6-topshiriq. Quyidagi hadislarni tahlil qiling va eslab qoling.
1. Nonni e’zozlang. 2. Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ng
otangga yaxshilik qil. 3. Barcha balo tildandir. 4. Bir-birlaringiz bilan salomlashib
yuringlar. 5. Shunda o‘rtalaringda mehru muhabbat uyg‘onur. 6. Ayollarga erkaklar
o‘z tug‘ishgan opa-singillari kabi munosabatda bo‘lishlari kerak. 7. Uyiga mehmon
qo‘nmaydiganlar yomon odamlardir. 8. Chaqirilgan joygagina boring. 9. Garchi
Xitoyda bo‘lsa ham ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir
mo‘minga farzdir. 10. Aroqdan saqlaninglar, chunki u barcha yomonliklarning
kalitidir. 11. Pora beruvchi ham, uni oluvchi ham do‘zaxga mahkumdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |