26
3)
Davlat budjetining g‘azna ijrosini jamlanma tahlil qilish va nazorat
qilish boshqarmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
Davlat budjetining g‘azna ijrosini jamlanma tahlil qilish bo‘limi;
-
G‘aznachilik operatsiyalarini nazorat qilish bo‘limi;
-
Buxgalteriya hisobi va hisobotlari bo‘limi.
PQ-594-son
Qaror
bilan
shuningdek,
G‘aznachilik
hududiy
bo‘linmalarining tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan (3.5-rasmga qarang)
Moliya
vazirligi
G‘aznachiligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq,
G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari quyidagi ishlarni bajaradi:
budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan
boshqa to‘lovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari
tomonidan naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadigan boshqa to‘lovlarni to‘lash
uchun g‘aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag‘lar o‘tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga sudning
qarori bo‘yicha yagona g‘aznachilik hisobraqamidan yoki g‘aznachilikning
boshqa hisobraqamlaridan mablag‘lar o‘tkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor
shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida
fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga etkazilgan zararni qoplash uchun mablag‘lar
o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida
g‘aznachilik hisobraqamlarida mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi axborotni
elektron shaklda taqdim etadi;
budjetdan mablag‘ oluvchilarga ular uchun g‘aznachilikda yoki uning
hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko‘chirmalar,
ularning
xarajatlarini
qoplashga
budjet
mablag‘lari
o‘tkazilganligini
tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;
manbalar bo‘yicha tegishli budjetlar daromadlari tushumi hisobini
yuritadi;
27
moliya organlarining topshirig‘i bo‘yicha yuqori budjetlarda nazarda
tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar, budjet ssudalari summasini va boshqa
to‘lovlarni quyi budjetlarning shaxsiy g‘aznachilik hisobraqamlariga o‘tkazadi;
budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar
smetasida ko‘rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi
ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
budjetdan
mablag‘
oluvchilar
nomidan
ro‘yxatga
olingan
shartnomalarda yoki boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida
tovarlarni
etkazib
beruvchilar
(ishlarni
bajaruvchilar,
xizmatlar
ko‘rsatuvchilar)ning bevosita bank hisobraqamlariga to‘lovlarni amalga
oshiradi;
budjet tashkilotlarini, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini
moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘laridan foydalanishni
maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga
muvofiqligi va narx-navo echimini hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik
xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi;
schyot-fakturalar va tovarlar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi,
xizmatlar ko‘rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar asosida budjet
mablag‘i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi va boshqa
ishlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: