Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


- LАBORАTORIYa IShI. OZUQАNING MINERАL MАNBАLАRI



Download 17,32 Mb.
bet105/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

8- LАBORАTORIYa IShI. OZUQАNING MINERАL MАNBАLАRI

Аzot. Bakterial hujayralarda quruq biomassaga nisbatan azot 12% gacha, mitselial zamburugʼlarda esa 10% gacha mavjud boʼladi. Mikroorganizmlar organik va anorganik azot manbalaridan toʼliq foydalanish qobiliyatiga egadirlar.


Maʼlumki, bakteriyalar aktinomitsetlar, mikromitsetlar va achitqilarga nisbatan
azotga oʼta talabchandir. Hayvon va oʼsimlik hujayralari ham azot manbalariga talabchanligi bilan xarakterlanadi. Biomassada mahsuldorlik doimo ham maqsaddagi metobilit mahsuldorligi va oʼstirish jaraѐniga bogʼliq boʼlmasdan azot manbalariga ham bogʼliq boʼladi (9-jadval).
Biomassani oʼstirish jaraѐnida ozuqa muhitining hajmi 30-40 g/l boʼlgan
ozuqada 0,3-0,4% miqdorida azot boʼlishi talab etiladi. Oʼstirishning davriy jaraѐnida, oʼsishning 6-12 soatlarida (eksponentsial fazada) azot manbai tugaydi.
Natijada biosintez jaraѐni uchun yana azot saqlovchi manbalarga ehtiѐj tugʼiladi. Koʼpchilik achitqilar ammoniy sulьfat, ammoniy fosfat kabi ammiak tuzlarini hamda ammiakning suvdagi eritmalarini yaxshi oʼzlashtiradi. Аzot tuzi kislotalarini esa yaxshi oʼzlashtira olmaydilar. Faqatgina baʼzi bir achitqi turlarigina nitratlarni oʼzlashtirish qobiliyatiga egadirlar. Baʼzan azot manbai sifatida ozuqa muhitiga mochevina qoʼshilishi mumkin. Yoʼnaltirilgan biosintez jaraѐnida, masalan sellyulotik fermentlar zamburugʼi Peniophora gigantea hujayrasida biokimѐviy faollikni organik azotlar (asparagin, pepton va boshqalar) oshirishi qayd etilgan.


9-- LАBORАTORIYA ISHI. METАNLI BIJG‘IISH

Barcha turdagi bijgʼish jarayonlari organik moddalarni har xil toksonomik guruhga mansub boʼlgan mikroorganizmlar tomonidan oʼziga xos boʼlgan oʼzgarishlarga uchratish sifatida namoyon boʼladi. Yuqorida keltirib oʼtilganlardan tashqari, tabiatda oʼzining miqdori, doirasi, unda qatnashadigan mikroorganizmlarning xilma xilligi bilan boshqalardan tubdan farq qiladigan yana bir jarayon borki, u ham boʼlsa metanli bijgʼish jarayonidir.


Metanli bijgʼish - har xil mikroblar toʼplamini (assotsiatsiyasini) taʼsiri natijasidir. Bu jarayonda organik material (lignin bundan mustasno) chuqur oʼzgarishga uchraydi va oqibatda metan, karbonat angidridi va boshqa mikrob mahsulotlari hosil boʼladi. Sharoitga qarab (termofil, mezofil, psixrofil) - bu juda uzoq davom etadigan jarayondir. Bunda tirik boʼlmagan organik substantsiyalar (oʼsimlik va hayvon biomassalari) oddiy komponentlarga parchalanadilar.
Metan hosil qiluvchi arxebakteriyalar uchun bijgʼuvchi materiallar tayyorlash dastlabki mahsulotlarga yaxshilab ishlov berishni taqazo qiladi. Аerob va anaerob mikrooorganizmlar ishtirokida kechadigan bu jarayon shunchalik murakkab, koʼp bosqichli va koʼp komponentlikki, uni boshqarish mumkin emas. 1960-yillardan boshlab, organik birikmalardan anaerob sharotida mikroorganizmlar yordamida biogaz ishlab chiqarishga alohida eʼtibor berilib kelinmoqda.
Metanli bijgʼish natijasida organik birikmalarning transformatsiyasi sodir boʼlib, ulardan metan va karbonat angidrid gazi paydo boʼladi. Oqibatda, organik birikmalarning molekulalari kimyoviy bogʼlarida yigʼilgan energiya, metan molekulasining kimyoviy bogʼlarida toʼplanadi. Bu jarayon metanogenez deb atalib, anaerob arxebakteriyalar (metanogenlar) tomonidan amalga oshiriladi. Hosil boʼladigan gazdagi metanning solishtirma miqdori 70-80% ni tashkil etadi, undagi karbonat angidrid esa 20-30% ga teng. Gazlarning aralashmasi, 1% atrofida N2S (oltingugurt kislotasi) va juda kam miqdorda ammiak ham saqlaydi. Metanogenezning suvda erimaydigan qismi, koʼplab bakteriyalar assotsiatsiyasi hosil qilgan biomassadir. Biomassa organik azotga boy boʼlganligi uchun ham yuqori sifatli oʼgʼit sifatida ishlatiladi. Metanli bijgʼish boshqa bijgʼish turlariga nisbatan keng tarqalgan tabiiy jarayondir. Bunga sabab jarayonni aerob sharoitda ham oʼtishidir. Bu quyidagicha oʼtadi: koʼpgina organik birikmalarni yuzalarida yupka qobiq hosil boʼladi, ichida esa metanli bijgish jarayoni uchun zarur boʼlgan anaerob sharoit tashkil boʼladi. Bunday substratlarga barcha xilagi oʼsimlik materiallari, jumladan chirigan va chiriyotgan, koʼp yillik va bir yillik oʼsimliklar, xayvon biomassalari ham kiradi. Metanli bijgʼish uchun istiqbolli mahsulotlarga ayniqsa, qishloq xoʼjalik chiqindilari, xususan, oʼsimlik, mikrobiologiya sanoati chiqindilari, suv oʼtlarining biomassalari va oziq-ovqat hamda yengil sanoat chiqindilari va boshqalar kiradi. Mana shulardan kelib chiqqan holda metanogenezning ahamiyati nafaqat noanʼanaviy energiya ishlab chiqarishni, balki sanitariyaekologiya muammolarini hal qilish bilan ham bogʼliqdir. Аmmo, metanli bijgʼish jarayonini foydasi shular bilan chegaralanmaydi. Bijgʼigan biomassa (metan saqlamagan) yuqori sifatli biooʼgʼit ham boʼlib xizmat qiladi. Masalan, goʼngni aerob sharoitda parchalanganda uning tarkibidagi 50% azot yoʼqoladi (issiqlik chiqishi bilan birga), ammo oʼsha goʼngni metanogenez orqali parchalanganda (anaerob shaoritda) uning tarkibidagi barcha azot biomassada toʼplanib, oʼsimlik uchun yengil singdiriladigan holatga oʼtadi. Bundan tashqari anaerob sharoitda yigʼilgan biomassa tuproqning unumdorligini tiklovchi gumus moddasiga ham
boydir. Metanogenez mahsulotlaridan kompleks foydalanish nafaqat samarali, balki yuqori rentabelli hisoblanadi. Organik moddalarni anaerob sharoitda oʼzgartirilganda, ularni sterilizatsiyasi va bijgʼiydigan massani detoksikatsiyasi amalga oshadi, patogen mikroblar, gelьmentlarni tuxumlari yoʼqoladi, toksik xususiyatga ega boʼlgan moddalar, metanogenez metabolitlariga aylanadilar.

Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish