O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini
amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 144-son (26.04.2002) Qarori, 3-band.
13
2.
2007 yilda respublikaning barcha hududlarida davlat budjetining
g‘azna ijrosi elementlari joriy etildi, davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy
tasnifiga ko‘ra barcha guruhlari bo‘yicha ijrosi g‘aznachilik bilan qamrab olindi.
3.
2007 yilda Davlat budjetining g‘azna ijrosini tadbiq etish hisobiga
budjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda-
langan holda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni
kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish
samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi Davlat budjetining g‘azna
ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya
organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.
4.
2009 yilda davlat budjeti bilan birgalikda, davlat maqsadli
jamg‘armalarning ham ijrosi g‘aznachilik tizimiga o‘tdi. Bu maqsadda davlat
maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari harakatini ta’minlovchi tegishli banklardagi
ularning hisobraqamlari yopilib, G‘aznachilikda ular uchun shaxsiy
hisobraqamlar ochildi va ularning daromadlari tushumi va harajatlari to‘lovi shu
hisobraqamlardan amalga oshirila boshlandi.
5.
2010 yildan boshlab tajriba tariqasida davlat budjetining bojxona
orqali tushuvchi daromadlari ijrosi g‘aznachilik orqali amalga
oshirila boshladi;
6.
2011 yildan boshlab yangi budjet tasnifiga asoslangan, davlat
budjeti g‘azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G‘aznachilik dasturiy
majmui ishga tushirildi.
7.
2011 yilning 7 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub’ektlarini
jalb qilishni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-1475-sonli qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan vazifalarning
bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat xaridlari
bo‘yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi deb belgilandi. G‘aznachilik
14
tashkiliy tuzilmasi tarkibida esa “Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni
monitoringi axborot-tahlil bo‘limi” tarkib topdi.
8.
2012 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi “Davlat
budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat
budjetining daromadlari va xarajatlari G‘aznachilikning Yagona g‘azna
hisobvarag‘idan amalga oshirila boshlandi. Yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlar banklar
tomonidan qabul qilinadigan va belgilangan tartibda 23402-, 23403-, 23407-,
23409-, 20207-, 20205- va 23411-sonli balans hisobvaraqlarda ochilgan shaxsiy
hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan tegishli budjetlar
va Davlat maqsadli jamg‘armalari hisobiga belgilangan miqdorlarda ajratmalar
amalga oshiriladigan tartib joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: