O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Davlat moliyasini boshqarishni
8
(26.08.2004) Qonunning qabul qilinishi budjet ijrosi g‘aznachilik tizimiga
o‘tilishiga asos soldi. 2005 yil may oyida davlat budjeti ijrosining g‘aznachilik
tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni amalga oshirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Davlat budjetining g‘azna
ijrosini tadbiq etish va uslubiyot boshqarmasi”, keyinchalik (2007 yil 28 fevral
594-son Prezident qarori bilan) uning negizida Moliya vazirligi G‘aznachiligi
tashkil etildi.
2007 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo
taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish”
loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-721-son Qarori
(01.11.2007) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish
loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish
belgilandi.
Umuman olganda, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlarni amalga
oshirish maqsadlariga hukumatimiz tomonidan ajratilgan mablag‘lardan
tashqari, Jahon banki tomonidan – 14,2 mln. dollarlik kredit mablag‘lari,
Yaponiya hukumati tomonidan – 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan – 2,8 mln.
dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan – 0,2 mln. dollarlik grantlar
ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh
qilish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri – budjet tizimining to‘liq
shaffofligini ta’minlash maqsadida budjet mablag‘larini ularning oluvchilariga
etkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, budjet mablag‘laridan
maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, budjetlararo munosabatlar
samaradorligini
oshirgan
holda
hokimiyatlarning
turli
darajalaridagi
budjetlarning hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning daromad va
xarajatlari hisobraqamlarini G‘aznachilikka o‘tkazishdan iborat.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat budjetining g‘azna ijrosi
tizimini O‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy
resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat
9
moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini
beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. G‘aznachilik
tizimi davlat budjetini ijro etishning samarali va amaliy mexanizmi hisoblanib,
unda davlat daromadlari va xarajatlari bo‘yicha barcha operatsiyalar
G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Muhtaram Prezidentimiz bu borada shunday degan edi: “Davlatning
hazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan
boylik qaerda saqlanadi, kim uni himoyalaydi? Albatta, Moliya vazirligi. Shu
ma’noda, agar menga qolsa, Moliya vazirligini Hazina vazirligi deb atagan
bo‘lardim”
Do'stlaringiz bilan baham: