TAYANCH SO`Z VA IBORALAR Teizm (yun. theos — xudo) - olamni Xudo tomonidan yaratilganini tan olgan diniy-falsafiy ta’limot. Xudo olamdan tashqarida turadi, olamni o‘z irodasi bilan yaratgan va unda mavjud bo‘lgan mutlaq shaxs deb tushunadi. Narigi dunyodagi xudoni tan olish teizmni panteizmdan, xudoning doimiy faolligini tan olish esa deizmdan farqlantirib turadi. Teizm kelib chiqishi jihatidan o‘zaro yaqin bo‘lgan iudaizm, xristianlik va islom dinlari uchun xosdir. "Teizm" atamasini dastlab ingliz faylasufi R.Kedvort (1617-1688) qo‘llagan. Teizm masalasi bilan teosofiya shugullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |