Kafedrasi mavzu



Download 3,8 Mb.
bet1/8
Sana24.06.2022
Hajmi3,8 Mb.
#700542
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mamuraka


OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT NIZOMIY NOMIDAGI PEDAGOGIKA INSTITUTI QOSHIDAGI
NAMANGAN XIZMAT KO'RSATISH VA SERVIS TEXNIKUMI
“______””______”KAFEDRASI
MAVZU “ HAKAMLIK QILISHDA BASKETBOL O’YINI RASMIY QOIDALARINING AHAMIYATI”

2-kurs "SPORT FAOLIYAT” kafedrasi 201-guruh talabasi


Buvamirzayev Ma’murjon ning yozgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI


ILmiy rahbar: B.Atabayev
Namangan 2022-yil

Reja:
I Kirish


II Asosiy qism.
II.I Sport o’yinlarida Hakam vazifalari
II.II Hakamlik qilish va Hakam imo-ishoralari
II.III Basketbol o’yini rasmiy qoidalari.
II.IV Sport o’yinlari (Basketbol) qoidalarining ahamiyati.
III Xulosa
IV Foydalanilgan Adabiyotlar

KIRISH Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatga yetuk, malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997), «Sog‘lom avlod davlat dasturi» (1999), «Davlat ta’lim standartlari» (1999), «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari (2000) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari aholi salomatligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim muammolarni hal etishga qaratilgan. Bolalarni jamoatchilik, mehnatsevarlik va jamoat oldida o‘z burchini his qilish ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Bola maktabga qadam qo‘ygan birinchi kunidanoq, unda mehnatga nisbatan muhabbat uyg‘otish, uyushqoqlik, ishchanlik va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish xususiyatini tarbiyalash kerak. Buning uchun tarbiyaning barcha vositalaridan, jumladan, bolalarning sevimli o‘yinlaridan foydalanish ayni muddaodir. O‘quv qo‘llanma jismoniy tarbiya mutaxassislari tayyorlovchi kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqa nizomini tuzish, musobaqa turlarini anglatish, hakamlik qilish va uni kuzatish, tahlil qilish hamda hakamlarning vazifalari haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma jismoniy tarbiya mutaxassislarini tayyorlovchi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.


Basketbol inglizcha so‘z bo‘lib, basket – «savat», bol – «to‘p» degan ma’noni bildiradi. Basketbol o‘yinini 1891- yilning dekabr oyida AQShning Massachuses shtatidagi Springfild mashq maktab (kollej)ining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Jeyms Neysmit kashf etdi hamda bu o‘yinning ilk bor birinchi qoidlarini tuzdi va birinchi uchrashuvni o‘tkazdi. 1892- yilda Neysmit 13 moddadan iborat bo‘lgan «Basketbol o‘yini qoidalari» kitobini chop etdi. Shu qoidalardan ba’zi birlari hozirgi kungacha o‘z kuchini yo‘qotmagan. Basketbol o‘yin tarixida 1932- yilning 18- iyun kuni shonli sana hisoblanadi. Shu kuni Xalqaro Basketbol Federatsiyasi (XBF – FIBA) tashkil topdi. 1935- yilda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) basketbol o‘yinini Olimpiya sport turi deb tan olish to‘g‘risida qaror qildi va 1936- yilda basketbol birinchi marta Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi. 1935- yilda Jenevada erkaklar jamoalari o‘rtasida birinchi Yevropa chempionati o‘tkazildi. 1938- yilda Rimda ayollar o‘rtasida birinchi Yevropa chempionati o‘tkazildi. 1950- yilda Argentinada erkaklar o‘rtasida I jahon chempionati o‘tkazildi. 1953- yilda esa Chilida ayollar o‘rtasida I jahon chempionati o‘tkazildi. 1972- yildagi Olimpiada o‘yinlarida ayollar o‘rtasida basketbol o‘yini dasturga kiritildi. Hozirgi kunda ham bu musobaqalar davom etib kelmoqda. XBF (FIBA)ning oliy organi – Kongress. Uning anjumanlari to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. XBF (FIBA) Nizomiga ko‘ra, federatsiya Kongressida har to‘rt yilda bir marta kerakli o‘zgartishlar kiritiladi. Olimpiya o‘yinlarida XBF (FIBA)ga istalgan mustaqil milliy federatsiya a’zo bo‘lishi mumkin.

O‘ZBEKISTONDA BASKETBOLNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI O‘zbekiston hududida basketbol 1913–1914- yillarda tarqala boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor. Ammo o‘lkamizda basketbol 1920- yillardan keyingina chinakamiga rivojlana boshladi. O‘zbek fizkulturachilarining basketbol o‘yini ORP Vseobuch vakili S. Storshiy, L. Karkoshning nomi bilan bog‘liq. 1920- yilda L. Barxash Farg‘ona shahrida, S. Storshiy Toshkent shahrida bi - rinchi bor basketbolchilar jamoasini tuzadi. U o‘yinchilarni o‘yin qoidalari bilan tanishtirib, ko‘rgazmali o‘yin o‘tkazadi. Toshkentda birinchi o‘yin 1920- yilning sentabr oyida Vseobuch maydonida bo‘lib o‘tadi. Har bir jamoa tarkibida 9 kishidan iborat o‘yinchi bo‘lib, ular 28 × 16 metrli maydonda o‘ynar edilar. Maydon ko‘ndalang chiziqlar bilan uch qismga bo‘linib, basketbolchilar uch himoyachi, uch yarim himoyachi va uch hujumchiga ajratilardi. Ular o‘z chiziqlarida o‘ynab, to‘pni savatga ikki qo‘l bilan pastdan otar edilar. Basketbol seksiyalari keyinchalik Namangan, Samarqand va respublikamizning turli shaharlaridagi korxonalar, fabrika va zavodlar, boshqa tashkilotlarda ham tashkil qilina boshlandi. 1924- yilda Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan Olimpiada dasturiga basketbol birinchi marta kiritildi. Musobaqalar 1922- yilda Moskva qoidalari asosida o‘tkazildi.


O‘yin vaqti 40 daqiqa bo‘lib, har bir jamoa besh kishidan iborat edi (ikki nafar himoyachi, markaziy o‘yinchi va ikkita hujumchi). Faqatgina markaziy hujumchi himoyachiga qaytib kelar va o‘yinda hech qanday kombinatsiya qo‘llanilmasdi. Jarima to‘plarini otish esa jamoaning bir nafar o‘yinchisi zimmasida bo’lardi 1947- yilda mahalliy millat erkaklar jamoalari o‘rtasida uchinchi respublika chempionati o‘tkazildi. Xullas, 1946–1960- yillar respublikada basketbol o‘yinining rivojlanishida muhum bosqich bo‘ldi. 1960- yildan boshlab O‘zbekistonda basketbolining rivojlanishida yangi bosqich boshlandi. Bu davrda ko‘plab yangi musobaqalar tashkil qilindi, sport mashg‘ulotlarini yil bo‘yi muntazam olib borish yaxshi yo‘lga qo‘yildi. 1960–1966- yillarda Toshkentning «Mehnat» jamoasi tuzildi va jamoa bazasida tuzilgan respublika ayollar terma jamoasi yuqori natijalarga erishdi. Jamoa a’zolari 1961- yildan boshlab sobiq Ittifoq chempionatining «A» klassi bo‘yicha musobaqalarda qatnashish huquqiga ega bo‘ldilar. 1965- yil sobiq Ittifoq birinchiligida «Mehnat» ayollar jamoasi 4- o‘rinni egalladi. Bu musobaqalarda jamoaning hay’at a’zosi R. Salimova, T. Volnova, R. Belausova, N. Chernishova, A. Isnova va T. Tomina O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston xotin-qizlari o‘rtasida birinchi bo‘lib basketbol bo‘yicha sobiq Ittifoq sporti ustasi normasini bajardilar. 1972- yildan boshlab O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti «SKIF» jamoasi bo‘lib sobiq Ittifoq birchiligida qatnashib keldi. 1972- yilda basketbol bo‘yicha «Universitet» erkaklar jamoasi tashkil etildi.
HAKAM IMO-ISHORALARI, ATAMALARI, BELGILARI Maydon hakamlari o‘yin qoidasi buzilganda va boshqa o‘yin holatlarida beradigan tegishli qaror va ko‘rsatmalari tez va hammaga bir xilda tushunarli bo‘lishi uchun o‘yinni olib boruvchi hakamning imo-ishora va atamalari qabul qilingan. Atama va imo-ishoralar aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. O‘yinda hakam hushtak chalib beradigan belgilari katta ahamiyatga ega. O‘yin davomida aniq va kuchli hushtak chalib berilgan belgilar to‘g‘ri berilsa, o‘yinchi va tomoshabinlar asabiga tegmaydi. O‘yin qoidasi buzilganligini bildiruvchi belgilar o‘yinchilarga tushunarli 25 tarzda berilishi kerak. Kuchsiz berilgan hakam belgisi o‘yinchilarda ishonarsiz va noaniq qaror qabul qilinganga o‘xshash tasavvur hosil qiladi. O‘yinchilar o‘yin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan hollarda hakamning ogohlantiruvchi tovush belgisi balandroq jaranglashi, o‘yinchiga bunday qoida buzish musobaqaga xos emasligini bildirishi kerak. Hakam o‘yin qoidalari buzilganligi to‘g‘risida chiqargan hukmini atama va imo-ishoralarni aniq va ikkilanmasdan qo‘llashi lozim. Bu atama va imo-ishoralar hukm va ko‘rsatmalar yo‘naltirilgan o‘yinchiga tushunarli qilib ifodalanishi shart. Agar yo‘l qo‘yilgan xatolarga shartli atama va imo-ishoralar bo‘lmasa, hakam o‘yinchiga xatosini qisqa va lo‘nda tarzda og‘zaki tushuntirishi kerak. Hakam qoida buzilganlgini bildiruvchi tovushli belgisini berganidan so‘ng, buzilgan qoidaga xos imo-ishorasini aniq ko‘rsatib, tezda qoida buzilgan joyga borib, to‘pni qaysi tomon O‘yinga kiritishi lozimligini ko‘rstatishi kerak (1-rasm)











Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish