I bob bo‘yicha xulosa
Har qanday davlat va jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va
vazifalarini bajarish uchun kuchli ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash,
mudofaa hamda boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo‘ladi. Buning uchun
rivojlangan budjet tizimini yaratish, mamlakat hududidagi mavjud daromad
manbalari va xarajat yo‘nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy malumotlarga
ega bo‘lish talab etiladi. Davr talabidan kelib chiqib, davlat budjetining o‘rta va
uzoq istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olish uchun ushbu
malumotlarni aniq va o‘z vaqtida taminlab beruvchi mexanizm sifatida
G‘aznachilik organlari oldiga davlat budjeti g‘azna ijrosini tashkil qilish, davlat
budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi va xisobotini yuritish, davlat budjeti ijrosi
haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat
ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish kabi muhim vazifalar
yuklatilgan.
G‘aznachilik davlat moliyasini samarali boshqarish uchun ham, undan
oqilona foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash uchun ham zamin
yaratdi. Birinchidan, g‘aznachilik davlat budjetining ijrosi jarayonida yuzaga
keladigan daromad va harajatlarni o‘z hisobvaraqlarida jamlaydi. Mablag‘larning
Yagona g‘azna hisobvarag‘iga soliq va soliq bo‘lmagan daromadlar ko‘rinishida
kelib tushishi moliyaviy resurslarni operativ boshqarish va davlat budjeti xarajatlarini
20
o‘z vaqtida to‘lash uchun barqaror baza yaratadi.
Ikkinchidan,
dastlabki nazoratni
amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keladi, ya’ni davlat budjetining maqsadli
va to‘g‘ri foydalanilishi keyingi nazorat o‘rnatish orqali amalga oshirilmaydi,
budjet mablag‘lari ko‘zda tutilmagan maqsadlar uchun ajratilmaydi.
Mamlakatimizda Davlat moliyasi tizimini isloh qilish jarayonida amalga
oshirilayotgan xar bir o‘zgarishlar natijasida pirovard maqsad ko‘zlanib ish
yuritilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda davlat budjeti g‘azna ijrosining
joriy etilishi davlat moliyasini boshqarishning mavjud tizimini yanada
takomillashtirishga ko‘maklashdi. G‘aznachilikning faoliyati natijasi o‘laroq,
Moliya Vazirligida davlat moliyasining qisqa muddatli har kunlik holati
to‘g‘risida tezkor ma’lumotlar olish imkoni yuzaga keldi, bu esa budjetning
davlat qo‘lidagi iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishning samarali
vositasi sifatidagi ahamiyatini yanada oshirdi. Budjetning g‘azna ijrosi bilan
qamrab olinayotgan jarayonlarning kengayib borishi bilan g‘aznachilik
faoliyatining qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlash va takomillashtirishga
bo‘lgan ehtiyoj va zaruriyat ortib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |