Tasdiq xati- ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so‘rovlarga
javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turi.
Farmoyish xati- bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga
yo‘llangan rasmiy hujjatdir. Ularning asosiy vazifasi ayni bir mazmundagi xabarni
bir necha manzilga yetkazishdir.
Eslatma xati – jo‘natilgan iltimos va so‘rov xatlariga javob olinmasa,
shuningdek, tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan
hollarda eslatma xati yuboriladi.
Mazkur xatlar mazmun jihatidan uncha katta bo`lmaydi. Ular mazmun va hajm
jihatdan telegrammalarga yaqin turadi. Odatda, eslatma xat bir yoki bir necha
jumladan iborat bo`lib, kotib yoki referent tomonidan tasdiqlanadi.