5-topshiriq. Matnni o‘qing. Tasviriy ifodalarni toping va daftaringizga
ko‘chirib yozing.
Har bir fasl o‘ziga xos chiroy, tarovatga ega, lekin fasllarning go‘zali kuz
bo‘lsa kerak. Uni oltin kuz, deb bejiz aytishmaydi. Atrofga qarang, daraxtlarning
barglari oltinday tovlanadi. Barglarning ayrimlari daraxt tagidagi maysalar ustiga
oltin tangalardek to‘kiladi. Havo iliq, yoqimli shabada yuz-ko‘zingizni silab o‘tadi.
Ariqlarda billurday zilol suv. Osmonda tiniq paxta g‘aramlari kabi pag‘a-pag‘a
bulutlar suzib yuradi. Kuz haqiqatdan ham oltin fasl.
Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘yulduzdan seni so‘rayman.
Ul yulduz, uyalib, boshini bukub,
Aytadur: men uni tushda ko‘ramen.
Tushumda ko‘ramen - shunchalar go‘zal,
Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal! (Cho‘lpon).
… Suqlanib qaradim tongning yuziga,
Bir qarashda oppoq shohiga o‘xshar,
Bir qarashda marmar… bir qarashda zar,
Bir qarashda esa sadafga o‘xshar. (Uyg‘un).
194
Do'stlaringiz bilan baham: |