Kafedrasi husanov nishonboy abdusattorovich dilmurodova nilufar asatullayevna



Download 4,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/398
Sana31.12.2021
Hajmi4,06 Mb.
#215865
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   398
Bog'liq
Ozbek tili oum

Mustaqil ta’lim 
Nutq  etiketiga  rioya  qilgan  holda  “So‘zlashish  odobi”  mavzusida  nutq 
tayyorlang. 
 
 
O'zbek 
adabiy tili 
me’yorlari 


181 
 
34-MAVZU. SAN’AT VA MA’NAVIYAT
 
Kamoliddin Behzod  
Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri.  
U  1455-yilda  Hirotda  kambag‘al  hunarmand  oilasida  tug‘ilib,  ota-onasidan 
juda  erta  yetim  qoldi.  Behzodning  musavvirlikdagi  iste’dodini  payqagan  Amir 
Ruhillo (Mirak Haqqosh) uni o‘z tarbiyasiga oladi. Behzod musavvirlikni Pir Said 
Ahmad Tabriziydan o‘rgandi. Musavvirlardan Shoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono 
Hakim  Muhammad  kabi  Behzod  ham  Alisher  Navoiyning  rahnamoligidan 
bahramand bo‘lgan. Ijodi 1470-yillarda boshlangan. 
Alisher Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan so‘ng Hirotni Shayboniyxon, 
1512-yilda  esa  Eron  shohi  Ismoil  I  bosib  oldi.  Ko‘p  san’atkorlar  Hirotdan  chiqib 
ketdi.  1520-yillarning  boshida  shoh  Ismoil  I  Behzodni  Tabrizga  chaqirtirib,  katta 
imtiyoz berdi. Shoh Ismoil I dan keyin uning o‘g‘li Tahmos taxtga chiqdi. Behzod 
Tahmosga  musavvirlikni o‘rgatadi.  Lekin  shoh  Behzodning san’atini qadrlamaydi. 
Rassom ona yurti Hirotga qaytadi.  
Shayx Sa’diyning “Bo‘ston”iga ishlagan miniaturalari (1478) musavvirning ilk 
asarlaridir.  1488-yilda  Sulton  Husayn  buyurmasi  bilan  u  4  ta  miniatura  ishlagan. 
Behzod  asarida  hayot  manzaralarini  jo‘shqin  tasvirlaydi.  Turli  ranglar  bir-biriga 
mos,  asarlaridagi  shaxslar  harakatchan,  tabiatan  jonli.  Ilk  asarlaridayoq  Behzod 
mohir manzarachi rassom sifatida ko‘zga tashlandi. 
Nizomiy  Ganjaviyning  “Xamsa”,  “Layli  va  Majnun”,  Xisrav  Dehlaviyning 
“Majnun va Layli” asariga ishlagan miniaturalari butun dunyoga mashhur. 
Behzod  miniatura  san’ati  tarixida  maxsus  -  “Behzod  maktabi”ni  yaratdi. 
Darvesh  Muhammad,  Maqsud  Muzahhib  kabi  rassomlar  uning  maktabida  ta’lim 
olganlar.  Behzod  ustoz  san’atkor  sifatida  Markaziy  Osiyo,  Eron,  Ozarbayjon  va 
boshqa  o‘lkalar  tasviriy  san’atining  taraqqiyotiga  samarali  ta’sir  etdi.  Miniatura 
san’atini  yangi  bosqichga  ko‘tardi,  uning  tarixida  yangi  davr  yaratdi.  Behzod 
miniaturalari uning tirikligidayoq bu san’atning oliy yutug‘i deb tan olingan. 
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod 1535-yilda Hirotda vafot etgan.  

Download 4,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish