Mustaqil ta’lim
«Mirzo Ulug’bek – olim va davlat arbobi» mavzusida klaster tuzish.
138
25-MAVZU. USTOZ MAKTABI
Yurtimizda erkin va farovon hayot qurish, farzandlarimizning bizdan ko'ra bilimli,
kuchli, dono va, albatta, baxtli bo'lishini ko'rish barcha ota-onalar qatori men
uchun ham butun faoliyatim, kerak bo'lsa, butun hayotimning ma'no-mazmuniga
aylangan buyuk orzu, buyuk maqsaddir.
Islom KARIMOV
Ustoz maktabi
Ustoz! Shu birgina so`z zamirida olam-olam
ma'no va hurmat mujassam. O`qituvchi-sofdil,
kamtarin, ma'naviy boy, axloqan pok insondir.
Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo
hurmatlarini ado etib, ardoqlasak arziydi.Chunki
ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini,bilim
va
zehnlarini,
qalb
qo`riyu
sehrlarini
shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir.
Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu yomonni
tanitib, qo`llarimizga ilk bor qalam tutqazib,
"Ota", "Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so`zlarni yozishga
o`rgatgan buyuk zotlardir. Muallim shunday ulug` zotki, uning oldiga kelmagan
odam to`laqonlibo`la olmaydi. O`tgan yigirma olti yillik shonli istiqlol yillarida
yurtimizda olamshumul o`zgarishlar ro`y berdi. Ayniqsa, jamiyatimizning muhim
bo`g`ini bo`lgan ta’lim tizimida olib borilgan tub islohotlar aziz-u mukarram
ustozlarning mehnatiga bo`lgan ulkan e’tiborning yanada oshganida, bu borada
erishilayotgan mislsiz muvaffaqiyatlarda yaqqol ko`rinmoqda. Istiqlol bergan
imkoniyatlardan unumli foydalanib, bor ilm-u iqtidori va qalb mehrini yosh avlod
ta’lim-tarbiyasiga baxshida etib kelayotgan ustoz-murabbiylar juda ko`p. Ustoz!
Ustoz deganda biz avvalo, o`tmish va kelajakni ko`z oldimizga keltiramiz. Ustoz
bir yosh qalbni olam-olam ziyoga yo`llaydigan zot. Bizning qalbimiz go`yoki gard
yuqmagan oq qog`ozga o`xshaydi. Bu qog`ozning yuziga dog` tushurmay, unga
faqat va faqat ezgulik, mehr-muhabbat kabi satrlarni yozish faqat shu aziz va
buyuk insonlarning qo`lidan keladi. Dunyodagi eng ulug`, eng buyuk va eng
mashaqqatli kasb muallimlik kasbidir. Bu kasb egalari esa dunyodagi eng ulug`,
eng buyuk insonlardir. Ular kelajak avlodni mashaqqat ila tarbiyalaydilar, ta’lim
beradilar. Yosh avlodni ta’lim-tarbiyasi eng nozik masala. Bu kasbning mashaqqati
ham, mas’uliyati ham shunda. Hayotning o`nqir-cho`nqir , egri-bugri yo`llaridan
ezgulik tomon yo`llaydigan bu-muallimdir. Muallimning ta’lim-tarbiyasi, nasihat-u
139
saboqlari ila har qanday qiyinchilikdan osongina o`tib olish mumkin. Muallim
saboqlari hayotimizda qiyinchiliklarga chidash va ularni yengishga, sabr-toqatli,
metin irodali, pok vijdonli va boshqa ulug` fazilatlarga ega bo`lishga yordam
beradi. Aziz-u mukarram ustoz va murabbiylarimizning bizdan umidi katta. Biz bu
e’tiborni, ishonchni suiste’mol qilmasligimiz, ularni doimo qadrlashimiz lozim.
Ularning ishonchin oqlash - eng oliy burchimizdir. Ustoz-muallimlarga mehr-
muhabbat hislari bilan yo'g'rilgan bu so'zlar har bir vatandoshimiz ko'nglidagi ezgu
muddaosini ifodalaydi. Respublikamizda ta’lim yetti tilda amalga oshiriladi. Qaysi
tilda: o'zbek yoki qoraqalpoq, tojik yoki rus, qozoq, qirg'iz yoki turkman tilida
ta'lim berilishidan qat'i nazar har bir o'quvchining umumiy o'rta ta'lim davlat
standarti bilan shartlangan bilimni to'liq olish imkoniyati kafolatlangan.
Tajribali o'qituvchilarga izdoshlarni biriktirish ta'lim sifatini oshirish,
o'qituvchilarga amaliy-metodik yordam berish, ish jarayonini to'g'ri tashkil etishda
qo'l keladi. Bu yo'nalishda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimida
"Ustoz-shogird" maktabi, "Yosh o'qituvchilar maktabi", "Ilg'or tajriba maktabi"
kabi metodik ishlarni tashkil etish ko'p yillardan buyon maktab tajribasida qo'llanib
kelinmoqda. Jumladan, oliy o'quv yurtini bitirib, endigina maktabda faoliyat
boshlagan yosh mutaxassisni jamoadagi murabbiy o'qituvchiga 3 yil davomida
biriktirib qo'yish tajribasi o'z samaralarini bermoqda. Xalq ta'limi vazirligi
tomonidan mamlakatimizning barcha hududlari miqyosida pedagoglarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida olib boriladigan amaldagi malaka
oshirish tizimidan tashqari, qo'shimcha ravishda muntazam faoliyat yuritadigan
"Ustoz- shogird" maktabi tizimi yaratildi. Bu ishga darslarni bugungi kun talablari
darajasida tashkil etishga, doimiy izlanishda bo’lib, yangilik yaratishga qodir
bo'lgan fan o'qituvchilari jalb etilib, ularning har biriga o'z maktabi va yondosh
maktablardan shogird o'qituvchilar biriktirildi. Ustoz o'qituvchilar hamda shogird
o'qituvchilar mehnatini direktor jamg'armasi va boshqa manbalar hisobidan
rag'batlantirish mexanizmi ham yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizda faoliyat
ko'rsatayotgan 9772 ta maktabdan 5327 tasi “Ustoz-shogird” maktabi yo'nalishiga
qamrab olindi va bir ustozga uch shogird shaklida 20 ta umumta'lim fanlari
kesimida tizim yaratildi. Bunda 4 ming nafarga yaqin ustoz o'qituvchilardan uch xil
darajadagi 12 mingga yaqin shogird o'qituvchilar ish o'rganishmoqda. Xalq ta'limi
vazirligi hay'at majlisida “Ustoz-shogird” maktablari faoliyatining tashkil etilishi
holati to'g'risidagi masala ko'rib chiqilib, "Xalq ta'limi muassasasida pedagog
kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini “Ustoz-shogird” usulida tashkil etish
to'g'risida"gi Nizom,”Iste’dod” jamg'armasida malaka oshirish dasturi hamda bu
jamg'arma
orqali
ustoz
o'qituvchilarning
malakasini
oshirish
rejasi
tasdiqlandi.Ushbu Nizomga asosan, ustoz o'qituvchilarni O'zbekiston Respublikasi
140
Prezidenti huzuridagi "Iste'dod" jamg'armasida tashkil etiladigan kurslarda hamda
turli o'quv seminar va treninglarda tayyorgarlikdan o'tkazib borish ko'zda tutilgan.
Kim uchun dunyoda shuhrat,
Kimgadir haq zahmati aziz.
Sizga-chi el-yurtning rahmati aziz,
Mudom baland erur sizga e’zozim.
Baxtimga bor bo`ling , aziz ustozim!
Insonga duch bo`lgay turfa xil yo`llar,
Gohi tog`lar oshsa, goh kezar cho`llar.
Ba`zan ta’qib etsa, chaqmoqlar, do`llar,
Hech vaqt adashmagay aql tarozim,
Baxtimga bor bo`ling, aziz ustozim!
Do'stlaringiz bilan baham: |