. Qadimgi Misrning yuksak did va aql zakovat, bilim bajarilgan nodir san`at namunalari esa insoniyat badiiy maktabining ajoyib durdonasi hisoblanadi. Bu namunalar o`zidan keyingi jahon san`ati taraqqiyoti uchun taqlid maktabini o`tadi. Gretsiya, Rim xalqlari bu san`atdan bahramand bo`lib, uni har tomonlama o`rgandilar, davrga mos asarlar yaratish imkoniyatiga ega bo`ldilar.


Afrikaning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qad. davlat.
M.da odamlar paleolit davridan boshlab yashaganlar. Miloddan avvalgi 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar boʻlib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4ming yillikda M. xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan.
Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tush gan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralib’chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shim.da Quyi Misr, jan.da Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. M.ning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000— 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2800—2250), Oʻrta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 2050—1700),
Yangi podsholik (miloddan avvalgi 1580—1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070—332).
Ilk podsholik davri sugʻorish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, maʼmuriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan.ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-gʻarbga — liviyaliklarga va Sinay ya.o.dagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan.
Qad. podsholik davrida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek, bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III —IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.
Miloddan avvalgi 23—22-asrlarda M. oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan. taxminan 2050-yil Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva shahri gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shahar M.ning poytaxtiga aylangan.
Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo boʻlgan. Suriya, Krit, jan.da — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi M.ga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi.
Faqat Amenemxet III davrida (19-asrning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun shahri M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada taxminan 1750-yil mamlakat yana parchalanib ketgan. taxminan 1700-yil M.ga shim.-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110 yil egallab turganlar. Avarisda qoʻnim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub firʼavnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxminan 1580-yil giksoslarni M.dan quvib chiqargan. Shundan soʻng tiklangan M. davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qoʻllanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo boʻlgan, metallsozlik, toʻqimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, gʻildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Boʻysundirilgan va qoʻshni mamlakatlardan oʻlpon sifatida va ayirboshlash yoʻli bilan xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, yogʻoch materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushboʻy atirlar, oliy nav daraxt koʻchatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga joʻnatilgan flot haqidagi maʼlumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan soʻng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar firʼavnlarini qoʻshin tuzilishini takomillashtirishni oʻylashga majbur qilgan, qoʻshin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qoʻshin uchun namunaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shim.da Suriya va Falastinni, jan.da — Kushning bir qismini M.ga qoʻshib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar oʻrnatilgan.
Amenxotep III davrida (15-asrning 2-yarmi) M. oʻz qudratining yuksak choʻqqisiga yetgan. Firʼavnlardan katta yerlar, qullar, oltin va boshqa olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan toʻqnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va oʻrta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot oʻtkazgan, xususan, eski maʼbudlarga sigʻinishni bekor qilib, yagona quyosh maʼbudi — Atonga sigʻinishni joriy qilgan. Exnaton oʻz qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hozirgi Al-Amarna) koʻchirgan. Firʼavn bilan kohinlar oʻrtasidagi kurash M.ni za-iflashtirgan; 14-asrning 1-yarmida u shim.dagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan soʻng firʼavnlardan Tutanhamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Miloddan avvalgi 13-asrning 2-yarmi —12-asr boshida, firʼavnlar Merneptax va Ramses IV davrida "dengiz xalqlari" va liviyaliklar bosqini qaytarilgan.
Uzok, davom etgan urushlar M.ning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (miloddan avvalgi taxminan 1070-yil) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini — Xerixor qoʻliga oʻtgan.
Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-asrning 2-yarmi —10-asr boshida M.ning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-asr oʻrtasida Bubastisda xrkimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari M.ni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Miloddan avvalgi 8-asr 2-yarmida M. Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), miloddan avvalgi 671 yil esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi
Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va miloddan avvalgi 525 yil Axomaniylar davlati tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Miloddan avvalgi 331 yil Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chogʻida M.ni bosib olgan. Shundan soʻng M. ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya shahri eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. M.da hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, Gʻarb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uygʻunlashuvi sodir boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-asrning oxiriga kelib ishlab chiqarish pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik roʻy bergan. Miloddan avvalgi 2-asr boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan boʻlgan urushlardan soʻng M. koʻp yerlaridan ajralgan. Mamlakatda oʻzaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M.ning ichki ishlariga aralasha boshlagan. M. zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu M.ni rimliklar Misrliklar maʼbudi Tot—iyerogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi).tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada miloddan avvalgi 30 yildan M. — Rim viloyati. Milodiy 395 yil Rim imperiyasi boʻlingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati. 619 yil Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, M.ni bosib olgan. 639—642 yillarda M.ni arablar zabt etgan. M.ning keyingi tarixi haqida Misr Arab Respublikasi maqolasiga qarang .
Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (miloddan avvalgi 28—26-asr oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (miloddan avvalgi 26—25-asrlar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (miloddan avvalgi 25—23-asr oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (miloddan avvalgi 23—22-asr oʻrtalari). 10sulola (miloddan avvalgi 22—21-asr oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.
Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849— 1801). 13- sulola (1785—1700). 14sulola (1680-yilgacha). 15- va 16- (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680— 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-asr oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanhamon (1400—1392),Xoremxeb (14-asr oʻrtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204— 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (miloddan avvalgi 11—4-asrlar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035—1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763— 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25- (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taharka (689—663), Tanutamon (663— 656). 26- sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. Axomaniylar), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378). 30sulola (378—341). 31- (forelar) sulola (341—322, yana q. Axomaniylar).

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish