Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Vektor sifatida bakteriofagdan foydalanib



Download 17,32 Mb.
bet28/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Vektor sifatida bakteriofagdan foydalanib genni kiritish metodida gen virus genomiga joylashtiriladi va u bakteriya hujayrasida virus genomini ko’payishi davomida gen virusi bilan birga replikatsiyalanadi.
Bakteriya hujayrasiga rekombinant DNKni ekspressiya qilinishi.
Bakteriya xromosomasining uzunligi 1 mm atrofida bo’lib, u taxminan 3 mln nukleotidlardan iborat DNK molekulasidan tuzilgandir; u hujayrada bir necha ming marta zich joylashgan va 1 mkm maydonni egallaydi. Inson hujayrasi DNKsi 46 ta xromosomada tuzilgan, ularning har birining uzunligi taxminan 4 sm, nukleotidlar soni esa 3 mlrdga yaqindir. Restriktsion endonukleazalar DNK molekulasini ma’lum bir nuqtalarda parchalaydi, natijada bir necha yuzdan bir necha minggacha nukleotidli fragmentlar hosil bo’ladi. Har bir restriktazalar DNKni o’ziga xos ravishda parchalaydi.
Bakteriya hujayrasiga genlarni ekspressiya qilish uchun hayvonlarning o’ziga xos oqsil (masalan, insulin) ishlab chiqaradigan maxsus hujayrasidan ushbu oqsilni kodlaydigan mRNK ajratib olinadi. So’ng qaytar transkriptaza yordamida mRNKga komplementar DNK ipi sintezlanadi. DNK nusxasiga komplementar bo’lgan ikkinchi ip DNK-polimerazalar yordamida ajratiladi. Keyingi bosqichda qo’sh ipli DNKnusxasi transferaza fermenti ishtirokida plazmidaga kiritiladi. Transferaza DNK uchlarida nukleotidlarning qisqa ketma-ketligini tiklaydi. So’ng plazmidaning maxsus joyi restriktsion endonukleaza bilan parchalanadi. Plazmida parchalangandan keyin uning uchlari transferaza yordamida guanin qoldig’i bo’lgan 4 ta nukleotid joylashtiriladi. SHundan so’ng hosil bo’lgan 2 ta DNK molekulalarining uchlari nukleotidlar ketma-ketligi o’zaro ta’sirlashishi hisobiga birikadi; bakterial ferment – DNK-ligaza yordamida kiritilayotgan DNK va plazmida DNKsi tikiladi. Hosil bo’lgan yangi halqasimon plazmida rekombinant DNKga ega bo’ladi.
Ma’lumki, hozirgi paytda insonlar orasida diabet kasalligi ko’p uchraydi va uning bir necha ko’rinishlari mavjuddir. Insulin yordamida davolanadigan formasi ushbu gormonni sintezlaydigan hujayralarning tanlab nobud bo’lishi bilan bog’liqdir. Diabetning insulin talab qilinmaydigan ko’rinishi esa tegishli dieta yordamida davolanadi.
1921 yili Torontoda Banting va Best itning oshqozon osti bezidan gormon ajratib olishgan va uning antidiabetik xususiyati borligini aytib o’tishgan. 1922 yili hayvondan ajratib olingan insulin kasallangan yosh bolaga yuborilgan va kutilgan natijaga erishilgan. SHundan so’ng insulin ko’p miqdorda ishlab chiqarila boshlangan.
Insulinning birinchi kristallari 1952 yilda olingan, keyinchalik uni tozalash metodlari takomillashtirilib, boshqa gormonal moddalar (masalan, glyukagon – insulin va somasatinni antogonisti) ham olina boshlangan. Gilbert va uning shogirdlari insulin mRNKsini kalamush oshqozon osti bezidagi β-hujayrasining o’smalaridan ajratib olishgan. Buning uchun mRNKning DNKnusxasini rBR322 E.coli plazmidasiga genning o’rta qismiga penitsillinaza joylashtiriladi. Hosil bo’lgan DNKning ketma-ketligi aniqlanganda, uning rekombinant plazmidasi proinsulin struktura to’g’risidagi axborotga egaligi ma’lum bo’lgan. Ichak tayoqchasi hujayralarida mRNK translyatsiyasi jarayonida penitsillaza va proinsulin ketma-ketligini tutgan gibrid oqsil sintezlangan. Oqsil tarkibidan tripsin yordamida gormon ajratib olingan. Ushbu yo’l bilan olingan molekulalar ham oshqozon osti bezidan ajratib olingan gormon singari qand almashinuviga ta’sir qilgan.
Insonning o’sish gormoni yoki somatotropin, gipofizning old bo’lmasidan sekretsiyalanadi. Bu gormonning yetishmasligi natijasida insonda gipofizar pakanalik kelib chiqadi. 4-5 yoshli bolalarga gormonni in’ektsiyalash bilan kasallikni tuzatish mumkin. Ilk marta somatotropin murdadan olingan va uni yetarlicha olish imkoni bo’lmagan.
Maxsus konstruktsiyalangan bakteriya hujayralarida sintezlanadigan o’sish gormonini bir necha afzalliklarga egadir, ya’ni bu yo’l bilan gormonni ko’p miqdorda olish mumkin, uning preparatlari bioximik toza va viruslardan holidir.

Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish